Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI 
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
Dilnavoz Yusupova 
 
 
 
 
ADABIYOT 
 
 
 
 
Universal qo‘llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2013 



Uqtirish xati 
 
Adabiyot inson qalbini poklaydigan, komillikka yetaklaydigan, so‗z bilan hayratga 
soluvchi mo‗jiza bo‗lib, u bilan qiziqish faqat va faqat ijobiy hodisadir. Adabiyotni 
ma‘naviyat va ma‘rifat bo‗stoni deb ta‘riflashimiz mumkin.
Har bir millatning, xalqning o‗z adabiyoti mavjud. Adabiyotning boy va 
ko‗lamdorligi o‗sha xalqning ma‘naviy dunyosi qanchalik boy ekanligini bildiradi. O‗zbek 
adabiyoti musulmon Sharqi adabiyotining bir qismi sifatida shakllangan bo‗lib, ming 
yillar davomida yaratilgan ijodiy xazina kelajak avlod kamolotida muhim o‗rin tutadi.
Mazkur qo‗llanma oliy o‗quv yurtiga kiruvchilar, maktab, akademik-litsey va kollej 
o‗quvchilari hamda barcha adabiyot muhiblari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, 
adabiyotshunoslik nazariyasi, o‗zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti, qisman jahon 
adabiyoti bilan bog‗liq muhim ma‘lumotlarni qamrab olgan.
Qo‗llanma ikki yirik qismdan iborat: adabiyotga doir barcha ma‘lumotlar matni 
hamda ushbu qismni o‗zida jadval va chizmalarda aks ettiruvchi qism.
Birinchi qismda adabiyotshunoslik bilan bog‗iq tushunchalar, adabiy turlar, janrlar, 
maxsus atama va istilohlar ta‘riflari; shoir va yozuvchilarning hayotiga doir muhim 
ma‘lumotlar, ijodiy faoliyati, yaratgan asarlarining qisqacha mazmuni yoritilgan. Ikkinchi 
qismda esa mazkur ma‘lumotlar alohida tarzda ishlab chiqilgan jadval va chizmalarda aks 
etgan. Bu muayyan maqsadlarni nazarda tutadi.
Ta‘kidlash joizki, matn ichidan kerakli ma‘lumotni izlab topish foydalanuvchidan 
ancha vaqt va mehnatni talab qiladi. Asosan abituriyentlarga mo‗ljallangan ushbu 
qo‗llanmada mazkur holat hisobga olinib, foydalanuvchilar qisqa vaqt ichida ko‗proq 
ma‘lumotga ega bo‘lishlari va muhim nuqtalarni yaxshi o‗zlashtirishlari uchun birinchi 
qismda keltirilgan asosiy ma‘lumotlar aniq va lo‗nda tarzda tartib berilgan jadval va 
chizmalarda aks ettirildi. O‗quvchining biror dalilni qayta eslashi uchun kitobni yana 
varaqlashiga ehtiyoj qolmaydi: istalgan zaruriy ma‘lumotni jadval va chizmalardan topish 
mumkin. 
Shuningdek, maktab, akademik litseylar va kollejlardagi ta‘lim jarayonida 
tarqatmalardan, slaydlardan unumli foydalanish o‗zlashtirish samaradorligini oshiradi. 



Yangi mavzuni bayon etishda o‗qituvchi keltirayotgan ma‘lumotlar, tushuncha va 
atamalarni o‗quvchi o‘z qo‗lidagi tarqatma asosida yana ham mustahkamroq o‗zlashtirish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi. Demak, mazkur qo‗llanmaning jadval va chizma qismidan 
pedagoglarimiz tarqatma material sifatida ham foydalanishlari mumkin, deb o‗ylaymiz. 
Qo‗llanma uchun tayanch manba sifatida maktab, akademik litsey va kollej 
darsliklaridagi ma‘lumotlar asos qilib olindi, shu ma‘noda mazkur ishga mualliflik ishidan 
ko‗ra tasniflash nuqtayi nazaridan yondashish to‗g‗riroqdir. Bundan tashqari, mavzuni 
chuqurroq yoritish uchun qo‗shimcha adabiyotlarga ham murojaat qilindi. Qo‗llanmani 
shakllantirishda foydalanilgan ushbu darslik-majmualar, ilmiy adabiyotlar ro‗yxati ham 
ilova qilindiki, foydalanuvchi ular yordamida bilimlarini yana ham kengaytirish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Umuman olganda, qo‗llanma adabiyot va adabiyotshunoslikka doir eng muhim 
ma‘lumotlarni bera oladi deb umid qilamiz. Qo‗llanma bilan bog‗liq mulohazalaringizni 
quyida ko‗rsatilgan elektron pochta manziliga yo‗llashingiz mumkin, bu bizni mamnun 
qiladi. Bildirilgan mulohazalarni inobatga olib, keyingi nashrlarda kerakli o‗rinlarni 
to‗ldirib borish nazarda tutilgan.
Elektron pochta manzili: fayziy@inbox. ru  

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling