Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
tini berish; 3) personaj nutqini individuallashtirish; 4) tasvir
predmetiga munosabatni ifodalash. Tarixiy mavzudagi asarlarda tasvirlanayotgan davr ruhi (koloriti)ni aks ettirish maqsadida eskirgan so‘z la r- arxaizm va istorizmlardan foydalaniladi. Lug‘at tarkibidagi eskirgan so‘zlar kundalik muloqotda qo‘llanmaydi, ularning ko'plari o'quvchi ommaning katta qismiga tushunarsiz ekani, izoh talab qilishi ham ma’lum. Biroq tarixiy mavzudagi asarlar da ularning qo‘llanishi zaruratga aylanadi. Zero, uiarning ishtirokisiz davr hayotini, unda yuz bergan voqealarni aks ettirishning imkoni yo‘q. Deylik, o'z asarida XV asr vo- qeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, o‘sha davrga xos realiyalarni tasvirlashi lozim. Buni esa o‘sha davrga xos bo'lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalarni ifo- dalovchi so'zlarsiz amalga oshirishning imkoni yo‘q. Ma salan, «Navoiy» romanida shoirning ijodga kirishishi quyi- dagicha tasvirlanadi: «Oltin dovot ichidan qalamni oldi. Siyohga ozgina suv tomizdi. Qalam erkin va dadil yurdi». Avvalo, bu o'rinda jarayonning realistik haqiqatga monand tasvirlanganiga diqqatni qaratish joiz: Navoiy avval do vot - siyohdondan qalamni oladi, so'ng siyoh (dovotdagi rang)ga suv quyadi, (keyingi harakat anglashiladi: dovot dagi siyohga tekkizib olingan) qalam qog'oz ustida dadil yura boshlaydi. Tasvirlangan jarayonning amalga oshishi- ga xizmat qilgan yozuv asboblari ham, yozuv ashyolari ham hozir iste’molda emas, ularni ifodalovchi so'zlarni esa o'quvchilarning kattagina qismiga izohsiz tushunarli emas. Shunga qaramay, Navoiyning qay tarzda yozganini o'sha so'zlarsiz tarixiy jihatdan haqqoniy tasvirlab bo'lmaydi. Tarixiy so'zlar personajiarning tashqi ko‘rinishiga oid muhim detallar, xususan, engil-boshini tasvirlashda ham g'oyat muhim. Masalan, «Navoiy» romanidan olingan boshqa bir parcha o'quvchi ko‘z o'ngida jangga otlangan sultonni gavdalantiradi: «Mulozimlarining yordami bilan Husayn Boyqaro egniga sovut, boshiga dubulg'a kiydi. 262 Qini oltin va rango-rang qimmatbaho toshlar bilan ishlan gan, ajoyib nafis san’at namunasi bo'lgan qilichru taqdi. Yana shunday chiroyli sadoglni osdi. 0 ‘g-yoyni taqdi». Ayni shu so'zlar lashkar muttasil yurishlarda yoki yurishga tayyor holatda bo'lgan davr manzaralari tasvirida ham qo'l keladi: «Har yoqdan to‘da-to‘da otliq sipohilar - navkar- lar keladi. Otlar o'ynoqlab kishnaydi, tug 1ar hilpiraydi. Qu- yoshda dubuig‘a\ax, sovutiar yaltiraydi. Be/darning kumush sopli qamchi\ar\, ot asboblaridagi kumush bezaklar, qilich- larning qinlaridagi oltin, feruza va zabarjad toshlar ko'z qa- mashtirib yonadi...» E’tibor berilsa, keltirilgan misollarda qo'llangan tarixiy so'zlar asosan ot turkumiga mansub ekanini ko'rish qiyin emas. Buning sababi - misollarning muallif nutqidan olin- gani. Zero, voqealar yuz berayotgan joy (saroy yo kulba; do'kon yo madrasa hujrasi, bozor maydoni yo chog'roqqi- na hovli...), uning ishtirokchilari (ust-boshi, mashg'uloti...) kabilar bilan bog'liq tafsilotlar muallif nutqida o‘z ifodasini topadi, ya’ni bunda so'zning nominativ tomoni muhimroq. Personajlar nutqida esa eskirgan so'zlarni qo'llash bilan birga tarixiy davr uslubiy xususiyatlarini ham aks ettirish zarurati yuzaga keladi. Misol tariqasida g'alayon ko'targan shaharahlini tinchitish uchun Hirotga otlanayotgan Navoiy- ning Husayn Boyqaroga aytgan gapini olib ko'raylik: «... - Ko'ngilga shunday muqarrar boldikim, dorilxalofat fuqarosi qoshiga yetgach, faqir ularni hech narsa bilan qu- vontirmoqdan ojiz qolurmen. Maqsadimizni ravshan qilib aytsak, bizni farmoni humoyun bilan sarafroz ф/sangiz ekan». Avvalo, bu o'rinda saroy etiketiga qat’iy rioya qilinayot- gani, Navoiy podshohga murojaat qilayotganini bir on bo'lsin unutmayotgani ko'riladi. Shu bois ham u «farmon bering» demaydi (u holda podshoh amrini bajarish uchun shart qo'ygan bo'lib chiqadi), balki buyuklarga xos far mon (farmoni humoyun) bilan baxtiyor (sarafroz) qilishini 263 tilaydi. Shunga o'xshash, g'alayon ko'targanlar qoshiga quruq qo‘l bilan borish foydasiz deyish (bu holda pod- shoh jahllanishi mumkin) o'rniga ularni quvontirishdan Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling