Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
lon), gap-komponent va gap. Mazkur birliklar qo‘shma gap
doirasida to'la namoyon bo'lishi mumkin. Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar gap-komponent bo'lsa, ularning tarkibidagi so'z birikmalari sintagmadir. Ayni chog'da, rit mik jihatdan qaraganda bitta so‘z ham, bitta so‘z birikmasi ham, bitta gap (masalan, qo'shma gap tarkibidagi yig‘iq sodda gap) ham sintagmaga teng kelaverishi mumkinligini unutmaslik kerak. Nasriy matnning mazmuniy va ritmik-in- tonatsion jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lagi esa abzats bo'lib, u she’rdagi band kabidir. Saj’ning ildizlari xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. Buning sababi, xalq og'zaki ijodi janrlarining asosan ijro- 1 Атоулло* Х,Усайний. Бадойиъу-с-санойиъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1981. - Б.67. 297 ga mo'ljallangani, ayrim janrlar ijrosining musiqa jo'rligida amalga oshirilgani bilan belgilanadi. Zero, ritmiklik matn ning eslab qolinishini osonlashtiradi, ijro paytida xushja- ranglik bag'ishlaydi, asarning har bir konkret qismiga ifo- da etilayotgan mazmunga mos hissiy bo‘yoq beradi va pirovardida o'sha hislarni tinglovchiga yuqtiradi. Masalan, «Alpomish»ning Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olingan vari- antidagi ilk jumlalarga diqqat qiling1: Burungi o'tgan zamonda, / 8 o'n olti urug' Qo'ng'irot elida, / 11 Dobonbiy degan o'tdi.// 7 Dobonbiydan / 4 Alpinbiy degan / 5 o'g'il farzand paydo bo'ldi. // 8 Alpinbiydan / 4 tag'i ikki o'g'il paydo bo'ldi:// 10 kattakonining otini / 8 Boybo'ri qo‘ydi, / 5 kichkinasining otini / 8 Boysari qo‘ydi.// 5 Boybo'ri bilan Boysari - / 8 ikkovi katta bo'ldi. // 7 Boybo'ri boy edi, / 6 Boysarisi shoy edi, / 7 bu ikkovi ham farzandsiz bo'ldi. Ill 10 Keltirganimiz doston matnidagi ilk abzats, ya’ni rit- mik-intonatsion jihatdan nisbiy tugal qism. Odatda, katta epik asarlar shunday vazmin-salobatli ohangda boshla- nadi. Baxshi gapni uzoq o'tmishdan boshladi - ajdodlarni sanab, doston zamoniga yetkazdi, informatsiya e’tiroz-u shubhaga o'rin qoldirmaydigan tarzda, ayni haqiqat o'laroq ' Ritmik bo'lak va vositalar ko'zga aniq tashlanib tursin degan maqsadda misol qilib keltiriladigan nasriy parchalar satrlarga ajratib berilyapti. 298 taqdim etildi. Albatta, bunda o'sha vazmin-salobatli ohang muhim. Ilk jumla ohangi - leytmotiv, kuy ilk pardalaridan tanib olingani kabi. Bu ohangni hosil qiladigan ritm esa, av- valo, ilk jumladagi kolonlarning uzunligi (8,11 va 7 bo'g'in) hisobiga yuzaga keladi. Agar, o'rta martabadagi saj’da kalom bo'laklari bir-biridan «ozgina uzun (yo qisqa)roq» bo'lishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, 7 va 8 bo'g'inli kolonlarni yaxlitlab, shartli ravishda 8 bo'g'inli, 10 va 11 bo'g'inlilarni 10 bo'g'inli, 4, 5 va 6 bo'g'inlilarni 5 bo'g'inli deb olsak, parchada 5, 8 va 10 bo'g'inli kolonlar muayyan tartibda takrorlanayotganini ko'rish mumkin bo'ladi. Albat ta, bunda she’rdagi kabi qat’iy o'lchov va tartib asosidagi ritm yo'q, biroq taqriban teng bo'laklarning birmuncha er kin tarzdagi takroridan o'ziga xos ritmiklik yuzaga keladi. Kolonlar oxiridagi tovushlar ohangdoshligi, takror, sintak- tik parallelizm kabi ritmik vositalar esa ritmiklikni ta’kidlab kuchaytirishga xizmat qiladi. Tasvirlanayotgan narsa-hodisa, hayotiy holat ruhiyatga ta’sir qiladi, buning natijasida ko'ngilda boshlangan tuyg'ular harakati esa eng avval ritmda o'z aksini topadi. Masalan, Ergash Jumanbulbul o'g'li daryoda oqib kelgan sandiqdan Xolbeka oyimning surati chiqib, «ishqi yuz bo‘lgan»idan Kuntug'mish to'ra «toqat qilolmay» behush yiqilgan paytda- gi tahlikali vaziyatni mana bu tarzda tasvirlaydi: Qirq yigit shoshib, 5 dami ichiga tushib, 7 aqlidan adashib, 6 barisi chuvlashib, 6 to'rani o'rtaga olib, 8 hay-hayni solib: 5 - Ko'zingni och! - dedi. 6 To'rani asio o'ziga keltirolmadi. 13 E’tibor berilsa, baxshining hayajoni qirq yigitnikidan aslo kam emas, go'yo qirq yigit qatori shahzoda uchun mas’ul- 299 lik unga ham yuklangan-u, hozirgi holdan aqli shoshib, ne qilarini bilmay turibdi. Ayni hisni o'quvchiga yuqtirish, uni hayotiy holat ruhiga olib kirishda ritm hal qiluvchi ahami yat kasb etadi. Tahlikali vaziyatga mos shiddatli ritm 5-6 bo‘g‘inli qisqa kolonlar, sanash ohangidagi uyushiq gap va bo'laklardan tarkibiangani, ulardan oltltasining ohangdosh tugatilgani, mazmunning izchil kuchaytirib borilgani kabilar hisobiga yuzaga keladi. Yettinchi kolonning avvalgilari kabi ohangdosh emasligi, boshqacha tugallangani «zarb» ef- fektini hosil qiladi. Nihoyat, parchaning oxiridagi 13 bo'g'in- li kolon - jumladagi ruhiy holat bungacha kuzatilganiga tamom zid. Ya’ni endi nuqtayi nazar tamom o'zgardi: bun gacha vaziyat ichdan tasvirlangan bo'lsa, endi unga chet- dan nazar solinyaptiki, bu asarning qabul qilinishini bosh- qarishda ham ritmning muhim rol o'ynashiga dalolat qiladi. Mumtoz adabiyotimizning ko‘plab namunalarida saj’dan g‘oyat mohirona va samarali foydalanilgan. Yuqorida Haz- rat Navoiy qit’alarining nasriy sarlavhalarldan ayrim namu- nalarni ko‘rib o'tdik. Bundan tashqari, «Xamsa» dostonlari boblarining nomlanishida ham saj’ning turli martabadagi navlari qo'llanganini ko'rish mumkin. Masalan, «Lay I i va Majnun»ning XVII bobl mana bu tarzda sarlavhalanadi: Majnunning firoq chohida tanur ichidagi otd e k tobi Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling