Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
dustaman qildi-ya\.. Hoy Xayrulloboy! - tashqariga bo'y
cho'zib chaqirdi. - Polvonof/'ng jiligini opkeling...» Eridan keyin Biydi momo erkag-u ayol vazifasini zim- masiga olganini ta’kidlab, «U o'roq o'rar, o'tin yorar, beda tashir, bug'doy yanchar, tegirmon tortar, og'il tozalar, 265 navbatida mol bo qar... edi» deyiladi. Bu yerda navbatida mol boqmoq deganda Tersota turmushiga xos tushuncha - qishloq chorvasini navbat bilan har kuni bir xonadon va- kilining boqishi nazarda tutilyaptiki, navbati kelganda Biydi momo ham podachilik qilgani aytilmoqda. Yoki boshqa bir o'rinda Biydi momo «sarg'ayib ketgan junni oldidagi ta- roqdan o'tkazib olmoqda edi» deyiladi. Bunda «taroqdan o'tkazish» junni ipga aylantirish jarayonidagi bir bosqich- ni anglatadi, ya’ni Biydi momo turmushida chorva keng o'rin tutgan tersotalik ayollar uchun odatiy mashg'ulot bilan band ekan. E’tibor berilsa, keltirilgan parchalarda umumiste’moldagi «navbat» va «taroq» so'zlarining she- vaga xos ma’nolari aktuallashgani ko'riladi. «Normat hayotining Keldiyor so'pi bilan tutash qismiga go'ng tashiy boshladi» degan jumlani o'qiganda beixtiyor «hayot» so'zining tersotaliklar shevasida anglatadigan «tomorqa, bog'cha» ma’nolari bilan adabiy tildagi ma’no si orasidagi aloqa qandayligini o'ylab qolasan. Eng avval «peshana teri bilan non topib yemoqni hayot deb bilgan- lar-da!» degan o‘y keladi-da, shu xulosada taq to'xtab qolishni istab qolasan. Yoki o'limini bo'yniga olib qo'ygan Anziratning «Agar men dumalab ketsam, Xolmat bilan Ho- jar hovarda qolmasin, opajon...» deya zorlanishi-chi?! Ayol « 0 ‘lsam» demaydi - «dumalab ketsam» deydi: tog'dan tubsiz jarlikka dumalagancha go'yo yo'qlikka singib ketgan toshga mengzaydi o'limni. Sag'irlarim qarovsiz qolmasin demaydi, yo'q, «hovar»da - kimsasiz bir maydonda qo- lishmasin deydi. Qarang, oddiy odamlar nutqida poeziya bor: fikrlashlarida obrazlilik, metaforiklik kuzatiladi. Bu hoi esa ularni qadim ajdodlar bilan bog'lab turgan tomirlar ni- hoyatda baquwat ekanidan, o'zlarining asliga - tabiatga yaqinligidan dalolatdir. Shevalar adabiy tilning so'z xazinasini to'ldiradigan eng boy manba sanaladi. Boisi, shevada adabiy tildagi ko'plab so'zlarning muqobili bor. Masalan, «Urush odamlari»ning 266 o'quvchisi Biydi momo kelinlarini «Bir vaqtlari o‘n beshta- lab inakka o‘zim qaragich edim...» deya yozg'irganida, «inak» - «sigir», Normat shu kampirga «jezdam tushingiz- ga kirdimi» deya hazilnamo so'z qotganda esa «jezda» - «pochcha» ma’nosini berishi kuzatiladi. Shu o'rinda bir nar sani ta’kidlash zarur: badiiy adabiyot miiliy tilimizdagi so'z javohirlarini avaylab asrovchi xazinabon vazifasini o'tay- di. Sababi, adabiy til me’yorlarining ommalashishiga mos holda sheva xususiyatlarining kamayishi kuzatiladiki, bu - qonuniyat maqomidagi hodisadir. Aytaylik, N.EshonquI «Urush odamlari»ni o'ttiz yillar ilgari yozgan bo'lsa, o'sha vaqtlartersotaliklartilida qo'llangan ko'plab so'zlarning ho- zirda iste’moldan chiqqan, unutilgan bo'lishi tayin. Demak, ijodkor o'zi mansub sheva xususiyatlarini oqilona m e ’y o r darajasida va mohirlik bilan aks ettirsa, ularni mangulikka muhrlagan bo'ladi. Buning ahamiyatini esa, masalan, qis- sada qo'llangan o'shak, o'shakchi so'zlari misolida ko'rish mumkin. Dastlab, Biydi momo «Tursunoy guj-gujni o'shak- с/7/ligi uchun yoqtirmasligi» haqida xabar topganida, o'quv chi Tursunoyning fe’l-amalidan kelib chiqib bu so'z «g'iy- bat qiluvchi», «gap tashuvchi» kabi ma’nolarni anglatishini tusmollab biladi. Keyinroq, Normat Biydi momoga «Agar shu martayam o'shak surgan bo'lsang, kelib sen yalmo- g'izni otaman» deya tahdid qilganida esa so'z ma’nosi birmuncha konkretlashadi - unda «g'iybat» ma’nosining ustuvorligi anglashiladi. Ayon bo'ladiki, tushunchani ifo- dalovchi asl turkiy so'z mavjud bo'lgani holda o'zbek ada biy tilida uning arabiy muqobili ishlatilar ekan. Shunga o'xshash, o'jar qat’iyat bilan Anziratga o'lim talab qilib tu- rib olgan Biydi momoga Sharif chavandoz tahdid-la do'q uradi: «Ayg'oqilik qilmang...» Ma’lum bo'lishicha, o'zi haq bo'lmagani holda bitta fikrda qattiq turib olish «ayg'oqilik» deyilar ekan. Xuddi shu tushunchani anglatuvchi boshqa so'z esa adabiy tilimizda mavjud emas, shu sababli uni bir necha so'z bilan ifodalashga majburmiz. Holbuki, agar bu 267 so'z adabiy til mulkiga aylansa, ommalashtirilsa, tilimizning ifoda imkoniyatlari kengaygan bo'lur edi. Har qanday badiiy obraz singari inson obrazi - personaj ham konkretlilikxususiyatiga ega. Zero, uning asosi bo'lgan real inson konkret davr, hudud va ijtimoiy muhitda harakat qiladi, muayyan kasb-kor bilan mashg'ul bo'ladi. Tabiiyki, bu omillarning bari uning nutqida o'z aksini topadi. Shu bois ham personaj nutqiga xos xususiyatlarni qayta yara- tish obrazning to'laqonli va haqiqatga muvofiq bo'lishining muhim shartlaridan hisoblanadi. Personaj nutqining o'ziga xosligi esa eng avval u qo'llayotgan so'zlarda namoyon bo'ladi. O'z navbatida, o'sha so'zlardan tarkib topayot- gan nutq personaj tasviridagi muhim chizgiga aylanadi: madaniy-ma’rifiy saviyasi, dunyoqarashi, ma’naviyati, ax- loqi, kasb-kori haqida ma’lumot beradi. Epik va dramatik asarlarda personaj nutqini individuallashtirishga alohida e’tibor berilishining sababi shunda. Xususan, dramatik asarlarda bunga, ayniqsa, muhim ahamiyat zarurki, ularda personaj nutqi inson obrazini yaratishning asosiy vosita- siga aylanadi. Masalan, E.A’zamning «Jannat o'zi qay- dadir yoki Jiydalidan chiqqan Jo'raqul» pyesasini olaylik. Asar qahramoni Jo'raqul - Domlaning quyidagi replikasiga diqqat qiling: Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling