Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Ekspozitsiya voqeaga kirish vazifasini o'taydi, ishtirok-
chilar bilan tanishtirib, o'quvchining asosiy konflikt yuzaga kelgan hayotiy vaziyatni tasavvur qilishiga yordam bera di. Jumladan, «Temir xotin»da birinchi sahna asosan shu vazifaga qaratilgan bo'lib, uning yakunida tugun qo'yila- di. Qo'chqorning Qumri bilan dialoglari o'quvchini voqea kechadigan maishiy, Olimjon bilan dialoglari esa ijtimoiy vaziyat bilan tanishtiradi. Agar voqea qishloqda kechishi remarkada qayd qilingan bo'lsa, ekspozitsiyada uning vaqti ham ayon bo'ladi: «Hukumat ichmanglar deb qaror chiqarib qo'yibdi...», «hozir «oiiani planlashtirish» degan gap chiqib turibdi...» deyilishidan o'quvchi voqea o'tgan asrning 80-yillari o'rtalariga oidligini fahmlaydi (tabiiyki, keyingi davr o'quvchilari uchun ayni nuqtalar tegishli izoh bilan ta’minlanishi zarur bo'ladi). Qo'chqorning bog'lab qo'yilishi (personaj tilidan), Qumrining bolalarini olib onasi- nikiga ketishi, Olimjonning kirib kelishi, Alomatning ta- nishtirilishi - bular voqeaning ekspozitsiyaga bog'liq qis- midagi tayanch nuqtalar. Shu tarz tayyorgarlikdan so'ng 1 Гегель. Эстетика. В 4-х т. Т.З. - М.: Искусство, 1971. - С.548 - 550. 216 asarning asosiy tuguni - Qo‘chqorning Alomatga uylanish qarori o'rtaga tushadi. Ikkinchi sahnadan voqealar rivoji kuzatiladi: nikoh o'qilishi - qo‘shni Saltanat bilan janjal; uchinchi sahnada - Qo‘chqorni ishdan kutib olish - Kechki ovqat - Qo'ch- qor bilan Olimjon suhbati; to‘rtinchi sahnada - Qo'chqor bilan Alomat suhbati. Ushbu suhbat mavzusi rivojlanib boradi-da, sahnaning oxiri - gipnoz qilingan Qo'chqorning yig‘lashida asosiy konflikt g‘oyat kuchaygan tarzda namo yon bo'ladiki, bu - kulminatsiya. Beshinchi sahna esa to‘laligicha yechim: Qumrining qaytib kelishi - Alomatning zo‘riqishdan kuyib ketishi. Ko'rib turganimizdek, «Temir xotin»ning kompozitsiyasi o‘sha Gegel tilga olgan ingliz, fransuz va nemislarning besh aktli dramalaridagi kabi. Albatta, yuqoridagi kabi yirik kompozitsion bo'laklarni ajratib tavsiflash bilanoq asar qurilishi haqida, uni tash kil etuvchi unsurlarning o‘zaro aloqa va munosabatlari haqida to‘liq tasavvur hosil bo'lmaydi. Zero, avvalo, o'sha sanalgan bo'laklar ham «qurilgan», bas, ularni tashkil qi- luvchi unsurlar o'zaro muayyan munosabatda, aloqada. Deyiik, yuqorida voqealarning personajlar xatti-harakat- lari va replikalari birikuvidan yuzaga kelishi aytildi. Shu- naqa ekan, o'sha birliklarning o'zaro aloqa-munosabat- lari ham kompozitsiya masalasidir. Dialoglarning o'zi ham muayyan tartibda quriladi. Masalan, Olimjon bilan Qo'chqor dialoglarida kontrastlilik - olimona xayolot par- vozi bilan jaydari mantiq ziddiyati ustuvorligi, to'rtinchi sahnada Alomatning haq gaplariga qarshi Qo'chqorning o'ta ojiz, hatto uning o'zi ham ishonmaydigan e’tirozlari qarshi qo'yilgani. Darvoqe, shu sahnada Qo'chqorning e’tirozlari susaygani sari Alomatning replikalarida «fosh etish» ruhi muttasil kuchaytirib borilgan dialog qurilishiga ham alohida e’tibor kerak. Shuningdek, qatnashuvchilar ro'yxati orqali personajlar tizimining eskizi berilgan bo'lsa, endi ularning o'zaro munosabatlarini o'rganish, masalan, 217 Qumri bilan Alomat yonma-yon qo'yilgani asar g'oyasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dramatik vazi- yatning fragmentlari orasidagi aloqa-munosabatlar ham shunday muhim. Masalan, gipnoz sahnasi bilan «Yana o'ynaylik...» qo‘shig‘ining almashinishi yoki xuddi shu qo'shiqning yakunda umuman asarda tasvirlangan holat- ga zidlanishi natijasida o'quvchi ko‘z oldida mavjud holat mohiyati to‘la namoyon etiladi, ya’ni zidlash asosida frag ment badiiy hukmni ifodalovchi ramziy obrazga aylanadi. Xullas, har qanday asar kabi, dramatik asarning ba diiy barkamolligi ham uning qay darajada oqilona, ya’ni badiiy niyat ijrosi uchun eng optimal tarzda qurilgani bilan bogliqdir. Shu bois ham u yoki bu dramatik asarning este- tik qimmatini belgilash, badiiy jozibasini yorqin his etish-u mazmun-mohiyatini anglashda uning qanday qurilganini bilish g‘oyat muhim. Biroq adabiyotshunoslikda dramani o'rganishga e’tiborning biroz sustligi, o‘quvchi ommaning dramatik asarlar mutolaasiga kamroq qiziqishi, ta’lim tizimi- da ularni o‘qitishga juda kam vaqt ajratilganidan bo‘lsa kerak, bu masalada oqsash borligini ham ta’kidlash lozim. Holbuki, drama adabiyotning teng huquqli vakili, demak, uni chuqur o‘rganish adabiyotshunoslik zimmasidagi vazi- fadir. Shunaqa ekan, bo‘lg‘usi filolog-mutaxassislar buni hamisha yodda tutishlari, o‘zbek va jahon dramaturgiyasi- ning eng sara namunalarini qunt bilan o‘qib, ularga badiiy barkamollik baxsh etgan omillar, jumladan, kompozitsion qurilishini chuqur o‘rganishIari lozim bo‘ladi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling