Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

bo‘lguchi jumladoshini keltirmak sharti bila» degan nuqta- 
ga qaytish maqsadga muvofiq. Bu o'rinda ma’no ko'chishi 
so‘z qo'llangan kontekst bilan ham bogMiqligi, matndagi 
boshqa so'zlarning uni «o‘z» ma’nosida tushunishga mone 
bo'lishi nazarda tutilmoqda. Darhaqiqat, keltirilgan misolda 
«о‘у» so'zining «jumladosh» ekani «chuvalanmoq»ni o‘z 
ma’nosida tushunishga imkon bermaydi.
Albatta, metafora usulidagi ma’no ko‘chishida o‘xshati- 
layotgan narsa-hodisalar orasida aynan o'xshashlik bo‘lishi 
emas, balki ularga xos umumiy belgilardan biri asos uchun 
olinadi. Masalan, «oltin kuz» birikmasida «rang» (kuzda 
daraxt barglarining sarg'ayishi sabab sariq rang ustuvor- 
ligi), «oltin davr» birikmasida «qimmat» (nazarda tutilgan 
umr pallasining qimmatli ekani) asos uchun olinadi. To‘g‘ri, 
ushbu misollar metaforaning anchayin sodda ko'rinishlari, 
ularning estetik ta’sir kuchi ham, albatta, shunga yarasha 
bo'ladi. Aksincha, voqelikdagi narsa-hodisalar yoki ko'ngil 
hollari bilan moddiy olam orasidagi bizga ko'rinmagan, bi­
roq san’atkorona o‘tkir nigoh bilan ilg'angan o'xshashliklar 
asosidagi ko'chimlar o'quvchini hayratlantiradi, unga zavq 
bag‘ishlaydi. Faqat shugina emas, bu nav ko'chimlar o‘sha
278


narsa-hodisaga o‘zgacharoq nazar solish, ko'ngil holini te- 
ranroq his qilishga yordam beradi. Masalan, Faxrlyoming 
sonetlaridan biridagi «Ko'nglim sinar, muz bo'lib sinar» 
metaforasini olaylik. Shoir metaforani «muz bo'lib sinar» 
tarzida aniqlashtirib qo'yayotganini nazardan qochirmas- 
lik lozim. Sababi, «ko'ngil - oyna», «ko'ngil - shisha» 
o'xshatishlari asosiga qurilgan «ko'ngil sinishi», «chil-chil 
bo'lishi» metaforalari ancha keng tarqalganki, shoir o'zi 
qo'llagan metaforaning ularga aloqasiz ekanini ta’kidla- 
moqda. To'g'ri, bunda ham mavjud metaforaga - muayyan 
hislar tugab-bitganini anglatuvchi «ko'ngil sovishi» ifodasi- 
ga tayanilgan, aniqrog'i, bu ifoda mubolag'alashtirilgan: 
ko'ngil sovishi haddi a’losiga yetib - muzlash darajasining 
kuchliligidan sinib uvalanishi nazarda tutilgan. Bugungi 
kun o'quvchisi esa, bilasiz, turli ilmiy-ommabop film va 
ko'rsatuvlar orqali o'ta kuchli muzlatilgan jismning ich- 
dan portlagan kabi parchalanishini tasavvur qilishga qo- 
dir. Ayon bo'lyaptiki, metafora davr o'quvchisining dldi va 
ma’rifiy darajasi, tafakkur tarziga mos bo'lar ekan.
Obrazli ifoda o'laroq metaforaning qabul qilinishi avto- 
matizmdan yiroq, u ijodiy yondashuvni, assotsiativfikrlash- 
ni taqozo etadi. Deylik, R.Parfining «Suv ostida yaltiraydi 
tosh, Xarsanglarda sinadi suvlar» satrlarida metaforaning 
ma’nosi ikki bosqichda namoyon bo'ladi. Shoir tilimizda 
ancha keng qo'llaniluvchi suvning oynaga o'xshatilishi- 
ga (birinchi bosqich), ya’ni o'zi va o'quvchisining badiiy 
xotirasida mavjud obrazli ifodaga tayanadi va shu asosda 
suvning xarsangga urilib parchalanishini oynaning sinishi- 
ga o'xshatadi (ikkinchi bosqich). Shoirning quyidagi:
Derazamga uriladi qor
Jaranglaydi jarangsiz kumush, -
satrlarida metaforaning ma’no assotsiatsiyalari yanada 
kengroq. Ma’lumki, qoming kumushga (rang o'xshashligi)
279


o'xshatilishi ancha keng qo‘llanadi. Shoir shu asosda «ku- 
mush»ning yana bir assotsiyatsiyasini uyg‘otadi: qorning 
yog'ishini «kumush tangalarning sochilishi»ga o'xshatadi- 
ki (jaranglaydi jarangsiz kumush), go'yo kimdir xayr-ehson 
qilib tanga sochayotgandek. Xalqimizda «qor» yog'ishi 
to'kinlikdan, barakotdan deb bilinishi sizga ma’lum, albatta. 
Ko'ramizki, qor shoirning assotsiativ fikrlashida avval «ku­
mush»™, keyin xalqimizning maishiy tafakkurida muqim 
o‘rinlashgan inonchni uyg'otadi. Anglashiladiki, agar leksik 
metaforaning mazmuni bir so'z doirasida anglashilishi 
mumkin bo‘lsa, matn ichidagi metaforaning ma’nosi matn- 
dagi boshqa so'zlar bilan aloqada oydinlashar ekan. Mas­
alan, shoir yozadi:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling