Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Meni ham bir yigit shunday sevsaydi,
Sevib o'ldirsaydi meni ham shunday. (X.Davron) Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun tunlar bunchalar uzun. (Iqbol Mirzo) She’riy sintaksisda eng keng qo‘llaniluvchi vositalar- dan biri takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning barcha sathlariga xos hodisa bo'lib, she’riyatda uning bir qator xususiy (tovush takrori, so‘z takrori, anafora, epifo- ra, ma’no takrori, ma’noning kuchaytirilgan va susaytiril- gan takrori, misra takrori, band takrori) ko'rinishlari faol qo'llaniladi. She’riy misralarda bir xil tovushlar takrori al- literatsiya deb yuritiladi. Alliteratsiyaning vokal alliteratsi- ya (unlilar takrori) va konsonans alliteratsiya (undoshlar takrori) turlari mavjud. Xullas, turli ko'rinishdagi takrorlar she’riy nutqqa musiqiylik, xushohanglik (evfoniya) baxsh etuvchi muhim vosita sanaladi. So'z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni ta’kidlab ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va 325 shular asosida she’rning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, X.Davron bir she’rida yozadi: Oppoq edi boshda bu dunyo, Ko‘cha oppoq, kechalar oppoq. Qanday yaxshi ekan bolalik, Oppoq rangiar bilan yashamoq... Bir bandning o'zida «oppoq» so'zi to'rt marta takror- lanmoqda. Bolalik sog'inchi ifodalangan she’rda «op poq» so'zining ta’kidlab takrorlanishi bejiz emas - lirik qahramonning sog'inchi, aslida, o'sha oqlik, musaffolik, beg'uborlik sog'inchidir. Ya’ni bu o'rinda «oppoq» so'zining ta’kidli takrori lirik qahramon dilidagi kechinmani yorqinroq ifodalashga, ayni paytda, o'sha sog'inchning o‘quvchiga yuqtirilishida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Yoki I.Mirzo she’ridan olingan mana bu bandda «yumshoq» so'zi to'rt bora aynan takrorlanadi: Ushuq urgan ko'saklar yumshoq, Paxta yumshoq, go'daklar yumshoq - Domlaga gap qaytarmas edik, Yer ham yumshoq - botardi etik... Takrorlanayotgan «yumshoq» so'zi sho'ro zamonida paxtaga qul qilingan xalq fojiasini «yumshoqlik» bilan ochib beradi, lekin bu «yumshoqlik»ning ta’siri ancha-muncha invektiva ruhidagi xitoblardan ham ta’sirliroq. Buning bosh omili takrorning o'rinli, aniq badiiy-estetik maqsadni ko'zda tutgan holda amalga oshirilganidir. Gap takrorlanayotgan so'zlarning o'rniga tushganidagina ham emas, muhimi, ular fikr-tuyg'uni ta’kidlab-bo'rttirib ifodalayotganida. Tak rorlanayotgan «yumshoq» so'zi «osmon uzoq, yer qattiq» 326 naqli bilan pinhon zid qo'yiladi va shu asosda holatning mantiqqa sig'maydigan, chidab bo'lmaydigan ekanligi anglashiladi. Anafora (misralar boshida bitta so'zning takrorlanishi) bilan epifora (misralar oxirida bitta so'zning takrorlanishi) ham mohiyatan so'z takrorining xususiy ko'rinishlaridir. Mumtoz she’riyatimizdagi radif va hojib ham, aslini olgan- da, so'z takrorining bir turi bo'lib, ular ham qat’iy belgilan- gan o'rinda - qofiyadan keyin yoki oldin takrorlanishi bilan xarakterlanadi. Aytish kerakki, mumtoz poetikada takror- lanuvchi so'zlar she’r misrasining qayerida joylashganiga qarab (baytning birinchi misrasi boshi va ikkinchi misra oxirida; ikkala misra boshida; birinchi misra oxiri va ikkin chi misra boshida va b.) takrorning yana bir qator ko'rinish- lari farqlanadi. She’riy misralarda aynan bir so'zni emas, balki ma’noni kuchaytirib takrorlashga asoslangan usul gradatsiya deb yuritiladi. Masalan, I.Mirzo she’ridan olingan quyidagi par chada ma’noning kuchaytirilgan takrori kuzatiladi: Sevgilim, dilsizlar dillarimizni toshbo'ron g/'/salar, vayron g/'/salar, tikonlar qoplasa yo'llarimizni... E’tibor berilsa, avvalo, bu o'rinda ma’noning kuchay tirilgan takrori sintaktik parallelizm asosida voqelanayot- gani ko'riladi. Aynan sintaktik qurilish jihatidan o'xshash birliklarning ma’no urg'usi olayotgani she’r ritmini zarb bilan ta’kidlaydi, zarb esa she’r ohangiga sezilarli ta’sir qiladi - ovoz tonalligi ma’no kuchayishi barobarida yuqo- rilab boradi. Ma’noning kuchaytirilishiga kelsak, buning qisqacha sharhi quyidagicha: toshbo'ron vayronalikka 327 olib keladi, vayrona esa tikonzorga aylanishi bilan xarak- terlanadi. Ma’noning kuchaytirilgan takrori bu o'rinda lirik qahramon kechinmalaridagi dinamikani berish bilan birga o'quvchida ham tuyg'uni kuchaytirib, kechinmani chuqur- lashtirib boradi. Tabiiyki, biz she’riy nutqning tashkillanishiga xos bar cha xususiyatlar, barcha usul va vositalarga mufassal to'xtalish imkoniga ega emasmiz. Demak, berilgan yo'na- lish asosida bu haqdagi tasavvur va bilimlaringizni boyi- tish sizning zimmangizga tushadi. Buning uchun sizdan she’rni mutaxassis sifatida o'qish, ya’ni yuragingizni «jiz» etkizgan she’rga mutaxassis sifatida qarash, o'sha she’r nimasi bilan ko'nglingizga o'tirishgani-yu shoir qaysi usul va vositalar bilan dilingizga yo'l topa bilganini anglashga intilishingiz talab qilinadi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling