Dilshod Toshaliyev


Download 12.96 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi12.96 Kb.
#149028
Bog'liq
maqola va temur


Dilshod Toshaliyev

Maqom san’ati

(1-qism)

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo’lgan milliy maqom san’ati o’zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror uslubi va ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o’rin egallaydi.

Asrlar davomida ulug’ olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida balki dunyo miqyosida katta shuhrat e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo’lgan “Shashmaqom” YuNESKO” tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgani hamda Reprezentativ ro’yxatga kiritilgani buning yaqqol tasdig’idir.

Xo’sh? Mumtoz musiqamizni butun dunyo nomoddiy madaniy meros deb ta’riflayotgan bir paytda o’zimiz uni tushuna olayapmizmi? Maqom san’ati qanday vujudga kelgani, uning asl mohiyati, inson manaviyatini boyitishda maqomlarning o’rni qanchalik beqiyos ekanligini bilamizmi? Tan olish kerakki oramizda maqom atamasining hattoki lug’aviy ma’nosini ham bilmaydigan kishilar kopchilkni tashkil etadi.

Jamiyatimizdagi aynan shu kamchilikni bartaraf etish, xalqimiz manaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni yuksak insoniy tuyg’ular ruhida tarbiyalash, estetik did va tafakkurni shakllantirish maqsadida shaxsan prezidentimiz tashabbuslari bilan “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qilindi. Bu qaror milliy musiqamiz fidoiy insonlari va ihlosmandlari uchun orziqib kutilgan va o’ta quvonarli hol boldi. Mamlakatimiz rahbarining maqom san’atiga bo’lgan bunday e’tibori har bir maqom ijrochisi va nazariyotchisida ulkan shijoat uyg’otti.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz ham milliy maqom san’atimiz haqidagi fikringizni yanada boyitish uchun o’zimizning hissamizni qo’shish mqasadida maqomlar haqida qsiqacha ma’lumot berib o’tishni lozim deb topdik.



Maqom atamasi arabcha so’z bo’lib, “istiqomat o’rni”, “turar joy” ma’nolarida bildiradi. Musiqa istilohida esa maqom – musiqa cholg’ularida kuy hosil qiladigan tovushlarning joylashadigan o’rni ya’ni parda hisoblanadi.

Dastlabki maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo’lgani haqida ma’lumotlar hozircha yo’q. bu borada Sosoniylar hukmronligi davrida ya’ni Shoh Xusrav Parvez saroyida (590-568yillar) xizmat qilgan mashxur musiqachi Borbad (627 yil vafot etgan) ijodiy merosi xususan “7 xusravoniy” tizimi diqqatni jalb qiladi. Musiqashunos olimlar katta ehtimol bilan aynan shu tizim keyinchalik maqomlar shakllanishiga sababchi bo’lgan deb hisoblashadi.

Shuni aytish kerakki maqom tizimlari yuzaga kelishi uchun quyidagi besh omil zarur bo’ladi. Ular:


  1. Rivojlangan shahar madaniyati

  2. Aniq fanlarning rivojlanganligi

  3. Falsafiy tafakkurning badiiy ijodgan singishi

  4. Musiqa ilmi

  5. Kasbiy musiqa qatlami

Ana shu omillarning barchasi sharq musulmon olamida IX-X asrlarga kelib jamlandi. Aynan shu davrda aniq fanlar rivojlandi Abu Nasr Farobiuning buyuk xizmatlari o’laroq sharq musiqa ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyotiyangi bosqichga ko’tarildi, diniy-falsafiy qarashlar yoyila boshladi. Anashu omillar ta’siri o’laroq sharqning yirik shaxarlarida O’n ikki maqom tizimi yuzaga keldi.

O’n ikki maqomning tarixiy taraqqiyot yo’li, uning shakllanish jarayoni masalasi yuzasidan biror aniq fikr aytish qiyin. Chunki u davrlarda hozirgi tizimdagi nota yozuvi bo’lmaganligi bizni o’tmish musiqamizning jonli na’munalarini tasavvur etishga imkon bermaydi.

Maqom aniq parda, aniq musiqiy tovushni anglatibgina qolmay balki muayyan musiqiy tovushlar tizimini ham anglatadi. Musiqa tilida muayyan tovushlarning munosabat tizimi esa “lad” deb ataladi. Ladlar sharq musiqasida “jam’ “ deb yuritilgan. O’n ikki maqom tizimidagi maqomlarning ba’zilari jam’ lar nuqtai nazaridan bir-biriga o’xshash bo’lganligi sababli ikki nomdagi ayrim maqomlar bir nom ostida yahlitlangan. Bu hodisa tahminan XVIII asrning birinchi yarmida yuz berdi. Buning natijasida o’zaro bir-biriga birikkan o’n ikkita maqomdan olti maqom ya’ni “Shashmaqom” shakllandi.

Amir Temurni forslar oyog‘idagi nuqsoniga ishora bilan "Temurlang" deb atashgan.

Shu asno G‘arbda ham u "Tamberleyn", ya‘ni "Oqsoq Temur" nomi bilan tanilgan.

Shaksiz, ko‘plab o‘zbeklar nazarida bu ibora haqoratomo‘z yangraydi. Lekin, bugungi gap boshqa yoqda.

Qanday qilib jismoniy kuch-qudrat va mukammalik ko‘p narsani belgilagan 14-asrda Amir Temur o‘rtahol tabaqadan sohibqiron darajasiga ko‘tarilgan? "Temurlang - Islom qilichi, Dunyo sohibqironi" kitobi muallifi Jastin Marozzi ana shu savolga javob izlagan:

Kelib chiqishi Markaziy Osiyodan bo‘lgan biron kishidan: "Buyuk sohibqironlarni nomlang", deya so‘rasangiz, albatta, Chingizxonu, Iskandar Zulqarnaynlar qatorida Temurlangni ham tilga oladi.

Kelib chiqishi quyiroq tabaqadan, tomirida xonlar qoni bo‘lmagan Temurning shon-shuhrati ba‘zan Iskandarnikidan oshib tushadi.

Va Chingizxonnikidan farqli o‘laroq uning armiyasi oyog‘i Samarqanddan tortib Sibirgacha, Armanistondan Afg‘onistongacha yetardi. 1402 yilda u usmonli turk sultoni Boyazid I bilan ham to‘qnashgandi.

Temurning nafaqat kelib chiqishi bilan bog‘liq muammosi, balki jismoniy nuqsoni ham bor edi: uning bir oyog‘i oqsardi.

Qudratni qo‘lda ushlab turish uchun harbiy malaka muhim bo‘lgan o‘sha davrlarda jismoniy nuqs ham katta to‘siq bo‘lishi mumkin edi.

Tarixiy manbalar Temurning oqsashiga shubha qoldirmaydi. Biroq, jarohatni u qanday olgani borasidagi faktlar bir-biriga qarama-qarshi.

Ayrim manbalarda bu Temur o‘smirlik paytida olgan jarohati tufayli ekani aytiladi.

Boshqalarida esa, Amir Temur bu jarohatini 1363 yili Xurosonda Siston xoniga qarashli lashkarlar safida bo‘lgan payti olgan. Bu hozirgi Afg‘oniston janubi-g‘arbida joylashgan Dashti Margo hududidir.

Lekin,15 asrda yashab o‘tgan suriyalik tarixchi Ibn Arabshohning yozishicha, o‘z chorvasiga ko‘z tikayotgan Temurni ko‘rib qolgan bir cho‘pon uni kamonidan o‘q uzib yaralagan. Ammo, Ibn Arabshoh Temurga nisbatan o‘ta adovatli munosabatda bo‘lgan.

1404 yili Samarqandga safar qilgan Ispan elchi Klavixo esa, Temur Siston otliq askarlarga duch kelgan payti qanchalar ko‘p lashkaridan ayrilgani haqida yozadi.

"Ular Temurni ham otidan yiqitib, o‘ng oyog‘ini jarohatladilar. Shundan so‘ng, u bir umr oqsoq bo‘lib qoldi va Temurlang nomini oldi", deb yozadi Klavixo.

U, shuningdek, Temurning o‘ng qo‘lidan ham yaralangani, jimjilog‘i va undan keyingi barmog‘idan ham ayrilgani haqida aytadi.

Mixail Gerasimov boshchiligidagi sho‘ro tarixchilari Amir Temur qabrini ochib ko‘rishgandi

1941 yil Mixail Gerasimov boshchiligidagi sho‘ro tarixchilari Amir Temur qabrini ochib ko‘risharkan, uning haqiqatdan ham oqsoq bo‘lganini tasdiqlashgan.

Shu bilan birga ular Amir Temurning baland bo‘yli, kelishgan, baquvvat inson bo‘lganini ham aniqlashgan.

Tarixchilarga ko‘ra, o‘ng oyog‘i son suyagining tizzaga birlashgan yerida jarohat izi yaqqol ko‘zga tashlangan.

Ana shu jarohat tufayli u yurganda o‘ng oyog‘ini sudrab bosgan va buning natijasida, chap yelkasi boshqasidan anchayin balandroq bo‘lib qolganligi ham ko‘ringan.

Amir Temurning suyaklarini o‘rganisharkan, tarixchilar uning o‘ng yelkasi va qo‘lida ham jarohatlar bo‘lganini qayd etishgan.

14 asrda Temurning raqiblari hisoblangan Usmoniylar, Bag‘dod va Damashq hukumdorlari uchun jismoniy nuqsoni uchun uni mazax qilish jang maydonida mag‘lub qilishdan ko‘ra osonroq bo‘lgan.

Temur dunyoga kelgan O‘zbekiston 1991 yilda Sho‘rolar Ittifoqidan mustaqillikka erishgan.

Mamlakat hozirga qadar ham sobiq kommunist Islom Karimov tomonidan boshqarib kelinadi.

O‘zbekiston jahondagi eng zulmkor mamlakatlardan biri sifatida ko‘riladi. Xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston inson huquqlari poymol qilish hollari muntazam tus olgani haqida tez-tez gapiradilar.

O‘zbekiston hukumati Amir Temurni milliy qahramon sifatida taqdim etib keladi.



Temur yoki "Temurlang" 1405 yili Chin imperatori Ming bilan jangga otlangan payti yo‘lda olamdan o‘tadi.

O‘shanda u 35 yil jang maydoni mag‘lubiyat ko‘rmay kelgan sarkarda edi
Download 12.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling