Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

tayyor bo'ladi» demoqda, ya’ni ohang tayyor holda beril- 
maydi, balki materialni anglash-u his qilish jarayonida dun- 
yoga keladi - «tayyor bo'ladi». Shunga o'xshash, birguruh 
rus adiblari orasida ritmning nasrdagi o'rni va ahamiyati 
haqida so'rov o'tkazilganida, ko'pchiligi har bir asarning 
o'z ritmi, ohangini topib olish g'oyat muhim ekanini u 
yoki bu yo'sinda ta’kidlaganlar. Jumladan, mashhur adib 
V.Astafyev aytadiki: «Tovushsiz so'z mavjud emas. So'z 
paydo bo'lishidan avval tovush dunyoga keldi. Nasrda 
ham shunday: hali syujet paydo bo'lmay turib, ijodiy niyat 
shakllanmasidan avval asar «jarang topishi», ya’ni qalbda 
«ohang» o'laroq tug'ilishi lozim, boshqa hamma narsa esa 
keyin, boshqa hammasi shunga elchib keladi».2
Tilshunoslikda nutqning eng kichik ritmik bo‘lagi sifati­
da sintagma e’tirof etiladi. Sintagma esa tilshunoslik ata- 
masi bo'lib, semantik-grammatik-fonetik jihatlardan bir- 
lashgan so'zlar guruhini anglatadi. Bu holda sintagma, 
aksar, so'z birikmasiga teng, biroq uning ba’zan birgina 
so'zga, ba’zan esa gapga teng kelish hollar! ham uchrab 
turadi. Shuningdek, sintagmani «nutq-tafakkur jarayonida 
mazmuniy birlikni ifodalovchi fonetik birikma»3 deb tushu­
nish ham mavjud bo'lib, bu holda uning chegarasi pro- 
sodik vositalar (urg'u, pauza) bilan belgilanishi aytiladi. 
L.V.Shcherba fransuz tilida urg'u so'zga emas, mazmunan 
o'zaro bog'liq so'zlar guruhiga tushishini nazarda tutgan 
holda sintagmani fonetik birlik sifatida talqin qiladi. Bundan
1 Суз бу - сехрли дунё. Узбекистан халк ёзувчиси Уткир Хошимов билан 
су*бат // Шарк юлдузи,- 2010,- №1. - Б.133 - 134.
2 ^аранг: Гиршман М.М. Ритм художественной прозы. - М.: СП, 1982. -
С.60, 38.
3Щерба Л.В. Фонетика французского языка. - М.: Высшая школа, 1963. 
- С.86.
294


tashqari, L.V.Shcherba ayrim fransuz fonetiklari sintagma- 
ni nafas guruhi deb atashlari va bunda ayni so'zlar guruhi 
bir nafasda aytilishi, ularning orasida pauzalar bo'lmasligi 
lozim ekanligini nazarda tutishlarini ham aytadi.1 Agar nutq 
ritmikligi nuqtayi nazaridan qaralsa, sintagmaga fonetik 
birlik sifatida qarashni asos uchun olgan qulayroq, biroq 
uning semantik va grammatik tomonlarini ham hamisha 
yodda tutish zarur bo'ladi. Albatta, o'zbek tilidagi nutq ham 
so'zlarning mazmuniy-grammatik-fonetik jihatdan birikishi 
asosida tashkil topuvchi guruhlar - sintagmalarga bo'lina- 
di. O'z navbatida, qonuniyatlar umumiy ekanidan kelib 
chiqsak, ayni guruhlarning har biri bitta mazmuniy urg'u 
olishi, bir zarb bilan talaffuz etilishi ham tabiiydir.
Adabiyotshunoslikda nasriy nutqning ritmik bo'laklar- 
ga ajralishi qadim zamonlardayoq anglangan. Antik ritori- 
kadan boshlab nasriy nutqning eng kichik ritmik bo'lagi ko- 
lon i§tiiohi bilan yuritilgan. Zamonaviy adabiyotshunoslikda 
ham ushbu termin yuqorida ta’riflangan sintagma istiiohi 
o'rnida qo'llanadi. Aslida, bu ikki termin o'zaro «umumiy- 
lik - xususiylik» munosabatida: agar sintagma umuman 
nutqqa xos ritmik bo'lak ma’nosida qo'llansa, kolon badiiy 
nasrga xos ritmik bo'lakni anglatadi.
Nasr ritmikligi masalasiga mumtoz Sharq adabiyot- 
shunosligida ham alohida e’tibor bilan qaralgan. Jum­
ladan, Atoulloh Husayniy saj’ «arabiyyat ahlining birtoifasi 
nazdida nasrga xos» ekani va bunda «nasr fosilalarining 
oxirgi harfta muvofiqlig'i» nazarda tutilishini aytadi. So'ng 
ta’rifini zarur izoh bilan oydinlashtiradi: 1) «fosiladin mu- 
rod ul so'zdurkim, aning tufaylidin kalom qarinalari, ya’ni 
bo'laklari bir-biridan ayrilib turg'ay»; 2) «oxirg'i harftin mu- 
rod so'z o'zagidagi qofiya raviysi yanglig' amalda bo'lg'an 
oxirg'i harf yoki o'shul harfqa o'xshash o'zga bir harftur».2
10'sha joyda.
2Атоуллох; ^усайний. Бадойиъу-с-саноииъ. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 
1981. - Б.62.
295


Endi mazkur ta’rifni yaxshiroq tushunib olmoq uchun, ma­
salan, hazrat Navoiy qit’alaridan biriga qo'yilgan quyidagi 
sarlavhani olaylik: «Kamol kasbiga dalolat-u nuqsonidin 
izhori malolat». Bunda kalom (gap)ni ikki qarina (bo'lak) 
ga ajratayotgan dalolat va malolat so'zlari fosilalar bo'lib, 
ular oxirgi harf (l)da o'zaro muvofiqdir. Boshqa bir qit’aning 
sarlavhasida esa to'rtta fosila mavjud, ya’ni unda to'rtta 
ritmik bo'lak ajraladi: «Dono nuktasini nodon eshitmasa, 
qoyilg'a ne ziyon, gavhareki bu sochar, ul termasa, munga 
ne nuqsori».
Ilmi badiga oid ayrim manbalarda saj’ nasrga xos deyil- 
sa, boshqalarida ham nasrga, ham nazmga xosligi e’tirof 
etiladi. Shunga qaramay, sajni nasrga xos deb bilish, qofi- 
yali nasr sifatida tushunish kengroq ommalashgan va bu 
ilmiy jihatdan to'g'riroqdir. Ikkinchi tomoni, garchi saj’ de­
ganda eng avval qofiyali nasrtushunilsa-da, o'sha qofiyalar 
ajratuvchi nutqiy bo'laklarning o'lchovda taqriban yaqinligi 
ham e’tiborga olinadi. Masalan, yuqorida keltirilgan qit’a 
sarlavhalari, xususan, ikkinchisini har bir bo'lagini alohida 
satrga joylashtirib yozib ko'raylik:
Dono nuktasini nodon eshitmasa, 
12
qoyilg'a ne ziyon, 
6
gavhareki bu sochar, u\termasa, 
11
munga ne nuqson». 
5
Ko'rib turganimizdek, ushbu parchada fosilalar ajra­
tayotgan 1 - 3- va 2 - 4-bo'laklar taqriban teng, shu bois 
ham uning talaffuzida ritm aniq his etiladi. Mumtoz adabi- 
yotshunoslikda «saj’ning eng yuksak martabasi uldurkim, 
bo'laklar barobar bo'lg'ay» deb hisoblangan. O'rta marta- 
basida esa kalomdagi «keyingi bo'lak oldingi bo'laktin had- 
din ortiq bo'lmag'an darajada ozg'ina uzunroq bo'lg'ay». 
Faqat shunisi borki, agar «Kalom uch bo'lakli bo'lsa-yu 
uchunchi bo'lak birinchi va ikkinchi bo'laklarning yig'in-
296


disiga teng bo'lsa, andin mustasnodir, chunki bu holda 
ikki bo'lak uchunchi bo‘lak qarshisida bir bo'lak hukmida 
bo'lur». Nihoyat, saj’ning tuban martabasida kalomning 
«keyingi bo'lagi olding'i bo'lagidin ko‘p uzun (yoki ko‘p 
qisqa - D.Q.) bo'lg'ay va bu aybdur».1 Bir qarashda ush- 
bu ta’rifdagi saj’ning yuksak martabasi degani nazmga
- she’riy nutqqa taalluqlidek ko'rinadi. Sirasi, badiiy nutq 
sifatida asosan nazm e’tirof etilgan bir sharoitda «yuksak 
martaba» she’rga loyiq ko'rilishi tabiiydek ham. Biroq «ka- 
lom bo'lagining uzunligi» deyilganidan (yoki o'sha kalom 
bo'lagining vazni, ya’ni undagi uzun va qisqa hijolar kom- 
binatsiyasi deyilmaganidan) bu o‘rinda gap aruziy tushun- 
chadagi vaznda tenglik haqida emas, balki nasrdagi ritmik- 
lik haqida borayotgani yaqqol anglashiladi.
Shu o'rinda yana bir muhim nuqtaga diqqat qilish maq- 
sadga muvofiq: saj’ta’rifida «kalom bo'laklari» tushunchasi- 
ning asos qilib olingani mumtoz adabiyotshunosligimiz 
bilan zamonaviy adabiyotshunoslikning bu boradagi qa- 
rashlarida mushtaraklik borligini ko'rsatadi. Negaki, ho- 
zirgi adabiyotshunoslikda ham nasming ritmik bo'laklari 
gap (kalom) bilan bog'liq belgilanadi: sintagma (yoki ko- 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling