Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

«.Kampir yumulub borg'on ko'zlarini birdan ochdh yaqin 
bir yerdan hasratlik, ko'ngul buzaturg'on bir yig'i tovushi 
eshitilar edi».
Gapning kursiv bilan berilgan qismi roviy nigohi bilan, 
qolgan qismi esa personaj nigohi bilan bog'liq. Gapning 
mazkur tartibdagi qurilishi hikoyadagi «nuqtayi nazar po- 
etikasi»ning mo'jaz maketi bo'la oladiki, buni quyidagi 
parchada yaqqol ko'rish mumkin:
«Yana diqqat bilanrak tingladi: bu yig'i kelinchakning 
uyidan eshitilgan kabi bo'lar edi.
Yuragi o ‘ynadi. Darrov darch an i ochib и havliga kirdi, 
oyog'ining uchi bilan bosib kelib, sekingina kelinining uyiga 
yaqimashdi.
Yig'i uydan eshitilar edi.
Yana quloq berdi.
Tovush kelinining tovushi edi».
Hikoyada qo'shimcha nigoh paydo bo'lgani yo'q, faqat 
mavjud nigoh ikkiga ajraldi, xolos. Har ikki nigohning vazi­
fasi konkret belgilangan: personaj nigohi borliqdagi o'zga- 
rishlarga, roviy nigohi esa personajga qaratiladi. Ya’ni 
o'quvchi borliqdagi o'zgarishlarni personaj nigohi, perso- 
najdagi o'zgarishlarni roviy nigohi orqali kuzatadi. O'qish 
jarayonida ikkala nigoh bir fokusga - o'quvchi nigohiga 
jamlanadi, o'quvchining hikoya ruhiga kirishi osonlashib, 
asarning estetik ta’sir kuchi ortadi.
Ba’zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo'l bilan 
badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan 
foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o'quv- 
chida «asar voqealari o'ylab chiqilgan emas, haqiqatda
195


yuz bergan» degan tasavvurni uyg‘otadi. Masalan, A.Qo- 
diriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni 
go‘yo bobosidan eshitgandek, endi esa ularni o'quvchiga 
qayta so‘zlab berayotgandek bo'ladi. Shunga o'xshash, 
epik asarlarda voqealar ba’zan tasodifan yozuvchi qo‘li- 
ga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo‘l- 
yozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki 
o‘zi tasodifan shohidi bo‘lib qolgan voqea va b. tarzida be- 
rilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo'llanili- 
shi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim degan fikrga 
bormaslik kerak. Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasr- 
chilikda nisbatan к а т qo‘llanadi, aksariyat epik asarlarda 
«obyektiv tasvir» yo'lidan boriladi, ya’ni yozuvchi xolis ku- 
zatuvchi mavqeyida turadi va o'zining bosh vazifasi deb 
o‘z-o‘zicha sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirlab berishni 
tushunadi.
Shu choqqacha kompozitsiya haqida aytganlarimiz 
asar qismlarining o‘zaro aloqalari, ularning butunlikka 
birikish yo'llari haqida bo ldi. Bu esa mohiyatan struktura 
tushunchasiga yaqin keladiki, shu yaqinlik sababli ba’zan 
«kompozitsiya» va «struktura» istilohlarining sinonim sifa­
tida qo'llanishiga duch kelamiz. Holbuki, asarning qurilishi 
faqat uni tashkil qilayotgan ichki unsurlarning muayyan 
maqsadga muvofiq joylashtirilishi-yu o‘zaro aloqalaridan- 
gina iborat emas - uning bir jism o‘laroq yaxlit holdagi 
ko‘rinishi ham bor. Shu bois adabiyotshunoslikda ba’zan 
«tashqi kompozitsiya» istilohi qo‘llanadiki, bundan asar 
qurilishi ham ikki aspektli ekanini anglash qiyin emas. 
Tashqi kompozitsiya tushunchasi ayrim hollarda arxitek- 
tonika istilohi bilan ham ifodalanadi.1 Xullas, bu o‘rinda 
gap adabiy asarning tashqi qurilishi, uning qism, bob, 
fasl, band, parda va ko‘rinishlarga bo'linishi, sarlavha, 
epigraf, so‘zboshi va so‘ngso‘z, izoh kabilar bilan ta’min-
1 Федотов О.И. Основы теории литературы. В 2 ч. 4.1. - М.: Владос, 2003.
- С.253.
196


lanishi haqida bormoqda. Ya’ni asosan matn uzvlari haqi­
da. Shu bois arxitektonikani ba’zi mutaxassislar matnning 
tashqi kompozitsiyasi deb ham ta’riflaydilar.1 Shuningdek, 
yuqorida sanalgan uzvlarning ko‘pi adabiyotshunoslikka 
oid manbalarda «matn ramkasi komponentlari» deb ham 
yuritiladi. Bunda ayni unsurlar (sarlavha, epigraf, so'zboshi 
va b.)ning asar matnini chegaralashi - «ramka»ga olishi 
nazarda tutiladi. Yana bir jihati, ushbu unsurlar asosiy 
matndan tashqaridagi hodisa bo'lgani holda, go‘yo unga 
yondosh boradi-da, mazmunini chuqurlashtirishga xizmat 
qiiadi. Shu jihatni e’tiborga olib ba’zi manbalarda ular 
«yondosh matn» atamasi ostida birlashtiriladi.
Xullas, qanday nomlanishidan qat’i nazar, yuqoridagi 
hollarning hammasida, birinchidan, gap asar (matn)ning 
tashqi qurilishi haqida boradi, ikkinchidan, «tashqi kom- 
pozitsiya» asarning badiiyat hodisasiga aylanishida g'oyat 
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, « 0 ‘tkan kunlar»da- 
gi boblarning nomlanishini eslang: «Xon qiziga loyiq bir 
yigit», «Marg'ilon havosi yoqmadi», «Kutilmagan baxt», 
«Xayrixoh qotil», «Esini kirgizdi»... Har bir sarlavhada 
bobning g'oyaviy-tematik mag'zi, syujet harakati, mu­
allif baho-munosabati lo'nda va aniq aks etadi, sarlavha 
asosiy nuqtani urg'ulab ma’lum ma’noda asarning qabul 
qilinishini boshqaradi. Aytaylik, «Bir g'aribi bechora» deb 
nomlangan bobda Musulmonqulning Homid uyushtirgan 
ig'vo xati bilan tanishish jarayoni tasvirlangan. Muallif 
sarlavhani ig'vo xatning o'zidan olgan: xatga «bir g'ari- 
bi bechora» deb imzo qo‘yilgan, biroq o'quvchi bundan 
bexabar. O'qish asnosi xat muallifini tanib olgan o'quvchi 
«shayton ustasi» Homidning tubanligi-yu bunday qabih 
kimsalar qarshisida gohi haqiqat ham ojiz qolishi mumkin- 
ligidan lol qotadi, chunki bu o'rinda imzo kutilmaganlik ef- 
fektini hosil qiladi, shu asosda «bir g'aribi bechora» degani
1 Николина H.A. Филологический анализ текста. - М.: ACADEMIA, 2003. 
- С.45.
197


muallifning alamli, zaharli kinoyasi ekani ham anglanadi. 
Ikkinchi tomondan, «bir g'aribi bechora» - go'yo xonlik 
dushmanlarini fosh etgani uchun jabr ko'rgan mazlum- 
ning yozganlari Musulmonqulni junbishga keltirishi tabiiy­
ki, sarlavha shuni ta’kidlashga ham xizmat qiladi. Ya’ni bu 
vaziyatda Musulmonqul zolimligi uchungina emas, balki 
zimmasidagi saltanat tinchligiga mas’ullik sababli - o'zi 
egallab turgan mansab nuqtayi nazaridan ayni shunday 
harakat qilmog'i kerak edi. Anglashiladiki, o'zi tasvirlayot­
gan voqelik mohiyatiga xolis nigoh tashlayotgan adib 
o'quvchisini ham shunga undaydi va bunda kompozitsion 
vosita - sarlavhaning o'ziga yarasha o'rni bor. Da’vatni 
fahmiay oigan o'quvchi keyingi - «Musulmonqul» bobida 
mingboshiga imkon qadar xolis qarashga intiladi, albatta. 
Biroq, baribir, Musulmonqulga Otabek nigohi bilan qarash 
ehtimoli baland. Otabek esa, yodingizdadir, «bu cho'ltog' 
supurgini tanidi va uning istehzolarini payqadi. U bundan 
so'ngg'i ko'rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz 
bu savollarga javob berib o'lturishdan sukutni xayrlik top- 
di». Ko'ramizki, Otabek taqdirga tamom tan bergan, o'zini 
vahshiy changalida kabi his qiladi, sababi - Musulmonqul 
elda qonxo'r zolim o'laroq nom qozongan. Demak, holat 
qahramon nigohi orqaligina ko'rilsa, mohiyatdan chetla- 
shish ehtimoli chindan-da mavjud ekan. Shuni o'ylab, 
yana bir kompozitsion vosita yordamida bu ehtimol bir 
qadar so'ndiriladiki, endi shuni ko'rib o'tamiz. Otabekning 
sukutidan g'azabi olovlangan Musulmonqul dag'dag'asi- 
ga javoban o'limini bo'yniga oigan mahkumning mardona 
so'zlari yangraydi:
«...Siz meni qanday tanig'an bo'lsangiz bo'lingiz, men 
o'shandog' kishining o'g'li, - dedi bek. - Men bilan otam 
siz bilan qushbegiga bir necha turlik bo'lib tanilsaq-da, o'z 
vijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! Shuning uchun siz 
tilagan tarafingizga hukm qilingiz-da, buyrug'ingizni bera- 
veringiz!
198


Musulmonqulning yuzidagi boyag'i achchig'laryerini bir 
zavqlanish vaziyati oldi. Kulimsirash ichida Otabekni ku- 
zatar ekan:
-
Dav yuraging bor ekan, yigit... Hayfki, gunohing bo'y- 
ningda, - dedi va chaqirdi. - Jallod!»
Diqqat qiling, jon dushmani deb bilgan kishining o'zini 
mardona tutishidan zavqlana olish - Musulmonqul por- 
tretiga tortilgan bittagina nurli chiziq, shuning bilan ziyrak 
o'quvchi sevimli qahramoni qarshisida turgan ham katta 
shaxsiyat ekanini his qiladi. Ayni hisni hali durustroq idrok 
etmasidanoq havola bo'yicha satrosti izohiga diqqat qiladi 
va o'qiydi:
«Musulmonqulning o‘zi ham favqulodda yuraklik edi. 
1853 m. tarixda Musulmonqul qo‘qonliklarg‘a asir tushib, 
uni to'pdan otib o‘ldirish uchun dordek bir narsaning usti- 
ga o'tquzalar. Ikkinchi tomondan to‘pqa o‘t berish kutiladir. 
Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan so'raydilar: «Endi 
qalaysan, cho'loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: 
«Alhamdulillah, hali ham sizlardan yuqori bir yerda o'ltu- 
ribman!»
Izoh bilan tanishgan o'quvchi Musulmonquldagi zavq- 
lanishning asl manshaini anglaydi: o'zganing dovyurak 
ekanligini tan olmoq uchun, avvalo, kishining o'zi mard 
bo'lmog'i kerak. Shu nuqtadan boshlab u Musulmonqulga 
biroz boshqacharoq nigoh tashlasa, unga bir inson o'la­
roq qarab, tushunishga harakat qilsa ham ehtimol. Demak, 
satrosti izohi ham muhim badiiy-estetik funksiya bajara 
olar ekanki, bu misol kompozitsion jihatdan yaxshi tash- 
killangan asarda bironta ham ortiqcha narsa bo'lmaydi de­
gan qarashni yana bir bor tasdiqlaydi.
Asarning qism (bob)larga ajratilishi ham shunchaki 
emas, aksincha, ko'p hollarda kompozitsion tafakkurning 
muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Zero, qismlarga ajratish 
badiiy niyat ijrosi, muayyan mazmunni ifodalash maqsadi- 
ni ko'zda tutgan holda amalga oshiriladi. Masalan, «Qor
199


qo'ynida lola» hikoyasini Cho'lpon, Fitrat aytmoqchi, «to‘rt 
qismga, to'rt ko'rinishga bo'lgan: to'b o'yuni, shayx, to'y, 
odamlarning bu to'y to'g'risida fikrlari».1 Yosh qizchalarning 
to'p o'yinlari tasvirlangan birinchi qism sovchilar kelgani 
xabari va Sharofatxonning «qip-qizarib, turgan yerida qo- 
tib qolg'an»i bilan yakunlanadi. Hikoya Sharofatxon haqida 
bo'lgani holda, qizning o'zi keyin ham shu «qotib qolg'an» 
ko'yi qolaveradi - asar davomida harakatda ko'rinmaydi. 
Bu bilan Sharofatxonlar taqdiri o'zlarining ishtirokisiz hal 
qilinishi, ular bir buyum misoli haq-huquqsiz ekani ifoda 
etiladi. Ya’ni hikoyaning ayni shu tarzdagi qurilishi, muallif 
qo'llagan kompozitsion usul mazkur fikrni ifodalash vosita- 
si bo'lib xizmat qiladi.
Cho'lponning kompozitsion tafakkur imkonlaridan foy- 
dalanishdagi mahorati uchinchi va to'rtinchi qismlarning 
o'zaro zidlanishida yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Uchinchi 
qismda hayotning yozilmagan qonunlariga xilof ish bo'layot- 
gani - endigina o'n besh yoshga chiqqan qiz munkillab 
qolgan keksa eshonga berilayotganini ko'ra-bila turib ma- 
halla ahli hech narsa bo'lmagan kabi to'yda yayrayveradi, 
o'yin-kulgi qilaveradi. To'rtinchi qismda xuddi shu mahal- 
la vakillari tomonidan sodir bo'lgan ish muhokama qilina- 
di: birisi Sharofatxonga achinishini aytsa, ikkinchisi guldek 
qizini qurbon qilgan Samandar akani so'kadi, uchinchisi 
dunyoning nosozligidan noliydi. Holbuki, xuddi shu odam- 
lar kechagina to'yda yayrab o'ynagan, «alangasi osmong'a 
chiqqan o'tning tegrasiga to'planib tovushlarining boricha 
«yor-yor»ni cho'zg'an», kelin tushirishda: «Ko'taring-a, ku- 
yov pochcha, ko'taring-a!» - deya qiyqirganlar. Zidlash oqi- 
batida «bu xalq tomosha-yu nari borsa muhokamaga qodir, 
xolos, nomaqbul ishni to'xtatish, unga qarshi turishga ojiz» 
degan taassuf kelib chiqadiki, bu kompozitsion tafakkur 
mahsulidir. Zero, bu fikr aytilgan emas, ikkita kompozitsion
1 Фитрат. Адабиёт коидалари // Фитрат А. Танланган асарлар. IV жилд. -
Тошкент: Маънавият, 2006. - Б. 16.
200


bo‘lak zidlash munosabatida joylashtirilgan, xolos: shuning 
o'zidan tabiiy ravishda yuqoridagicha fikr o‘sib chiqadi.
Xulosa qilsak, kompozitsiya badiiy ijod jarayonining pi- 
rovard natijasi - asarning badiiy niyatga muvofiq tashkil- 
lanishi, uning qismlari va unsurlarini ijodkor ko'zda tutgan 
mazmunni yorqin ifodalash va o'quvchi tomonidan aynan 
shunday tushuniiishini ta’minlaydigan tarzda butunlikka 
biriktirish demakdir. Asarning qanday qurilgani, qismlari 
orasidagi munosabatlarni yaxshi tasavvur qila olish esa 
uni tushunish, tahlii qilish va baholash asosi, demak, mala- 
kali filolog-mutaxassis bo'lib yetishishning ham muhim 
shartidir.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling