Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


BADIIY NUTQ QURILISHI


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

253


BADIIY NUTQ QURILISHI
Badiiy nutqning tarkiblanishi haqidagi qarashlar: farqli va 
mushtarak nuqtalar. Badiiy nutqning leksik-frazeologik 
vositalari. So‘zning nominativ tasviriy imkoniyatlari. So‘z 
tanlash va matnda joylashtirish masalasi. Leksik-mor- 
fologik ifodaviylik haqida. So'z qo'llashda normadan 
og'ish tushunchasi.
Ilgari aytganimizdek, badiiy nutqning qanday qurilgani, 
uning tarkiblanishi, o'ziga xos xususiyatlarini bilish asar­
ning poetik olamiga kirish uchun ko'prik vazifasini o'tay- 
di. Avvalo, ayni hoi masalaning adabiyotshunoslik uchun 
nechog'lik muhimligini tasavvur qilish uchun yetarli. Ikkin­
chi yoqdan, badiiy nutq til materiali asosiga qurilar ekan, 
masalani o‘rganishda endi badiiy asar tili tushunchasini 
ham nazarda tutishimizga, tilshunoslik yutuqlariga tayani- 
shimizga to‘g‘ri keladi. Avvalroq aytdikki, B.Tomashevskiy 
badiiy nutqni o'rganish to'laligicha tilshunoslik zimmasida 
deb hisoblaydi. Shu bilan birga, olim stilistikani - tilshunos- 
likning badiiy nutqni o'rganuvchi sohasini poetikaga zaru- 
riy kirish bob deb ataydi. Negaki, mazkur bobda «nutqni in- 
dividuallashtirish, ya’ni umumiy til materialidan aynan shu 
asar yoki aynan shu ijodkorga xos nutqni qurish usullari» 
o'rganiladi. Stilistika o'rganuvchi masalalarni esa uchta: 
poetik leksika, poetik sintaksis va evfoniya bo'limlari to'la 
qamrab oladi.1 G.N.Pospelov esa badiiy nutqning seman- 
tik xususiyatlari, ya’ni yozuvchi tanlagan so'zlarning tas­
viriy va ifodaviy ma’nolarini hamda uning intonatsion-sin- 
taktik qurilishi, xususan, ritmik va fonetikjihatlarini farqlash
'Томашевский Б.В. Теория литературы. Поэтика. - М.: Аспект пресс, 1996. 
- С . 3 0 .
254


kerak deb biladi.1 Praga tilshunosiik to'garagi qarashlariga 
asoslangan V.Y.Xalizev badiiy nutqqa sistema deb qaray- 
di va u: 1) leksik-frazeologik vositalar va ularga qo‘shilib 
ketuvchi tilning morfologik hodisalari; 2) nutqiy semanti- 
ka; 3) intonatsion-sintaktik; 4) fonetik; 5) ritmik sathlar- 
dan tarkib topadi deb hisoblaydi.2 Sirasi, mazkur uchala 
qarashda mushtarakiik bor: hammasida badiiy nutqning 
murakkab hodisa - sistema ekani va tilning turli sathlariga 
oid unsurlarning o'zaro aloqa-munosabatlari asosida vo- 
qelanishi u yoki bu yo'sinda e’tirof etiladi.
Adabiyotning materiali bo'lmish so‘z o‘z holicha ham 
mazmunga egaligi bilan farqlanadi. Zero, tilimizda mav­
jud mustaqil so'zlarning aksariyati voqelikdagi narsa-ho- 
disa, belgi, holat yo harakatni ataydi, anglatadi. Shunday 
so'zlardan biri aytilishi bilanoq ongimizda u anglatayotgan 
narsa-hodisa, belgi, holat yoki harakat haqida umumiy 
tasavvur hosil bo'ladi. Deylik, «uy» deganda umuman 
uyni, ya’ni odamning yashashi uchun mo'ljallangan bi- 
noni tasavvur qilamiz; «bahor» deganda - umuman ta- 
biatda jonlanish boshlanuvchi faslni, «yumaloq» degan­
da - umuman yumaloq ko'rinishni, «yurmoq» deganda
- umuman muayyan yo'nalishda harakatlanishni. Buning 
boisi shundaki, so‘z narsa-hodisaning turga xos jihatlarini 
umumlashtirib ataydi va inson ongida o‘sha narsa-hodi- 
sani umumiy tarzda aks ettiruvchi belgi bo'lib xizmat qila­
di. Badiiy adabiyot esa, aksincha, konkret narsa-hodisani 
aks ettiradi. Negaki, u badiiy obraz yaratadi, o'z navbati- 
da, badiiy obraz inson ongida o'sha konkret narsa-hodi­
sani aks ettiruvchi belgiga aylanadi. Boshqacha aytsak, 
tildan foydalanishning o'zga shakllarida so'z o'zi atayot- 
gan narsa-hodisadan uzilsa, badiiy nutq tarkibida, aksin­
cha, u bilan birlashadi, bunda so'zning nominativ-tasviriy
1 Введение в литературоведение / Под ред. Г.Н.Поспелова. 3-е изд., испр. 
и доп. - М.: Высшая школа, 1988. - С.279.
2Хализев В.Е. Теория литературы. - М., 2002. - С.264 - 266.
255



Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling