Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
BADIIY NUTQNING RITM1KLIGI
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
291
BADIIY NUTQNING RITM1KLIGI Ritm haqida umumiy tushuncha. Nutq ritmikligi. Ritmik- lik badiiy nutqning tabiiy xususiyati sifatida. Nasriy nutq ritmikligi. Sintagma va kolon tushunchalari. Saj’ haqida. Ritmik vositalar haqida. Ritmik tashkillanishi jihatidan badiiy nutqning soch- ma (nasr) va tizma (nazm) shakllari mavjudligi, nasriy nutqning ritmik jihatdan ma’lum darajada amaliy nutqqa yaqinligi, she’riy nutqning esa muayyan bir o'lchov asosi da tartibga solingan ritmiklikka egaligini ilgari aytdik. Endi ushbu nutq shakllarining har biriga xos xususiyatlarni mu- fassal ko'rib o'tish kerak bo'ladi. Buning uchun esa, av- valo, «ritm» va «nutq ritmi» tushunchalarini oydinlashtirib olish zarur. Ritm nihoyatda keng tushuncha bo'lib, ritmiklik borliq- dagi juda ko'p narsa-hodisalar, tabiiy jarayonlarga xos- dir. Shunga ko'ra, keng ma’noda ritm deganda muayyan bo‘iaklarning ma’lum vaqt oralig'ida tartibii takrorlanib turishi tushuniladi. Ayonki, bu ma’nodagi ritm borliqdagi juda ko'p narsa-hodisalar, tabiiy jarayonlar, jumladan, in son organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchi- lab turgan tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvi- ning maromli shildirab oqishida, yil fasllarining, kun bilan tunning almashinuvida; insonning yurak urishi, nafas oli- shi, ma’lum bir ish-harakatni bajarishi - bularning barida muayyan ritm kuzatiladi. E’tibor berilsa, ritm tushunchasi zamon va harakat tushunchalari bilan uzviy bog'liq hodisa ekanini anglab olish qiyin emas. Darhaqiqat, zamonda ke- chuvchi har qanday harakat (jarayon)da ritm mavjud. Ta biiyki, bu gap zamonda voqe bo'luvchi inson nutqiga ham 292 to'la tegishli. Avvalo, har bir odamning gapirishida o'ziga xos ritm bo'lib, bu ritm birinchi galda uning fiziologik im koniyatlari (mas., har bir odamda nafas olish o'ziga xos, nutq ritmi shunga ko'p jihatdan bog'liq) bilan belgilanadi. Kundalik muloqot nutqidagi ritmga ichki va tashqi omillar (kasallik, ruhiy holat - ichki; biror narsadan ta’sirlanish, tez harakat qilish - tashqi) ta’sir qilishi, uni muayyan da rajada o'zgartirishi mumkin. Og'zaki nutqda kuzatiluvchi ritm tabiiy ravishda yozma nutqqa ham ko'chadi, negaki, yozganimizda «miya»da gapiriladi, o'qiganimizda «tasav- vur»da eshitiladi. Demak, o'z-o'zidan ayonki, nasriy yo nazmiy ekanligidan qat’i nazar, ritmiklik badiiy nutqda ham tabiiy ravishda mavjud va u asarning o'qishli, ta’sirli bo'lishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Manbalarda nasriy nutq ritmikligini eng avval ritm umu man nutqqa xos ekani bilan izohlash, uning amaliy nutq ritmiga yaqinligini ta’kidlash urfga kirgan. Biroq bundan badiiy nasrdagi ritmiklik spontan xarakterga ega, ya’ni o'z- o'zidan yuzaga keladi degan xulosa chiqarish xato bo'lur edi. Sirasi, bunday xulosani badiiy nutqning yuksak dara jada uyushtirilganlik xususiyati, ya’ni muallif g'oyaviy-ba diiy niyati ijrosi, muayyan konsepsiya ifodasiga safarbar etilganiyoq istisno etadi. Bu haqda yozuvchi O'.Hoshimov suhbatlaridan birida aytadiki: «Chinakam asar tug'ilma- sidan oldin uning ohangi, musiqasi tayyor bo'ladi. Bu - g'oya emas, syujet ham emas, aynan mana shu ohang adibni qo'lidan sudrab olib kelib, stolga «mixlab» qo'yadi. Asarning joni degani shu. ... «Tushda kechgan umrlar» romanimning ohangi qulog'im ostida jaranglab turadi. Bu ohang asarning boshidan to oxiriga qadar mungli, g'am- li musiqa bilan yo'g'rilgan. Asarning boshini eslang! «Kuz o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshaydi. Oyoq ostida kasalvand xazonlar ingraydi». Bo'ldi, shu musiqa. Bosh qa asarlarda ham shunday musiqa bor. «Bahor qaytmay- di» qissam «Qonqus» haqidagi rivoyatdan boshlanadi. 293 Demoqchimanki, katta polotnoda ham, she’rda ham o'z- o'zidan musiqa bo'ladi. Kuy bo'ladi. Yirik badiiy asarda, al batta, kuy bo'lishi shart. Bo'lmasa, u badiiy asar emas».1 E’tibor bering: adib eng avval asarning «ohangi, musiqasi Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling