Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ramon), personaj (yoki qahramon), ikkinchi darajali perso-
nay'lar va epizodikpersonajlar tarzida bir-biridan farqlanadi. Bu jihatdan, masalan, «O'tkan kunlar»da Otabek - bosh personaj, Kumush, Yusufbek hoji, Homid va Zaynablar - personaj, Qutidor, 0 ‘zbek oyim, Hasanali va Usta Alim - ikkinchi darajali personajlar, qolganlari esa epizodik per sonajlar sifatida tasniflanishi mumkin. Albatta, bu tarzda tasniflash barcha epik asarlar uchun universal bo'lolmay- di, bas, hikoya yoki qissa personajlarini xuddi shu yo'sin to'rt pog'onali tabaqalashga urinish o'rinsiz. Hatto bittagina epizod qalamga olingan hikoya personajlarining maqomi bir xil - tabaqalashtirishning umuman imkoni yo'q (mas., Cho'lpon «Taraqqiy»; S.Ahmad «Qoplon»). 186 Katta epik asarlar personajlar sistemasining element- lari, odatda, mikrosistema (komponent)larga birlashadi. Markazida personajlardan biri turuvchi bu mikrosistemalar badiiy voqelikning to'laqonli bo'lishini ta’minlash, syujetni rivojlantirish, muayyan mazmunni shakllantirish va ifoda lash kabi maqsadlarga xizmat qiladi. Masalan, «O'tkan kunlar»dagi Homid mikrosistemasi Mutal, Sodiq va Jan- natni o'z ichiga olib, syujetni harakatlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoki Homidning tarafkashi bo'lmish qo'rboshi bilan Otabek vositasida roman voqeligiga olib kirilgan O'tabboy qushbegi, Musulmonqul va Xudoyorxon yana bitta mikrosistemani tashkil qiladi. Ushbu mikrosiste ma markazida dastlab Musulmonqul turadi va u Yusuf- bek hoji, Azizbek va unga sodiqlik ontini ichgan «shahar xalqi»dan tarkiblanuvchi mikrosistema bilan ziddiyat hosil qiladi. Ayni ziddiyat ijtimoiy-tarixiy syujet chizig'l voqeala- rini harakatlantiradiki, oqibatda markaziga Xudoyorxon chiqqan birinchi mikrosistema ikkinchisini barbod etib, uning o'rniga chiqqan yangi mikrosistema - qipchoqqa qarshi til biriktirgan Toshkent a’yonlarini o'ziga singdirib yuboradi. Ya’ni qipchoq qirg'ini shuning natijasidir. Ko'rinadiki, mikrosistemadagi holat barqaror emas, muttasil o'zgarib turadi: uning elementlari orasidagi o'zaro munosabat ham, biron-bir elementining boshqa mikrosiste malar bilan munosabati ham o'zgarishga sabab bo'lavera- di. Mikrosistemada muayyan vaqt davomida saqlanuv- chi holat mohiyatan dramatik asardagi ko'rinish kabidir. Ma’lumki, ko'rinish sahna epizodida ayni paytda mavjud ishtirokchilar tarkibi bilan belgilanadi, ya’ni personajlardan birining sahnadan ketishi yo boshqasining qo'shilishi bilan yangi ko'rinish boshlanadi. Dramatik asarda syujet haraka- ti epizodlar almashishida namoyon bo'lganidek, katta epik asarlarda voqealar rivoji va yechimga intilishi mikrosiste- malardagi o'zgarishlarda ko'zga tashlanadi. Shu jihatdan 187 qaralsa, mikrosistemaning syujet situatsiyasi tushunchasi bilan uzviy bog'liqligi ayon bo'ladi. Tizimdagi personajlar orasida turli-tuman munosabat- lar mavjud. Deylik, ayrim personajlar bajarayotgan vazifa badiiy detal darajasida. Masalan, bir qarashda To'ybeka obrazi o'quvchining qutidor xonadoni, undagi turmush tar- zini jonli tasavvur qilishiga, do'kondor Ali esa Otabekning sevgilisi hijronida o'tkazgan kunlari haqidagi tasavvurni to'ldirishga xizmat qiladi, xolos. Ya’ni ikkala holda ham per sonajlar zimmasidagi vazifani boshqa biron-bir detal ham muvaffaqiyat bilan bajaraverishi mumkindek. Ayni chog'da, kundalik turmush manzarasida birchizgi bo'lish («to'ldiruv- chiiik») bilan birga ularning birinchisi Kumush, ikkinchisi esa Otabek ruhiy holatini anglatishga ham xizmat qiladi. Yoki syujet nuqtayi nazaridan qaralsa, Xushro'y Zaynab- ning «ko'zini ochadi» va bu bilan syujet voqealarining ma’lum yo‘nalishda rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Biroq kompozitsiya nuqtayi nazaridan qaralsa, uning bundan-da muhim funksiyalari borligi ko'riladi. Personajlar tizimida Xushro'yning Zaynabga zidlangani (kontrast), Kumush bi lan esa yonma-yon qo'yilgani (sopostavleniye) ularni kom pozitsion tafakkur unsuriga, muallifning qarashi, bahosini ifodalash vositasiga aylantiradi. Zero, ayni munosabatlar- ning birinchisi «Zaynab tabiatan emas, sharoit taqozosi bilan qotila», ikkinchisi esa «Toshkentga kelgan Kumush- ning xatti-harakatlari mohiyatan Xushro'yniki kabi» degan fikrga boshlaydi. Shunga o'xshash, syujet rivojida muhim o'rin tutuvchi usta Alim kompozitsion nuqtayi nazardan Otabek bilan yonma-yon qo'yilgan: bu ikki personajni qi- yosiash orqali adib o'z zamonida g'oyat o'tkir muammo - «yangicha» va «eskicha» fikrlovchi odamlar haqida, ulardan qay biri haq ekani haqida mushohada yuritadi, bu masala yuzasidan o'z qarashini ifodalaydi.1 1 Qarang: К,уронов Д. Душманни танитган д у с т// Мутолаа ва идрок мачлупа- ри.- Т.: Академнашр, 2013,- Б.3-9 188 Ayon bo‘lyaptiki, u yoki bu personajning asar (sistema) dagi joyiashuvi, maqomi, boshqa personajlar bilan muno- sabatlari unga yuklanayotgan badiiy-estetik funksiyalar bilan, yana ham aniqrog'i, yozuvchining g'oyaviy-badiiy niyati, ifodalash ko‘zda tutilgan mazmun bilan bevosi ta bog‘liq ekan. Demak, asar personajlar sistemasida u yoki bu personaj tabiiy ravishda, ya’ni hikoya qilinayot- gan voqealarda ishtirok etayotgani uchungina o‘z-o‘zidan o'rinlashib qolavermaydi. Aksincha, personajlar sistemasi muayyan reja (badiiy niyat)ga muvofiq ravishda «quriladi», shuning uchun ham u epik asar kompozitsiyasining muhim komponentiga aylanadi. Ma’lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealar ma- kon va zamonda kechadi, shunga ko'ra, adabiyotshunos- likda «badiiy vaqt» tushunchasi keng qo'llanadi. Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish vaqti bilan ularni hikoya qilish vaqtini farqlash kerak. Asardagi voqealarning yuz berish vaqtini «syujet vaqti», ularning hikoya qilinish vaqtini esa «kompozitsiya vaqti» deb olinsa, u holda bu ikkisining har vaqt ham bir-biriga mos kelmasligini ko'rish qiyin emas. Chunki asar ustida ishlayotgan yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish yo'lida «badiiy vaqt» imkoniyatlaridan turli yo'sinlarda foydalani- shi mumkin. Deylik, u zaruro'rinda asar vaqtidan chekinib, o'tmishda yuz bergan voqealarni tasvirlashi («retrospektiv vaqt») mumkin. Avvalgi bobda « 0 ‘tkan kunlar» misolida voqeaning haqiqatda yuz berish tartibini syujetda o'zgar- tirib berishning estetik samarasini ko'rib o'tdik. Retrospek- siya deb ataluvchi bu usulning mohiyati shuki, unda yozuv chi syujet voqealarini, ya’ni faqat oldinga oquvchi vaqtni go'yo to'xtatib qo'yadi-da, o'tmishda bo'lib o'tgan voqeani tasvirlashga o'tadi. Agar A.Qodiriy mazkur usulni roman- ning bittagina o'rnida qo'llagan bo'lsa, ba’zi asarlar borki, ularning syujet qurilishida retrospeksiya yetakchi mavqe egallab, asarning badiiy vaqtidagi va o'tmishdagi voqealar 189 navbatma-navbat berib boriladi. Garchi syujetning alohida turi sifatida tasnif etilmasa-da, ayrim adabiyotlarda u syujet kompozitsiyasi nuqtayi nazaridan retrospektiv syujet deb farqlanadi. Odatda, bunday syujet qahramonning o'tmish- da yuz bergan voqealarni, ba’zan hatto butun umrini tahli- liy nazardan o'tkazishi asosiga quriladi. Ch.Aytmatov avval «Alvido, Gulsari» qissasida, keyinroq esa mashhur «Asrni qaritgan kun» romanida retrospektiv syujetning badiiy im- koniyatlaridan yuksak mahorat bilan foydalangan. 0 ‘zbek adabiyotida M.M.Do'stning «Galatepaga qaytish», X.Sul- tonning «Ajoyib kunlarning birida», E.A’zamning «Bayram- dan boshqa kunlar» qissalarida shu xil syujet qurilishiga duch kelamiz. Umuman olganda, syujet qurilishida vo- qealarning haqiqatda yuz berish tartibining o'zgartirilishi o'quvchi diqqat-e’tiborini voqeadan uning zamiridagi mo- hiyatga ko'chirishi bilan ahamiyatlidir. Shu bois ham adib- lar badiiy vaqt bilan bog'liq ijodiy tajribalarga tez-tez qo'l urishadi. Yozuvchi yuz berishi jihatidan bir paytga to'g'ri keladi- gan voqealarni navbati bilan tasvirlashi ham mumkinki, bu epik asarlarda «badiiy vaqt» imkoniyatlarining ancha kengligini ko'rsatadi. Avvalo shuki, «syujet vaqti» asarning asosiy syujet chizig'idagi voqelarning yuz berish vaqti bilan belgilanadi. Shu chiziqdagi voqea bilan bir paytda boshqa syujet chizig'ida kechayotgan voqea esa shartli ravishda «parallel vaqt»da deb hisoblanadi. Masalan, «Kecha» ro- manidagi Enaxonning shahariik o'rtoqlarini ziyofat qilish haqida onasi bilan tashvishli suhbati «syujet vaqti»da, Xa- dichaxon bilan Poshshaxon kundoshdan o'ch olmoq qas- dida mehmonlarni mingboshi xonadoniga chorlash haqida reja tuzishlari «parallel vaqt»da sodir bo'ladi. Yoki Zebining mingboshiga taslim bo'lishi bilan Sultonxonning Hakimjon hujrasiga yo'l olishi ham xuddi shunday - bir vaqtda ke- chadi. 190 Asar syujetidagi voqealar o'quvchi tasavvurida uz- luksizlik illyuziyasini hosil qilgani (shu bois ham biz syu jet voqealari haqida gapirganda «keyin bunday bo'ladi» deymiz, «shuncha vaqtdan keyin bunday bo'ladi» demay- miz) bilan, haqiqatda ularning orasida katta vaqt bo'shlig'i mavjudligi aqlga tayin. Zero, real vaqtga xos uzluksizlikni berish uchun shu vaqt davomidagi voqealarning hammasi qalamga olinishi lozim bo'lur ediki, bu, albatta, imkondan tashqarida. Shunga ko'ra, diskretlilik (ya’ni uzluksiz emas- lik) badiiy vaqtning muhim xususiyati sanaladiki, buni shar- tlilik asosida qabul qilamiz. Mazkur shartlilik umume’tirof etilgani uchun ham syujetga voqealar saylab olinaveradi - oradagi vaqt bo'shlig'i tabiiydek taassurot qoldiraveradi, uni to'ldirishni talab qilish hech kimning xayoliga kelmay- di ham. Mabodo ayni xususiyat bo'lmaganida, masalan, S.Ayniyning «Qullar» romanida bir asrdan ziyod, «Meh- robdan chayon»da esa atigi olti oyga yaqin vaqt davo- mida Kechgan voqealar qalamga olingani holda ularning hajm (yoki hikoya qilinish vaqti) jihatidan uncha katta (ya’ni ularda tasvirlangan vaqtga mos ravishda) farq qilmasligi aslo mumkin emas edi. Holbuki, xronikali syujetga quril- gan «Qullar»da tasvirlangan voqealar yuz berish vaqtining uzunligi diskretlilik hisobiga zichlangan, konsentrik syujet asosidagi «Mehrobdan chayon»da esa retrospektiv va parallel vaqtlar hisobiga kengaygan, ikkala roman kom- pozitsiya vaqtining taqriban tengligi shu bilan izohlanadi. Demak, badiiy vaqt - shartli tushuncha, bu shartlilik syujet vaqtini kompozitsiya vaqti doirasiga sig'dirish talabi bilan yuzaga keladi. Rivoya kompozitsiyasi haqida so'z borganda eng avval roviy, ya’ni hikoya qilib beruvchining kim ekanligi masala- si o'rtaga chiqadi. An’anaviy tarzda rivoyaning uchinchi Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling