Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters


Download 289.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana06.09.2023
Hajmi289.79 Kb.
#1673438
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
glossary



GLOSSARIY 
 
Adabiyotshunoslikliterature, letters – ma’naviyat sohasiga 
aloqador fanlar tizimiga mansub bo‘lib, badiiy adabiyotni Borliq 
haqiqatini badiiy timsollar asosida modellashtiruvchi so‘z san’ati 
sifatida o‘rganadi. Jahon va milliy adabiyotlar tarixi, adabiy tanqid va 
adabiyotning nazariy masalalari bu fanning asosiy mavzularini tashkil 
etadi. 
Adolat (tuyg‘usi) – fairness, справедливость – milliy 
ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining Borliq 
haqiqati bilan uyg‘unlashuvining to‘rtinchi darajasi, ma’naviyatning 
siyosat sohasida (ya’ni, insonlararo munosabatlarda) akslanishi (yuzaga 
chiqishi). 
«Avom ishqi» – public flame of loveAlisher Navoiyning 
ta’rifiga ko‘ra «oddiy odamlar ishqi bo‘lib, xalq orasida mashhur va 
keng tarqalgandir. Bu ishq jismoniy lazzat va shahvoniy nafs bilan 
chegaralanadiki, oliy martabasi – shar’iy nikohdir. Quyiroq martabasida 
janjal, tashvishlar, ko‘ngilsizlik va sharmandaliklar ko‘rinadiki, bu 
haqda so‘zlash – odobsizlik, bayon etish hayosizlikdir» («Mahbub ul-
qulub» asari, 2-qism, 10-bob). 
«Avom» – pulic- народ – 1) omi odamlar, Alisher Navoiy 
nazdida ijtimoiy kelib chiqishi, boyligi va amalidan qat’i nazar, o‘zligini 
anglab yetmagan, ma’naviy saviyasi past bo‘lgan insonlar, agar kimki 
o‘zligini anglab yetmagan bo‘lsa, o‘zini yeb-ichib, «kayfi safo qilib» 
yurishdan ortiqqa arzitmasa hanuz u haqiqiy shaxs maqomiga 
ko‘tarilmagan, oddiy bir «xudoning maxluqi» darajasida qolib ketgan
bunday insonlarning jamlanmasi esa «xalq» emas, «olomon» atalishga 
loyiq bo‘ladi. Haqiqiy fuqarolik jamiyati, o‘zini muayyan millatga 
mansub deb bilgan shaxslar ogoh odamlardan iborat bo‘lmog‘i kerak; 2) 
keyingi davrlarda yuqori tabaqa vakillari orasida «qora xalq», past 
tabaqa vakillari ma’nosida ishlatila boshlagan. 

Download 289.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling