Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


va hajr bandida tuzoqqa tushgan qushdek iztirobi  va


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

va hajr bandida tuzoqqa tushgan qushdek iztirobi 
va hakim fusunidin jununining tug‘yon i 
va tabib parhezidin isitmasining g ‘alayoni 
va o'z zahrkomlig‘ig‘a to'kkan talx-talx sho robasi 
va bu sho'robadin komida achchig‘-achchig‘ xunobasi 
va ko'ngli o tid in temur bandi suv bo‘lg ‘oni 
va suvdek sahro azmi qilib 
ashki suyidin vodiyiar to‘lg ‘oni.
Muallif uchun sarlavha shunchaki bob nomi yo unda­
gi asosiy voqealar haqida muxtasar ma’lumot - «anons»
300


emas, yo‘q, uning asosiy vazifasi o'quvchini bobda tas- 
virlanajak voqealar ruhiga olib kirish, bobning mohiyatiga 
yo‘g‘rilgan ohangini his etishiga ko‘maklashishdan iborat. 
Ya’ni sarlavha o'quvchini emotsional jihatdan sozlaydi, 
uning ritmi asosida yuzaga keluvchi ohang esa bobning 
asosiy matni ritmiga hamohang bo'lgani uchun go‘yo 
o'quvchi qalb torlarini sozlashga xizmat qiladi. Tamsil 
qilsak, bu jihati bilan saj’li sarlavha musiqadagi prelyudi- 
yaga monand. Opera yoki katta simfoniyaga kirish qismi 
bo'lmish prelyudiya ham tinglovchini asarni qabul qilish­
ga emotsional jihatdan tayyorlaydi, uning asosiy motivlari 
haqida ilk tasavvurni hosil qiladi. Agar maqomda sarax- 
bor bajaruvchi funksiya ham mohiyatan shunga yaqinligi 
yodga olinsa, mumtoz adabiyotimiz bilan mumtoz musiqa 
san’atining aloqalari nechog'lik mustahkam ekaniga yana 
bir bor amin bo'lish mumkin. Bu esa mumtoz adabiyot- 
ni, ayniqsa, undagi ritm masalalarini o'rganishda mumtoz 
musiqa xususiyatlarini nazarda tutish zarurligini ko'rsa- 
tadi. ®
Aslida, sajning adabiyotimizdagi benazir namunasi sifa­
tida eng avval Hazrat Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asa- 
ri ko'rsatilishi kerak edi, biroq nazariy ta’riflarni izohlash 
zarurati bilan ushbu tartibni buzishga to'g'ri keldi. Asarni 
mutolaa qilarkan, ulug' mutafakkirning qofiyali, fikr oqimi- 
yu mazmun-mohiyatiga muvofiq marom - ritmda bayon 
qilingan teran fikrlari hech bir to'siqsiz o'quvchi shuuriga 
singib, xotirasiga muhrlanib qoladi. Nega shunday? Bu 
savolga javob topmoq uchun, masalan, podshoh va rai- 
yatni bog'lovchi ko'zga ko'rinmas rishtalarxususidagi quyi- 
dagi parchani ko'rib o'tamiz:
Shohg'a har kimki mulozim va tobe’ bo'lg'ay,
ishi va tavri shoh ishig'a mushobih voqe’ bo'lg'ay.
Agar shohg'a adolat shior,
ulusi shiorida ham adolatdin osor.
301


Agar zulmpesha -
elida ham zulmidin andesha.
Agar ul islomoyin,
xalq shiori ham islom bila din.
Agar ul kufrxisol -
elga dog'i kufr tariqi af’ol.
Ilk juftlikdagi kolonlar keyingilaridan uzunligi bilan yaq­
qol ajralib turibdi: birinchisi 13, ikkinchisi 16 bo‘g‘indan 
tarkib topgan. Bu esa teran falsafiy fikrlar ifodasiga mos 
vazmin, salobatli ritmni yuzaga keltiradi. Keyingi juftliklar 
sintaktik parallelizm usulida qurilgan, oxirgi uchtasining 
kolonlari esa taqriban teng (6-10, 7-10, 6-10); har bir juftlik 
kolonlari o'zaro qofiyalangan. Bu juftliklardagi kolonlarning 
birinchisi shartni atasa, ikkinchisi qat’iy tarzda shuning 
natijasiga oid hukmni ifodalaydi. Ularning birinchi kolon­
lari «agar» bilan boshlangani shartni ta’kidlasa, ergash va 
bosh gaplardagi bog'lamalar («bo'lsa» - «bo'lur») tushirib 
qoldirilgani qat’iy hukm ohangini keltirib chiqaradi. Xulias, 
nutq ayni shu tarz qurilgani uchun ham o'ziga xos ohang 
tug'iladi, shu ohangga yo'g'rilgan fikr-g'oya o'quvchi qal- 
bi-yu ongiga kirib boradi, beixtiyor uning botinida aks sado 
bera boshlaydi.
Mumtoz adabiyotimizda, badiiy nutq sifatida asosan 
nazm e’tirof etilgan bir sharoitda, nasriy asarlar nutqining 
ham ko'proq she’rga tortib ketgan bo'lishi tabiiy hoi, albat­
ta. XX asr boshlariga kelib, bir tomondan, poetik tilning jon- 
li so'zlashuv tiliga yaqinlashuvi, ikkinchi tomondan, yangi 
tipdagi nasrchilikning shakllana boshlashi bilan bog'liq hol­
da nasr badiiy nutqning teng huquqli ko'rinishi sifatida tan 
olina boshladi. Tabiiyki, nasriy nutqdan yangilanish - yan­
gi davrning, shakllanayotgan yangi prozaning talab-eh- 
tiyojlariga moslashish taqozo etildi. Ayni shu sharoitda 
xalq og'zaki ijodi va mumtoz nasrimizdagi yutuqlar bilan
302


so'zlashuv nutqiga xos jonlilikni uyg'unlashtirgan nasriy 
nutq shakllana boshladi. Albatta, bu jarayonda ko'pchilik
- publitsistik maqolalari bilan davriy nashrlarda qatnashib 
turgan ziyolilarimiz, ilk «milliy ro'mon», «feleto'n», «hayo­
tiy hikoya», badiiy-publitsistik etyudlar, sayohatnomalar-u 
«teatru kitoblari» mualliflarining ulkan xizmatlari borligi 
shubhasiz. Ayni chog'da, bu boradagi ijodiy izlanishlarning 
natijalari, ya’ni badiiy nasr nutqidagi yangilanishlar ilk bor 
«O'tkan kunlar» romanida to'laqonli bo‘y ko‘rsatdi desak 
ham adashmagan bo‘lamiz.
Mazkur yangilanish romanning ilkjumlalaridayoq ko'zga 
tashlanadi:
Bir ming ikki yuz oltmish to'rtinchi hijriy, / 
dalv oyining o‘n yettinchisi, / 
qishki kunlarning biri, / 
quyosh botqan, /
tevarakdan shorn azoni eshitiladir... //
Avvalo, bu jumla leksik tarkibi nuqtayi nazaridan ham
qurilishiga ko'ra ham jonli so'zlashuv tiliga yaqin ekan- 
ligini ta’kidlash joiz: unda na mumtoz poetik nutqqa xos 
tashbeh-u istioralar, na turg'un epitetlar, na arabiy-u forsiy 
izofalar bor. Jumlaning ritmik qurilishi ham vazmin-saio- 
batli epik hikoyalashga mos - uzoq cho'ziladigan hikoyani 
so'zlab berishga chog'langan odamning xotirjam joyla- 
shib olib, shoshilmasdan salmoqlab gap boshlayotganiga 
monand ohangni hosil qiladi. Ko'rib turganimizdek, bunda- 
gi dastlabki to'rtta kolon uzunligi izchil qisqarib ( 1 2 - 9 - 7
- 4...) va shunga mos ravishda ton ham pasayib boradi. 
Bunga zid o'laroq, beshinchi kolonda ton birdan ko'tarila- 
di, bungacha kuzatilgan izchil qisqarish birdan uzayish (4 
bo'g'inlidan 13 bo‘g'inli)ga almashadi. Albatta, bunday rit­
mik qurilish bevosita mazmun bilan bog'liq: birinchi kolon-
303


da vaqt (yil) belgilangani holda keyingi uchtasida o'sha 
vaqt aniqlashtirilgan (oy, kun, fasl, kun botgan payt) -
umumiydan xususiyga, katta davriy bo'lakdan kichigiga to- 
mon kuzatiluvchi qisqarish va tonning pasayishi shundan; 
beshinchi kolonda esa «shorn azoni» orqali «tevaragidan 
azon eshitiladigan» deya joyga o'tiladiki, mazmundagi bu 
o'zgarish ma’no urg'usi tushishi bois ovoztonining sezilarli 
ko‘tarilishi va kolonning uzayishi orqali ta’kidlanadi. Jum- 
laning bu tarz tugallangani uning keyingi jumla bilan maz- 
muniy va ritmik jihatdan ravon, bir tekis ulanishiga zamin 
bo'ladi:
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg'an bu dong'dor saroyni 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling