Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Maqol »
- Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon bo‘lmas »
Dramatik tur – og‗zaki drama, qo‗g‗irchoq o‗yin, askiya, xalq teatrlari
va shu kabilar. Maxsus tur – maqol, matal, topishmoq kabilar. 2.1. Maqollar Maqol ibratli so‗zdir. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida Yapaloqqush va Boyo‗g‗lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‗lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. «Maqol» arabcha «so‘z» degan ma‘noni bildirib, «otalar so‘zi» ham deyiladi. Chunki maqol ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‗rgan-kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga kelgan, qadim-qadimlardan shu paytgacha eskirmagan, unutilmagan hikmatli so‗zlardir. Masalan, «Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon bo‘lmas» maqolida ona Vatan tinchligi bilan bog‗liq xulosa, hikmat mavjud. «O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha o‘z elingda cho‘pon bo‘l» maqolida esa musofirchilik bilan bog‗liq alamlar tajribasi bor. Maqolda xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe‘l-atvori, ruhiyati, butun borlig‗i aks etadi. Shunga ko‗ra, maqollar xilma-xil: do‗stlik, Vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat kabi o‗nlab mavzularda bo‗lishi mumkin. Maqollarda ko‗pincha so‗zlar ko‗chma ma‘noda ishlatiladi. Masalan, «Dehqon bo‗lsang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda» maqolidagi so‗zlar o‗z ma‘nosida qo‗llangan. Lekin «Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan», «Olma olmadan uzoq tushmaydi», «Qarg‗a qarg‗aning ko‗zini cho‗qimaydi» kabi ma‘no jihatidan bir-biriga juda yaqin bo‗lgan maqollarda so‗zlar o‗z asl ma‘nosida emas. Ularda gap, aslida, «qazi- qarta», «olma», «qarg‗a» haqida emas, odam va uning fe‘1-atvori haqida. Shuning uchun ular ko‗chma ma‘noda ishlatilmoqda deymiz. Maqolning asosiy shartlaridan biri unda hukm va xulosa beriladi. Maqollar shaklan quyidagicha: Maqollar nasriy shaklda, ichki qofiyaga ega bo‗lishi mumkin. Yuqoridagi ikki misoldagi «omon» – «somon», «sulton» – «cho‗pon» so‗zlari ohangdosh, ya‘ni qofiyadoshdir. 11 Maqol she’riy shaklda ham bo‗lishi mumkin. Masalan, birlik, ahillikni targ‗ib qiladigan quyidagi maqolni olaylik: Oltovlon ola bo‘lsa, Og‘zidagini oldirar. To‘rtovlon tugal bo‘lsa, Tepadagini endirar. Qadimda ajdodlarimiz «qo‗l»ni bir vaqtlar «al», «dunyo»ni «ochun», «kitob»ni «bitik» deb ataganlar. So‗zlar o‗zgargani kabi maqollar ham asta-sekinlik bilan o‗zgaradi. Ammo shakliy o‗zgarish mazmun-mohiyatni o‗zgartirmaydi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling