Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
metonimiya, sinekdoxa va kinoya), hatto bundan ko'proq
(bunda muboiag‘a, iitota, perifraz ham shu sirada sanala- di) deb ham ko'rsatilgan hollarga duch kelish mumkin. Mazkur holat esa masalaning g'oyat murakkab va bahsli ekanligidan daloiat beradi. Aslida, shunday bo'lishi tabiiy va qonuniy ham. Zero, insonning olam haqidagi bilim- lari chuqurlashib, undagi narsa-hodisalar orasidagi yan- gi-yangi aloqa-munosabatlarni kashf etib, xullas, tafakkuri rivojlanib borgani sari metafora va metonimiya bag'ridan ko'chimning yangi navlari ajralib chiqib, tobora mustaqil qi- yofa kasb etib borishi ham tabiiydir. Yuqorida sanalgan ko'chim turlari ma’no ko'chishining asosiga ko'ra tasniflanadi: so'zlar anglatuvchi narsa-hodi salar orasidagi o'xshashlik asosida metafora, aloqadorlik asosida metonimiya, ziddiyat asosida kinoya, butun va qism munosabati negizida esa sinekdoxa yuzaga keladi. Endigi vazifamiz sanalgan ko'chim turlarining har biriga navbati bilan alohida-alohida to'xtalib, o'ziga xos xususi- yatlarini ko'rib o'tishdan iborat bo'ladi. Ko'chimning badiiy nutqda eng ko'p va samarali qo'l- lanuvchi turi, hech shubhasiz, istiora - metafora hi- soblanadi. Adabiyotshunosligimizda bu ikki termin sinonim sifatida qo'llanadi. Qizig'i, ikkala termin ham avval umu man ko'chim (trop) ma’nosida qo'llangan bo'lsa, keyin- cha ko'chimning faqat o'xshashlik asosidagi turini anglata boshlagan.1 1 Bu haqda qarang: Каримов О. Абдулла Орипов шеъриятида метафорик образлар. - Тошкент: Akademnashr, 2014. - Б.11 - 14. 276 So'z ma’nosining metafora usulidagi ko'chishida narsa- hodisalar orasidagi o'xshashlikka asoslaniladi. Mohiyatiga qaragan holda qadimdan metaforani «siqiq o'xshatish», «yashirin o'xshatish» deb atash urfga kirgan. Buning sa- babini yorqin tasavvur qilish uchun metaforaning yuzaga chiqish mexanizmini kuzatish kifoya: ikki narsa-hodisa bir-biriga o'xshatiladi, so'ng o'xshatilayotgan narsani ang- latuvchi so'z tushiriladi-da, o'xshayotgan narsani ang- latuvchi so'z bilan o'xshatilgan narsa ataladi. Masalan, hazrat Navoiy «Nuni dog'i anbarin hilolingg'a fido» degani- da oshiq «jon»idagi «nun»ni yorining qoshiga fido etish- ga tayyorligini nazarda tutadi. Ya’ni bunda yorning qoshi «hilol» - yangi chiqqan oyga o‘xshatiladi-da, o'xshayot gan narsa (hilol)ni anglatuvchi so'z o'xshatilayotgan narsa (qosh)ni anglatuvchi so'z o'rnida ishlatiladi. Ko'ryapmizki, bunda o'xshatish amali bor, biroq o'xshatilayotgan narsa (qosi*) ham, o'xshatishga asos bo'layotgan belgi («nozik, qayriima») ham, o'xshatish vositasi ham («xuddi», «go'yo» kabi) tushirib qoldirilgan, ya’ni o'xshatish amali o'ta siqiq shaklda, ayni chog'da, yashirin tarzda amalga oshgan. Ta’kidlash joiz, metaforaning, umuman ko'chimning ko' rib o'tganimiz kabi bir so'z doirasida voqelanishi nisbatan kamroq uchraydigan hodisa hisoblanadi. Aksariyat hollarda ko'chma ma’no so'z birikmasi, gap darajasida yuzaga chi- qadi. Misol uchun A.Oripovning quyidagi satrlarini olaylik: Chuvaladi o'ylarim sensiz, Xayolimga taroq urgayman. Mening qo'lim yetmagan yulduz, Tushlarimda serii ko‘rgayman. Dastlabki uch misraning har birida bittadan metafora qo'llangan. Ularning uchinchisi «yor»ni «yulduz»ga o'x shatish asosida yuzaga chiqmoqda va, sirtdan qaraganda, yuqoridagi misol (hilol - qosh) bilan aynandek ko'rinadi. 277 Biroq ifodalash ko‘zlangan metaforik ma’noning yuzaga chiqishida «mening qo'lim yetmagan» aniqlovchisi g'oyat muhim ekanini ko'rish qiyin emas. Ya’ni bunda yor bilan yulduzni o'xshatish asosi ularning ikkalasiga xos «ye- tib bo'imaslik» belgisidirki, bu ma’no gap butunligidagina r o 'y o b g a chiqadi. Shunga o'xshash, «chuvaladi o'ylarim» metaforasining ma’nosi ham predikativ birikma butunligi- da voqelanadi. Negaki, avvalgi ikki misoldan farqli o'laroq, bunda predmetning nomi emas, balki unga xos harakat-ho- lat boshqa bir predmetga ko'chirilmoqda: «(Ip chuvalgani kabi) chuvaladi 0 ‘ylarim». Ya’ni o'xshatilayotgan narsa nomi qoladi-da, o'xshayotgan narsaga xos harakat-holat unga ko'chiriladi. Shu o'rinda yuqorida keltirilgan Atoulloh Husayniy ta’rifidagi «o'z yasog‘ida tushunmakka moni’ Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling