Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
NUTQIY SEMANTIKA. КО CHIMLAR
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
273
NUTQIY SEMANTIKA. КО CHIMLAR I Ko'chim (trop) - semantik sathdagi normadan og‘ish. Ko‘chimlar tasnifi. Metafora o'xshashlik asosida ma’no ko‘chishi sifatida. Metonimiya - aloqadorlik asosidagi ma’no ko'chishi. Sinekdoxa haqida. Perifraz(a). Kinoya va antifrazis. Aliegoriya va ramz. Ma’lumki, umuman, nutq jarayonida, xususan, badiiy nutqda so'zlar o‘z ma’nosida ham, ko‘chma ma’noda ham qo‘llanishi mumkin. So'zning odatiy ma’nosidan o'zga ma’noda qo'llanishi semantik sathdagi og'ish sanaladi. Ko'chma ma’noda qo'llangan so'zlarning umumiy nomi ko’chim deb yuritiladi. Adabiyotshunosligimizda bunga si nonim sifatida yana trop (yurt. ko'chim) termini ham ancha faol qo'llanadi. Mumtoz adabiyotshunosligimizda ushbu tushunchani anglatish uchun majoz istilohi qo'llangan. Jumladan, Atoulloh Husayniy ta’rifiga ko'ra: «... majoz haqiqatning ziddidur. Haqiqat lafzni o'z yasog'i, ya’ni ni mani mo'ljallab yasag'an bo'lsalar, o'shul ma’noda qo'lla- moqtin iborattur. Majoz lafzni o'z yasog'idin o'zga ma’no da yasog -u lafz-u o'shul ma’no orasindagi biror aloqa-yu munosabatqa asoslanaroq qo'llamoqtin iborattur, o'z yasog'ida tushunmakka moni’ bo'lguchi jumladoshini kel- tirmak sharti bila. Masalan, qo‘l derlar va ko'pincha qudrat zuhuri qo'l bila amalg'a oshg'anlig'ig'a asoslanib andin qudratni iroda qilurlar. Sher derlar va yuraklig kishi sherg'a o'xshag'anlig'ig'a asoslanib, andin yuraklik kishini iroda qi lurlar».1 1 Атоулло* Хусайний. Бадойиъу-с-саноииъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1981. - Б.219. 274 Badiiy nuqtda ishlatiluvchi ko'chimlar qo'llanish faolligi, badiiy-uslubiy bo'yoqdorligi, estetik ta’sir kuchi kabi jihat- laridan bir-biridan jiddiy farqlanadi: a) ko'chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib ketgan. Masalan, «kun botdi», «soat yuryapti» kabi birikmalarda qachonlardir so'z ma’nosining o'xshashlik asosida ko'chgani aniq. Faqat biz ularga shu qadar ko'ni- kib ketganmizki, hozirda ularga ko'chim deb qaramaymiz. Shuning uchun ham badiiy asar matnida mazkur ko'chim- lar qo'llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik maqsad bilan semantik sathda og'ishga yo'l qo'ygan deya olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor holda olingan. Tabiiyki, bu nav ko'chimlar matnda estetik funksi- ya bajarmaydi, ularni badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib bo'lmaydi; b) an’anaviy tarzda ishlatilib keiayotgan va shu bois muayyan darajada turg'unlik kasb etgan ko'chimlar ham badiiy nutqda ko'plab uchraydi. Masalan, «la’I», «gul», «bulbul», «sarv», «hilol», «kamon», «nargis» va b. Bu nav ko'chimlar ham xuddi yuqoridagilar singari tayyor holda olinadi, biroq, ulardan farqli o'laroq, matnda estetik funksi- ya bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi; d) badiiy-estetik funksiyadorligi, tasviriylik va ifoda viylikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matn o'ramidagi- na ko'chma ma’no kasb etuvchi, muallifning assotsiativ fikrlashi mahsuli o'laroq dunyoga kelgan ko'chimlar alohida o'rin tutadi. Ular shartli ravishda «xususiy muallif ko'chim- lari» deb yuritiladi. Shu nav ko'chimlargina yozuvchining muayyan badiiy-estetik maqsadni ko'zlab yo'l qo'ygan se mantik sathdagi og'ishi natijasidirki, uning badiiy til bobida- gi mahorati xususida gap borganda, eng avval shularni e’tiborga olish kerak bo'ladi. Qadimdan o'rganib kelinishiga qaramay, ilmda ko'chim- larni tasniflash masalasida hanuz yakdillik yo'q. An’anaviy tarzda mutaxassislar tomonidan ko'chimning asosiy turlari 275 sifatida metafora va metonimiya ko‘rsatilib, uning boshqa navlariga shu ikki turning ko‘rinishlari deb qaraladi. Ke- yinroq sinekdoxa, undan so‘ng esa ironiya (kinoya) ham ko'chimning asosiy turlari sifatida e’tirof etila boshladi. Hozirda vaziyat shundayki, manbalarda ko'chimning aso siy turlari ikkita (metafora va metonimiya) deb ham, uch- ta (metafora, metonimiya, kinoya) yoki to'rtta (metafora, Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling