Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
SHE’RIY NUTQ HAQIDA
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
311
SHE’RIY NUTQ HAQIDA O'lchovlilik she’riy nutq ritmikligining asosi sifatida. Rit mik bo‘lak (birlik) tushunchasi. Ritmik vositalar: pauza, urg‘u, qofiya, qofiyalanish tartibi. Qat’iy o‘lchovlilikdan chekinish, she’riy nutqdagi nasr tomon siljish jarayoni. She’riy sintaksis haqida. Kelib chiqishi jihatidan badiiy nutqning she’riy shakli nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog'i, o'z vaqtida u badiiy nutqning yagona shakli bo'lgan. Sababi, she’riy nutqning o'ziga xos tashkillanishiyoq uni amaliy nutqdan farqlagan, she’riy nutq vositasida yetkazilayotgan informatsiyaning badiiyatga aloqador ekanligini ta’kidlab turgan. Shu sabab- li ham milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy asarlar she’riy yo'lda yozilgan, nasrda yozilgan so'z san’ati namunalarining paydo bo'lishi, baski, nasrning badiiy nutq ko'rinishi sifatida e’tirof etilishi esa nisbatan keyingi davr- larga to'g'ri keladi. An’anaviy tushunchaga ko'ra, she’riy nutq muayyan bir o'lchov (vazn) asosidagi ritmga ega, o'zining mu- siqiy jarangi, hissiy to'yintirilganligi bilan farqlanuvchi nutqdir. She’riy nutqdagi o'ziga xos intonatsiya, musiqiy- lik muayyan vaqt davomida takrorlanuvchi ritmik bo'laklar va ularni ta’kidlovchi ritmik vositalar, o'ziga xos fonetik tashkillanish, turli-tuman sintaktik usullar yordamida vu- judga keladi. Lirik asardagi kayfiyatning hosil qilinishi, kechinmaning o'quvchiga «yuqtirilishi»da uning ritmik-in- tonatsion tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, she’rning ritmik-intonatsion xususiyatlari uning mazmu- ni bilan belgilanadi, mazmun bilan uyg'unlik kasb etadi. She’riy nutqning o'ziga xosligini, o'ziga xos tashkillani- 312 shini tasavvur qilish uchun, avvalo, uning ritmik-intonat- sion xususiyatlarini belgilovchi unsurlar, vositalar haqida tushunchaga ega bo'lish zarur. She’riy nutqning ritmik qurilishini tasavvur qilish uchun eng avval ritmik bo'lak va ritmik vosita\aw\ belgilab oli- shimiz zarur. Ritmik bo'lak deganda she’riy nutqning ritm jihatdan bo'laklarga bo'linishidan kelib chiqiladi. Unutmas- lik kerakki, ritmik jihatdan bo'linish inson nutqining tabiiy (nafas olish bilan bog'liq) bo'linishi bilan mos kelishi ham, ba’zan mos kelmasligi ham mumkin. Shuning uchun bu o'rinda «ritmik jihatdan» deya alohida ta’kidlab aytilmoqda. Ritmik bo'laklar sifatida bo'g'in (hijo), turoq (rukn), mis- ra va bandni olamiz. Mazkur tushunchalar maktabdanoq tanishligini hisobga olib, ularga qisqacha to'xtalish bilan kifoyalanamiz. Bo'g'in (hijo) bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki tovushlarguruhi bo'lib, u barcha she’r tizimlarida eng kichik ritmik bo'lak sanaladi. O'zbek she’riyatidagi barmoq tizimi uchun bo'g'inning sifati (qisqa, cho'ziq yoki o'ta cho'ziqli- gi, ochiq yoki yopiqligi, urg'uli yoki urg'usizligi) ahamiyatsiz bo'lsa, aruz tizimida uning qisqa, cho'ziq va o'ta cho'ziq navlari ajratiladi. Turoq bilan ruknning ritmik bo'lak sifatidagi ahamiyati va darajasi teng keladi. Barmoq tizimiga xos turoq bo'g'inlar- ning ma’lum miqdorda guruhlanishidan hosil bo'lsa, aruz tizimiga xos rukn qisqa va cho'ziq hijolarning ma’lum tar- tibda guruhlanishidan hosil bo'ladi. Bu o'rinda bitta narsani unutmaslik kerak: turoq so'zni hech vaqt bo'lib yuborma- gani holda, rukn so'zning bir qisminigina o'ziga olishi, ya’ni uni bo'lib yuborishi mumkin. She’rning alohida satrga joylashtirilgan bo'lagi misra deb yuritiladi. Misra bir necha turoq (rukn)ni birlashtirishi ham, birgina turoqqa, ya’ni birgina so'zga teng bo'lishi ham mumkin. Biroq uning misra deb atalishi uchun kat- ta-kichikligining ahamiyati yo'q. Misra oxirida zarb bo'lishi, 313 o'zidan so'ng sezilarli pauza mavjudligi bilan xarakterla- nadi. Shu jihatdan qaralsa, she’r misrasi zinapoya shakli- ga solinib, har bir so'zi yoki so'z birikmasi alohida satrga joylangan bo'lsa, ularning hammasini misra deyish to'g'ri bo'lavermaydi, chunki ularda zarb bo'lgani holda, misra pauzasi mavjud emas. Masalan, E.Vohidovning «Vafo» nomli she’ridan olingan mana bu parchadagi kabi: So'ng... Bir kun yoningga Shoshib kelardim, Fursat to'xtab qoldi Yo'lda nogahon. Intilib, Intilib Yetolmay, Dardim Dilga oqdi go'yo Bir piyola qon. Aslida, mazkur she’r 11 (6+5) bo'g'inli barmoqda yozil gan bo'lib, undan olingan parchadagi 1-, 2-, 3-satrlar bi rinchi, 4 - 5-satrlar ikkinchi, 6-, 7-, 8-, 9-satrlar uchinchi, 10 - 11-satrlar to'rtinchi misrani tashkil qiladi. Alohida satrga ajratib yozilgani so'zga ma’no urg'usi berish, kuchli pozitsi- yasini ta’kidlashga xizmat qiladi, xolos. Yana bir jihati, katta hajmli «Vafo» she’ri ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qis mi 11 (6+5) bo'g'inli barmoq vaznidagi to'rtliklar shaklida, shu sababli ham parcha shu ritmik kontekstda o'qilaveradi, faqat ohang (intonatsiya) mazmunga mos o'zgaradi. She’rning ma’lum miqdordagi misralardan tarkib topib, mazmun va ritmik-intonatsion jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan bo'lagi band deb yuritiladi. Eng kichik band - ikki misra. Ikkilik bandlar, odatda, o'zaro qofiyalangan mis ralardan tarkib topadi. Mumtoz adabiyotimizda ikkilik band 314 shaklini masnaviy deb yuritiladi. Ikkilik bandning alohida bir ko'rinishi baytdir. Bayt masnaviydan qofiyalanish tar tibi jihatidan (dastlabki bayt o'zaro qofiyalanadi, keyingi baytlarning ikkinchi misrasi birinchi bayt bilan qofiyadosh bo'ladi) farqlanadi. Demak, biz g'azal, qasida, qit’a jan- ridagi asarlarning bandlariga nisbatangina «bayt» atama- sini ishlatsak to'g'ri bo'ladi. Uchlik bandlar nisbatan kam uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda uchlik bandlar musal- las (musallis) deb yuritiladi. Shu tarzda mumtoz adabr yotimizda to'rt misrali - murabba’, besh misrali - muxam- mas, olti misrali - musaddas, yetti misrali - musabba’, sakkiz misrali - musamman singari band shakllari ajratil- gan. Mumtoz adabiyotimizdagi «musammat» degan umumiy nom ostida yuritiluvchi turg'un she’riy shakllar she’rning necha misrali bandlardan tarkiblanganiga qa- rab nomlanadi. Ilgari aytilganidek, keng ma’noda ritm muayyan bo'laklarning ma’lum vaqt oralig'ida tartibli takrorlani- shi, she’riy ritm deganda esa she’r misralaridagi ritmik bo'laklarning ma’lum o'lchov asosida tartibli takrorlanishi- dan hosil bo'luvchi ohang tushuniladi. Buni konkret misol asosida ko'rib o'taylik: - v - - / - v - - / - v - - / - v - O-ra-zin yop-qach ko'-zim-dan so-chi-lur har lah-za yosh - v - - / - v — — / — v — - / - v - Bo'y-la-kim pay-do bo'-lur yul-duz ni-hon bo'l-g'och qu-yosh Keltirilgan bayt paradigmasi (taqte’)da ritmik bo'laklar ning qat’iy tartib asosida takrorlanishini kuzatish mumkin. Masalan, ilk misraning dastlabki ruknidagi birinchi qisqa hijo (ya’ni ritmik bo'lak) o'n to'rt bo'g'indan so'ng (ya’ni ma’lum vaqt oralig'ida) aynan takrorlanmoqda. Xuddi shu tartibdagi takrorlanish barcha hijolarga - cho'ziq va qisqa hijolarga ham birdek tegishlidir. Ya’ni har bir hijodan o'n 315 to'rt bo‘g‘in so'ng yana xuddi shunday sifatdagi hijo tak- rorlanadi. Misralararo ruknning takrorlanishiga e’tibor qilsak, rukn (ya’ni cho'ziq va qisqa hijolarning muayyan tartibdagi gu- ruhlanishi) har uch rukndan so'ng ayni o'sha tartibda takror- lanishi ko'riladi. Misra esa she’riy nutqning o'n besh hijoga teng bo'lagini rukn tartibida birlashtiradi va bayt doirasida har o'n besh bo'g'indan so'ng takrorlanadi. Olingan parcha g'azal janriga mansubligini e’tiborga olsak, band (bayt) ikki misraga muayyan ruknlar tartibida joylashgan o'ttiz hijoni jamlaydi va har o'ttiz hijodan so'ng takrorlanadi. Demak, hijo, rukn, misra va bandni she’rda o'lchov birligi sifatida qabul qilish mumkin, ularning kichigi o'zidan kattasining tarkibiga kirgan holda she’rning ritmik-intonatsion qurilishi- ni ta’minlar ekan. Ritmik bo'laklarning o'lchov birligi sifatidagi ahamiya ti turli she’rlarda turlicha namoyon bo'ladi. Masalan, izo- metrik (misralarida bo'g'inlar soni bir xil bo'lgan) she’rlarda bo'g'in, turoq, misra va band birdek ahamiyatga ega bo'lsa, geterometrik (misralarida bo'g'inlar soni turlicha bo'lgan) she’rlarda ularning o'lchov birligi sifatidagi mavqeyi o'zga- radi. Masalan, A.Qutbiddin qalamiga mansub she’rlardan birining ritmik qurilishi quyidagicha: Baliqning tishi-la tilimni tildim, (6 + 5) Yuragim urchuqday uch aylantirdim, (6 + 5) Ko'zimni qiynadim, (6) Qiynog'im qiziq... (5) Yayradim. (3) She’rning boshqa bandlari ham ayni shu tartibda quril- gan. She’rning birinchi va ikkinchi misralari 11 bo'g'indan bo'lib, uchinchi va to'rtinchi misralar qo'shilgan holda 11 bo'g'inni tashkil qilishi ko'rinib turibdi. Biroq uchinchi va to'rtinchi misralarning qo'shilishi, birinchidan, she’rning in- 316 tonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish tartibiga ta’sir qiladi. Sababi, bu ikki misra qo‘shilgani holda, ular orasida nis batan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo'ladiki, bu narsa intonatsiyaga ta’sir qiladi. Zero, hozirgi holatida har ikki misraning alohida satrlarga chiqarilishi ularning o'qilishidagi ta’kidni kuchaytiradi. Xullas, she’rdagi beshta bandning hammasi shu tartibda misralarga bo'linganki, bu xil she’rlar geterometrik she’r deb ataladi. Yuqorida Navoiy bayti asosida ko‘rganimiz har bir ritmik bo'lak (hijo, turoq, misra va band)ning o'z holicha ritmik birlik bo'lib kelishi bunda kuzatilmaydi. Ya’ni bo'g'inlar soni teng emasligi bois bo'g'inning, turoqlardagi bo'g'inlar soni turlichaligi sababli turoqning, misralarda turoqlarning bir xil tartib va miqdorda bo'lmagani sababli misraning ritmik bo'lak (birlik) sifatidagi ahamiyati susayadi, bularning vazifasini to'laligicha band o'z zimmasiga oladi. Ya’ni she’rning ritmik qurilishi she’r butunligida namoyon bo'ladi va band uning asosiy ritmik bo'lagi (birligi)ga aylanadi. She’riy nutqning tashkillanishida ritmik bo'laklardan tashqari ularni ajratib ta’kidlovchi, ritmni kuchaytiruvchi unsurlarning ham katta badiiy-estetik ahamiyati bor. Rit mik bo'laklardan farqlagan holda ularni ritmik vositalar deb yuritamiz. Ritmik vositalar she’r ritmining ta’kidlanishi, kuchaytirilishiga xizmat qilib, ularning asosiylari sifatida ritmik pauza, qofiya va qofiyalanish sistemasini ko'rsatish mumkin. She’rdagi har bir ritmik bo'lak boshqalaridan ritmik pau za hisobiga ajratiladi va shu ajratilish hisobiga bu bo'laklar o'ziga xos o'lchov birligi sifatida namoyon bo'ladi. Deylik, bo'g'in bir tovush zarbi bilan aytiladi va juda ham qisqa, sezilar-sezilmas pauza (aslida, bu pauza emas, ikki tovush zarbining bir-biridan farqlanib turishi hisobiga «pauza»dek taassurot qoldiradi, xolos) bilan ajraladi. Turoqlardan keyingi pauza biroz sezilarliroq bo'lsa, misralar nihoyasi- dagi pauza yaqqol seziladi, band yakunidagi katta pauza 317 unga ritmik-intonatsion tugallik baxsh etadi. Ritmik pauza bilan mantiqiy pauza doim ham bir-biriga mos kelaver- masligi mumkin, ya’ni she’riy nutqda vergul qo'yilmagan o'rinlarda ham to'xtalib o'tish va, aksincha, vergulli o'rin- larda to'xtalishni sezilmaslik darajasiga keltirish zarurati paydo bo'lishi odatiy holdir. Ritm nuqtayi nazaridan qaralsa, misra oxirida keluvchi qofiyalar - so'z, qo'shimcha, ba’zan esa so'z birikmalari- ning ohangdosh bo'lib kelishi misrani ta’kidlab ko'rsatishga, bu bilan esa she’rning ohangdorligi, musiqiyligi, ta’sirdor- ligini oshirishga xizmat qiladi. She’rni o'qish davomida (bu narsa, ayniqsa, yoddan o'qilganda yoki she’r tinglanganda yaqqol seziladi) qofiya misraning tugaganidan darak be- radi, pauza bajarayotgan ajratish funksiyasini ta’kidlaydi. She’riyatda qofiyaning bir qator ko'rinishlari (to'liq va to‘- liqsiz qofiya; unlilar ohangdoshligigagina asoslangan asso- nans va undosh tovushlar ohangdoshligigagina asoslangan dissonans qofiyalar; rus she’riyatida ochiq yoki yopiq bo'g'in bilan tugashiga qarab ochiq - «jenskaya rifma», yopiq - «mujskaya rifma» va b.) mavjud. Jumladan, hozirgi o'zbek she’riyatida qofiyadagi tovushlarning qay darajada mosli- gi jihatidan och (to'liqsiz) va to'q (to'liq) qofiyalar ajratiladi. To'liq qofiyada qofiyadosh so'zlar tarkibidagi tovushlarning katta qismi to'la mos (misol tariqasida A.Qutbiddin qofiyala- ridan keltiramiz: «buzib - uzib», «lo'killaganda - lopillagan- da», «izlardan - yuzlardan») kelsa, to'liqsiz qofiyalarda to vushlarning ayrimlarigina mos («dahriy - qahridan», «tutun - Alovuddin», «titrab - guldurak») keladi. Qofiyalanish tartibi deganda band misralarining o'zaro qofiyalanish sxemasi nazarda tutiladi. Banddagi qofiyala nish tartibi turlicha bo'lib, bu tartib bandning ritmik-into- natsion butunlikka birikishida muhim ahamiyat kasb eta di. Ikkinchi tomondan, o'qish jarayonida qofiya misraning tugaganligini ta’kidlaganidek, qofiyalanish tartibi bandning shakllanib bo'lganligi, tugaganini ta’kidlaydi. Masalan, to'rt 318 misrali a-b-a-b tarzida qofiyalangan she’r o'qilayotgan bo'lsa, o'quvchi keyingi bandlarda ham shu xil tartibni ku- tadi, tartib nihoyalanganida banddagi tugallanganlikni his qiladi. Ya’ni qofiyalanish tartibi, bir tarafdan, she’r ritmi- ning his qilinishiga, ikkinchi tarafdan, mazmun va ritmning uyg'unlashuviga, o'quvchi tasavvurida yaxlit birlik hosil qi- lishiga yordam beruvchi vosita ekan. Ta’kidlash zarurki, bungacha aytilgan gaplar vazn (o'lchov)li she’r tizimlariga1 xos qat’iy o'lchov asosida rit mik tashkillanuvchi she’riy nutqqa taalluqli. Zero, an’ana viy tarzda she’riy nutq deganda muayyan o'lchov asosida tartibga solingan ritmiklikka ega nutq tushunilgan. Milliy adabiyotlar o'tmishiga qaralsa, aynan vaznli she’r avval vujudga kelgani - antik yunon she’ri, arab aruzi, turkiy barmoq, sillabik, sillabo-tonik kabi tizimlarni birlashtiruvchi umumiy jihat ularning qat’iy o'lchov asosiga qurilishi ekani ko'riladi. Shu bilan birga, sanalgan barcha she’r tizimlari doirasida qat’iy o'ichovlilikdan chekinish kuzatiladiki, bu, bir tomondan, ritmik imkoniyatlarni boyitish zarurati bilan yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, ijod jarayoniga xos qolip- larga sig'maslik, erkinlikka intilish bilan izohlanishi mumkin. Buning misoli sifatida aruzda taraqqiyot jarayonida zihoflar va ular asosida far’iy bahrlarning paydo bo'lishini, shu ningdek, mustahzod janrining vujudga kelishini ko'rsatish mumkin. Bularning birinchisini «gorizontal ritrmdan og'ish (ya’ni misrada vazni o'zgacha rukn paydo bo'ldi) desak, mustahzodni «vertikal ritrmdan chekinish (ya’ni vertikaliga bir xil o'lchov saqlanmaydi) sifatida tushunish mumkin. Ta- biiy ravishda kechib kelayotgan ushbu jarayon nasrning badiiy nutq shakli sifatida qaror topishi bilan bog'liq holda 1 Manbalarda «metrik she’r tizimi» atamasi ikki xil ma’noda qo'llanadi: 1) hi- jolaming cho'ziq-qisqaligiga asoslanuvchi she’r tizimi; 2) muayyan o'lchovga asoslanuvchi she’r tizimi. Biz keyinroq atamani birinchi ma'nosida qo'llaymiz, shuning uchun, chalkashliklardan qochish maqsadida, ikkinchi ma’nosida qo'llashdan tiyildik va uning o'rniga «vaznli she’r tizimi» atamasini ishlatishni ma’qul ko'rdik. 319 tezlashdi. Sababi, endi tom ma’nodagi «nazm - nasr» op- pozitsiyasi yuzaga kelgan ediki, bu ularning bir-biri tomon harakatini, sintezlashuvni ham taqozo etadi. Albatta, ilgari ham nazm bilan nasr bir-biridan farqlanar edi-ku degan e’tiroz tug'ilishi mumkin. Darhaqiqat shunday, biroq ilgari, badiiy nutq sifatida nazm tushunilgan bir sharoitda, nasr unga bir ilova, yordamchi vosita (she’riy yo‘lda yozilgan asarlar sarlavhasida, boblarni nomlashda ishlatiladigan) deb qabul qilingan. Shu bois ham bu sharoitda nasrning nazmga yaqinlashish tendensiyasi (saj’ning turli martaba- lari) ustuvorlik qiladi. Nasr badiiy nutq shakli sifatida qaror topgach esa bunga tamom qarama-qarshi tendensiya (er kin she’r, sarbast) kuzatiladi. Bu jarayonni, agar she’riy va nasriy nutqni shartli ravishda ikkita qutb deb olinsa, quyi- dagicha tasavvur qilish mumkin: Mazkur jarayon natijasi shu bo'ldiki, hozirgi kunga kelib she’riy nutqning spetsifik xususiyati sifatida o'lchov asosi dagi ritmiklikni ko'rsatish kamlik qilib qoldi. Zero, bu holda erkin she’r ham, sarbast ham she’riy nutq doirasidan chet- da qolishi kerak bo'ladi. U holda she’riy nutq nasrdan nima- si bilan farqlanadi? Uning spetsifik, belgilovchi xususiyati nima? Tabiiyki, agar yuqoridagicha jarayon boshqa milliy adabiyotlarda ham kuzatilgan ekan, bu masala adabiyot- shunoslar e’tiboridan chetda qolgan emas. Jumladan, o'z vaqtida bu masalaga maxsus to'xtalgan B.V.Tomashevs- kiy shunday deb yozadi: «1) she’riy nutq o'zaro mutanosib birliklar (misralar)ga bo'linadi, nasr esa uzluksiz nutqdir; 2) she’r ichki o'lchov (metr)ga ega, nasrda esa bu narsa 320 yo‘q... Zamonaviy tushunishda birinchi punkt ikkinchisidan ko'ra ahamiyatliroqdir».1 Aytish kerakki, rus she’riyatining B.Tomashevskiy ushbu fikrlarni aytgan vaqtdagi taraqqiyo- ti, xususan, unda erkin she’r bilan verlibr keng o'rin tuta boshlagani ayni xulosaga olib kelishi tabiiy edi. Agar XX asr o'zbek she’riyatida ham erkin she’r bilan sarbast g'oyat keng ommalashgani e’tiborga olinsa, ular an’anaviy ta’rif- dagi she’riy nutq doirasiga kirmay qolayotgani aniq bo'la di. Holbuki, biz erkin she’r bilan sarbastning she’riyatga, baski, she’riy nutqqa daxldor ekanini aslo inkor qilmaymiz. Shunday ekan, nazariya ijod amaliyotidan ortda qolayot- ganini tan olgan holda she’riy nutqqa doir nazariy qarash- larga tahrirlar kiritish zarurati yuzaga kelganini ta’kidlamoq kerak. Buning uchun esa, tabiiyki, vaznli she’r bilan sar bast va erkin she’rning nutqiy tashkilianishidagi mushtarak xususiyatini asos qilib olishga to'g'ri keladi. Ular uchun mushtarak jihat esa bitta - misralarga bo'linish. Shunday ekan, milliy she’riyatimiz poetik takomilining bugungi hola- ti nuqtayi nazaridan aynan misralarga ajratilganlik she’riy nutqning spetsifik xususiyati, muayyan o'lchov asosida tartibga solingan ritmga egalik esa fakultativ belgi sifatida tushunilgani to'g'riroq bo'ladi. She’riy nutqning tashkillanishida o'ziga xos gap qurili shining juda katta xizmati borki, sirasini aytganda, uning musiqiy ohangga ega bo'lishi, emotsional jihatdan to'yin- tirilishi, ta’sirdorligi ko'p jihatdan she’riy sintaksis hisobi- ga ta’minlanadi. Sintaktik sathdagi normadan og'ishiar ko'proq she’riy nutqqa xos hodisa sanaladi, shu bois ham adabiyotshunoslikda «poetik sintaksis» degan maxsus tushuncha mavjud. She’r sintaksisiga xos normadan og'lshning eng keng tarqalgan ko'rinishi inversiyadir. Inversiya she’riy nutqda gap bo'laklari tartibining o'zgartirilishidir. Gap bo'laklari tar- 1Томашевский Б.В. Стих и язык: Филологические очерки. - М .-П, 1959. - C.Ю. 321 tibining o'zgarishi ma’no urg‘usi tushayotgan so'zni ta’kid- lab ko'rsatish, uni misradagi urg'uli pozitsiya - ko'proq mis ra oxiriga surish imkonini beradi. Masaian, A.Oripovning: Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling