Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
«Xon im :
0 ‘zingdan ko'rgin-da, jonik\ Unisi o'poq, bunisi so'poq deysan. Papangning ham joni achiydi-da. Yoshing o'ttizga qarab borayotgan bo'lsa!.. Charchabsan. Kir, yo- tib damingni ol. Ammashkangga ayt, ichkari uyga joy qilib bersin». Ko'ryapmizki, Xonim ayrim ruscha so'zlarni ishla- tibgina qolmaydi, balki o'zbekcha so'zlarni ham «ruslashti- rish»ga harakat qiladi. Bu esa personaj ma’naviy qiyofasi- ga tortilgan muhim chizgi - milliy o'zligini nainki unutgan, undan orlanadigan toifaga xos qiliq. O'ziga «mama» deya murojaat etgan o'g'lidan koyinib «Oyi (degin - D.Q.)! Endi «oyi» bo'ladi, jinnivoy! Birov eshitsa nima deydi? Bular haliyam...» deganida ham Xonim faqat atrofdagilar nima 269 deyishining tashvishini qiladi, xolos. Milliy g'urur tuyg'usi- dan mosuvo bu ayolda istiqlo! bittagina o'zgarish yasadi: il- gari o‘z nutqini ruscha so‘zlar bilan «bezagan» bo'lsa, endi unga «о’кеу», «hello», «veri gud» kabi inglizcha so'zlar bilan zeb beradi. Go‘yo shuning bilan o‘zini dunyo ravishi- dan boxabar, zamonaning ilg'or kishilari qatorida his qila di, atrofidagilarga ham shuni ta’kidlamoqchidek bo‘ladiki, bu uning kaltabin ekanidan dalolatdir. Demak, varvarizm- lar muhit koloritini berish bilan birga personajning fe’li, madaniy-ma’rifiy saviyasi, ma’naviy-axloqiy prinsiplari, dunyoqarashi kabilar haqida ham ishonchli ma’lumot beruv- chi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunga o'xshash, Xonimning nutqidagi «baks», «inomarka», «soqqa», «ko'kidan o'nta», «lodochka tufli» kabi jargon\ax ham uning qiyofasini bo'rtiq aks ettirishga xizmat qiluvchi muhim detallarga aylana- di. Xullas, professionalizm, varvarizm, vulgarizm, jargon, argo kabi qo'llanish doirasi cheklangan so'zlar personaj mansub muhit koloritini ifodalash bilan birga uning nutqini individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini yaratishning beqiyos vositalaridir. Ma’lumki, lug'atdagi so'zlar emotsional bo'yoqdorligi jihatidan ham bir-biridan jiddiy farqlanadi. Ayni hoi tasvir predmetiga hissiy munosabatni ifodalashda juda qo‘l ke ladi. Zero, shu tufayli ham tasvir predmetiga munosaba- tini ifodalash uchun yozuvchidan yangilik yaratish talab etilmaydi - mavjud so'zlardan maqsadiga eng muvofig'ini tanlash kerak, xolos. Masalan, «O'tkan kunlar»dan olin gan quyidagi gaplardagi kabi: «Zaynab bo‘zarg‘an holatda uyiga yugurib ketdi». «Kumush baqadek qotib o ‘lturgan Zaynabka qaradi». «Zaynab o'zining xatosini ongladi va gapuralmay g ‘o ‘ldi- radi». «Zaynab ishini to'xtatib bo‘zrayg‘ancha Kumushka qa- rab qoldi». 270 «Uning bu dovdir gaplari g'alaba qozonmoqchi bo‘lg‘an Kumushni dovdiratti». «Zaynabning bir yarim qarich osilib ketkan qovoq- dudog‘i...». Endi o'ylab ko'ring: A.Qodiriy kursivda berilgan so‘zlarni Kumushga nisbatan ishlatishi mumkinmi? Komil ishonch bilan aytish mumkinki, yo‘q. Chunki ularga munosabati bir xil emas. Shu bois ham, masalan, kundoshi Marg‘ilonga ketmasligini bilgan Zaynab haqida qovoq-dudog‘i bir yarim qarich osilib ketkan desa, Otabekning ikkinchi bor uylani- shiga «rozilik» berayotgan Kumushni: «Fuzuliy ta’biricha, sebi zanaxdoni negadir qizarib, novaki mijgoni ко ‘z yoshlari bilan juftiangan haligi pari edi», - deya ta’riflaydi. Shunga o‘xshash, suyukli qahramonining kundoshlar orasida halak Otabekdan xafa bo'lgan chog'dagi holati haqida «ko'zi uy- qudan qolg‘an kishilarning ko'zidek qizarg‘an» edi deyish bilan cheklanadi-da, suhbat davomida bir joyda nko‘zida bir turlik g'iltillash bor»ligini, boshqa bir o'rinda «ko'ziga jiq yosh to‘lg‘an»ini qayd etadi. Insof bilan aytganda, har ikki personaj ham o‘sha holatda xafa bo'lishga haqli, bi roq o'quvchi Zaynabga boqqancha «qovoq-tumshug‘i ni- masi?!» deya g'ashlansa, Kumushning dardiga hamdard bo'ladi-qoladi. Sababi, ularni tasvirlash uchun tanlangan so'zlarda, o'sha so'zlarda mujassam topgan hissiy muno- sabatning o'quvchiga «yuqtirilgani»da. Xulosa o'laroq ta’kidlash kerakki, so'zning nominativ tasviriyligi va ifodaviyligi badiiy adabiyotdagi har qanday obrazning asosi, javhari demakdir. Ayni hoi badiiy adabi- yotni «so'z san’ati» deya ta’riflashga izn beruvchi bosh omil sanaladi. So'z badiiy adabiyotdagina o'zining asli- ga - obrazli tabiatiga qaytadi, olamni to'laqonli aks etti- rish, tasawurimizda uni qayta yaratishga xizmat qiladi. So'zning bu boradagi imkonlari benihoya keng, mavjud imkoniyatlarning qay darajada ro'yobga chiqishi esa, ta- 271 biiyki, so‘z san’atkorlarining mahoratiga bog'liq. Shu jihat- dan adabiy ijod zargar mehnatiga monand: zargar olmos qirralarini ochib gavharga aylantirgani kabi, adib-u shoirlar so'zdagi ma’no qirralarini jilolantirib obrazga aylantiradilar. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling