Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Ulug'vor bir qudrat bilan
Chayqaladi cho‘ng dengiz, - satrlari normadan og'ish bo'lmagan holda, ya’ni to'g'ri tar- tibda «Cho'ng dengiz ulug'vor qudrat bilan chayqaladi» tarzida berilishi kerak. Inversiya hodisasining yuz berishi natijasida «qudrat bilan» so'z qo'shilmasi va «dengiz» so'zi misralardagi urg'uli pozitsiyaga chiqariladi, ayni shu so'zlarga ma’no urg'usining tushishi esa mualiif ijodiy ni- yatiga, she’r mazmuni va emotsional tonalligiga muvofiq keladi. She’rning keyingi satrlari: Qancha og'ir xarsang toshlar Tubda unga cho‘kkan tiz, - inversiyaning funksiyalari aytilganlar bilan cheklanmasli- gi, uning bundan boshqa ham muhim vazifalari borligini ko'rsatadi. Odatdagi tartibda bu misralar «Tubda unga qancha og'ir toshlar tiz cho'kkan» shaklida bo'lishi lozim edi. Inversiya natijasida, birinchidan, ifodalash ko'zlangan mazmun uchun eng muhim so'zlar («xarsang toshlar», «tiz cho'kkan») urg'uli pozitsiyaga o'tkaziladi, ikkinchidan, «dengiz» va «tiz» so'zlari qofiyalanadi. Sintaktik sathdagi og'ishlarning yana biri ellipsis bo'lib, unda gap bo'laklaridan biri (ko'proq bosh bo'laklar) atayin tushirib qoldiriladi. Masalan: Bulbullarmi?! Yetar! Gullarmi?! Bo'ldi! So‘z navbati - yurakka... (X.Davron) 322 Keltiriigan parchada kesim tushirib qoldiriigan va buning natijasida «yurakka» so'zi mantiqiy urg'u oladi, she’rning dastlabki misralaridagi ohangning saqlanishiga erishiladi. Mabodo kesim tushirilmaganida edi, unda so'nggi misra «So'z navbati yurakka beriladi» shaklida bo'lar, natijada esa yuqorida aytilgan samara tamoman yo'qqa chiqar edi. Shunga o'xshash, she’riy misralarning atayin tugatilmay qo'yilishi yana bir sintaktik figura - jim qolishni yuzaga chiqaradi: Men sendan ketmoq istayman Yomglrdek emas - Yomg'ir yana qaytib keladi. Men sendan ketmoq istayman Shamoldek emas - Shamol yana qaytib yeladi. Men sendan ketmoq istayman Muhabbat kabi... (X.Davron) She’rning dastlabki ikki satri uchinchi misra bilan, keyin gi ikki satri oltinchi misra bilan izohlansa, so'nggi ikki satrda shoir bu yo'ldan bormaydi - jim qoladi, izohni endi she’r- xonning o'zi shakllantirishi zarur bo'ladi. Shunisi borki, ifo da etilmagan so'nggi izoh avvalgilariga mazmunan zid: yomg'ir qaytib keladi, shamol qaytib keladi - muhabbat qaytib kelmaydi. Eng muhimi, shoir bu xulosani aytmagani uchun ham she’rni o'qiyotgan kitobxon ongini «ketgan mu habbat qaytib kelmaydi» degan xulosa bir lahza chaqindek yoritib o'tadi - qo'llangan usulning estetik samarasi, ta’sir- dorligi ham shunda. She’r misralarida bir xil yoki bir-biriga juda yaqin sin taktik konstruksiyalarning takrorlanib qo'llanishi - sintaktik parallelizm ham she’rning ohangdorligini, ta’sirchanligini oshiruvchi figuralardan sanaladi: 323 Yo'lin yo'qotsa odam - muhabbatga suyangay, G'ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay, Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay... (A.Oripov) Ko'rib turganimizdek, keltirilgan parchada misralarning har biri bitta gapga teng, uchala gap bir xil tartibda qu- rilgan. Biroq bu sintaktik parallelizm voqe bo'lishi uchun albatta gap takrori bo'lishi kerak degani emas, u bir gap doirasida - bir xil sintagmalar takrori asosida ham yuzaga kelaveradi: Men nima axtardim, neni izladim? Kimga ermak bo'ldi go'zal hislarim? Sinfdosh qizlarim, dildosh qizlarim Kimlarga ko'ngilsiz yor bo'lib o'tar. (Iqbol Mirzo) Ko'p hollarda sintaktik parallelizm boshqa stilistik fi- guralar bilan birga qo'llanadiki, bu o'sha usulning este tik samarasini oshiradi, uni ta’kidlab ko'rsatishga xizmat qiladi: Shamolga sovrildim, soylarda oqdim, Sen hamon o'shasan, sen o'sha-o'sha. (Iqbol Mirzo) Birinchi misrada sintaktik parallelizm tufayli yuzaga kelgan ohang va mazmun ta’sirida o'quvchi ikkinchi mis rada ham shuni «kutadi», lekin ikkinchi misrada kesimlik qo'shimchasi tushirib qoldiriladi (buni shartli ravishda no- to'liq ellipsis deyish mumkin) va «kutilmaganlik» effekti asosida «o'sha-o'sha» so'ziga ayricha urg'u beriladiki, bu bilan ta’sirdorlik sezilarli ortadi. Yoki quyidagi misralarda ellipsis to'liq namoyon bo'ladi: 324 Aylanadi charxpalak, guldiraydi tegirmon, Umr o'tar suv kabi, bug'doymisol to'kilar. (Iqbol Mirzo) Ikkinchi misradagi «bug'doymisol to'kilar» jumlasi- da ega («umr») tushirib qoldirilgan. Agar «Umr o‘tar suv kabi» jumlasi «ega - kesim - hoi» qolipida qurilgan bo‘lsa, «bug'doymisol to'kilar (umr)» jumlasi «hoi - kesim - (ega)» tarzida unga teskari tartibda qurilgan. Sintaktik parallelizm- ning bu turi xiazm deb atalib (mumtoz poetikada tardi aks), u sintaktik qurilmani teskari tartibda takrorlashga asosla- nadi: Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling