Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
329
SHE’R TIZIMLARI I «She’r tizimi» va «vazn» tushunchalari. Jahon adabi- yotidagi she’r tizimlari haqida. Aruz she’r tizimi. Barmoq she’r tizimi. Erkin she’r tushunchasi. Sarbast haqida. Ma’lumki, termin (istiloh) muayyan fan tarmog'i doirasi- da faqat bitta tushunchani anglatishi lozim. Shunga qara- may, amaliyotda bu qoidadan chekinilgan hollarga qay- ta-qayta duch kelamiz: ba’zan tushunmaganlikdan, ba’zan e’tiborsizlik sabab, ba’zan so'zning an’anaviy ishlatilishiga ergashib, xullas, turli sabablar bilan istilohiy chalkashliklar- ga yo'l qo'yamiz. Masaian, biz muayyan bir g'azal haqida «aruz vaznida yozilgan» deyishimiz ham, adabiyot tari- xi haqida gapira turib «aruz vazni musulmon Sharqida yetakchi mavqeni egallagan» qabilida fikrlashimiz ham mumkin. Holbuki, konkret g'azal «aruz vazni»da emas, aruzning «falon vaznida» (ramali musammani maqsur, hazaji musammani mahzuf va b.) yoziigan bo'ladi, ya’ni vazn konkret she’rda namoyon bo'ladigan hodisa, u kon kret she’rning o'lchovini bildiradi. Shunga binoan, ikkinchi holda, «aruz vazni musulmon Sharqida yetakchi mavqeni egallagan» deyilganda, «vazn» emas, balki vaznlar siste masi - she’r tizimi nazarda tutilgan. Ko'rinadiki, biz «vazn» terminini ham konkret she’rning o'lchovi (metr) ma’nosi- da, ham «she’r tizimi» ma’nosida ishlatyapmiz, shu tufayli ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda. Hoibuki, mutaxassis sifatida biz bu xil chalkashlikdan qochishga, istilohni aniq bitta ma’noda qo'llashga burchlimiz. Shun ga ko'ra, har bir konkret holatda va tushunchalardan qay biri nazarda tutilayotganidan kelib chiqqan holda shuni anglatuvchi istilohni qo'llash zarur bo'ladi. Jumladan, agar 330 muayyan o'lchov tamoyillariga asoslangan vaznlar maj- muyi nazarda tutilayotgan bo'lsa, «she’r tizimi» istiiohini qo'llash lozim. Masalan, «aruz tizimi» deyiiganda misralar- da qisqa va cho'ziq hijolarning ma’lum tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan «she’riy sistema» tushuniladiki, bu tizim yuzlab konkret vaznlarni o'z ichiga oladi. Ma’lum bo'ldiki, «she’r tizimi» she’r tuzilishining asosi- ni, uning asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir xalq she’riyatidagi «she’riy tizim» o'sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mavjud she’r tizimlari- ning hammasida asosiy o'lchov birligi sifatida bo'g'in olin gan. Bo'g'in esa, ma’lumki, turli tillarda turlicha sifatiy va miqdoriy ko'rsatkichlarga ega. Shunga ko'ra, jahon xalqlari she’riyatida mavjud she’riy sistemalar bo'g'inning miqdori (sillabik she’r tizimi), urg'uli yoki urg'usizligi (tonik), cho'ziq yo qisqaligi (metrik), baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik) kabi jihatlarni o'lchov asosi qilib oladi. Metrik she’r tizimi misralarda cho'ziq va qisqa hijolar ning muayyan tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishi ga asoslanadi. Bu she’r tizimi unlilari cho'ziq-qisqaligi jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko'proq xosdir. Ma salan, qadimgi yunon va rim she’riyati metrik sistemaga asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tu- gal sistema sifatida shakllanib, o'shandayoq uning nazariy asoslari, qat’iy qoidalari ishlab chiqilgan. Antik adabiyot- dagi metrik sistemada qisqa hijo (v) mora deb nomlanib, u eng kichik o'lchov birligi sanalgan. Cho'ziq hijo (-) ikki moraga (v v) teng deb qaralgan. Shuning o'ziyoq metrik she’r tizimida misralardagi bo'g'inlar soni turlicha bo'lsa- da, ularning talaffuz vaqti teng bo'lganligi va ayni shu narsa izometriyani (izoxroniya asosida) ta’minlaganini ko'rsatadi. Sharq she’riyatida yetakchi o'rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko'rinishidir. Sillabik she’r tizimida misralardagi bo'g'inlar miqdori- ning tengligi o'lchov asosi sanalib, bu tizim bo'g'inlari sifat 331 jihatidan sezilarli farq qilmaydigan tillarga xosdir. Masalan, o'zbek tilida bo‘g‘in cho‘ziq-qisqaligi jihatidan (mas., arab tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg‘u ham turg'un (asosan so‘z oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun ham sillabik she’r tizimi o'zbek tili xususiyatlariga ko'proq muvofiq keladi - she’riyatimizda qadimda (mas., folklor) va hozirgi kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan izohlanadi. Sillabik she’r sistemasi polyak, serb va xorvat she’riyatlarida ham yetakchi o'rin tutadi. Shu o'rinda she’r tizimi tilning tabiatiga mos bo'lishi zarurligining yorqin bir misolini ta’kidlab o'tish foydadan xoli emas. Rus she’riyati- da polyak she’riyati ta’sirida qariyb XVIII asr oxirlarigacha sillabik she’r tizimi qo'llangan. Ko'proq urg'usi turg'un tillar tabiatiga mos keluvchi bu tizim urg'u o'rni muqim bo'lma- gan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she’riyatida uzoq yashay olmadi. Tonik she’riyatda misralardagi urg'ular miqdori o'lchov asosi qilib olinadi. Ya’ni bu tizimda misralardagi bo'g'inlar miqdori farqlanaverishi mumkin, urg'ular miqdori esa teng bo'lishi lozim. Bilasizki, so'zlar turli miqdordagi bo'g'inlar- dan tarkib topadi, ularning ayrimlari esa (masalan, yordam chi so'zlar) urg'u olmaydi. Demak, tonik she’r misralarining uzunligi bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko'rinishi ji hatidan nasriy nutqqa o'xshab ketishi mumkin. Biroq bir urg'u atrofida birlashayotgan bo'g'inlar guruhini talaffuz qilishga ketadigan vaqt taqriban teng, shu sababli ham ma’lum darajadagi izoxroniya (tengvaqtlilik) saqlanadiki, bu o'lchovlilik hissini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, tonik she’rning ko'rinishlari sifatida qaraluvchi dolnik, taktovikva Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling