Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters
Ma’naviy boyliklar – spiritual values
Download 289.79 Kb. Pdf ko'rish
|
glossary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinchlikparvarlik – peacemaking
- Ma’naviy burch – moral duties
Ma’naviy boyliklar – spiritual values – kishilik jamiyatining
tafakkuri va aql-idroki b-n yaratilgan ma’naviy qadriyatlar. M.b. moddiy boyliklardan farqli o‘laroq moddiy jihatdan baholanmaydi, narxlanmaydi, yuksak madaniyatli, ilg‘or tafakkurli jamiyatlarda oldi- sotdi yoki kim oshdi savdosi uchun obyekt sifatida narxlar bozoriga jalb etilmaydi. Ularning qadri xalq va millat tafakkuriga, ruhiyatiga ko‘rsatgan ma’naviy oziqa sifatida ta’siri b-n belgilanadi. M.b. umumbashariy ma’naviy boyliklar, milliy ma’naviy boyliklar va shaxsiy-insoniy, ma’naviy boyliklar kabi ko‘rinishlarga xos. Insoniyat ma’naviy boyliklari deyilganda – ilmiy, badiiy adabiyotlar, yuksak san’at darajasida e’tirof etilgan me’morchilik, rassomchilik va boshqa san’at turlarining durdonalari tushuniladi. Tinchlikparvarlik – peacemaking urushning, qon to‘kishning har qanday ko‘rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning tinchqtotuv yashashga bo‘lgan ijobiy munosabati b-ngina chegaralanib qolmaydi, balki dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig‘inlarda ma’ruzalar qilish emas, balki faol xatti-harakat, uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat hisoblanadi. Ma’naviy burch – moral duties insonga xos fazilat, hissiyot. M.B. tarbiya ko‘rgan, yuksak ma’naviyatli va madaniyatli insonlar his etiladigan hamda amalga oshirilishi vazifalaridan deb biladigan xislatdir. M.b. inson tarbiyasi davomida uning tafakkuriga singdiriladi yoki oilaviy, milliy an’analar tarzida qabul qilinadi. Insonning M.b. uning ma’naviyatiga, ruhiyatiga, tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, tarbiyasida muhim rol o‘ynagan narsa, hodisa va shaxslarga nisbatan ma’naviy qarzdorlikni to‘lash tarzida kechadi. M.b. tushunchasi juda keng va o‘ta tor ma’nolarda talqin etiladi. Imon faith (arab. Aman– ishonch va e’tiqod) –murakkab tafakkur tarzi va kuchli xotiraga ega inson ongi va ruhiyasining nodir hodisasi. Muayyan fikr, oliy g‘oyaning haqiqatligiga komil ishonchdan iborat shaxsdagi alohida ruhiy holat. I. inson ongi va ruhiyatiga singgan, undan mustahkam o‘rin olgan g‘oya va dunyo-qarash sifatida qudratli harakatlantiruvchi kuch, inson irodasini mustahkamlash vositasidir. Download 289.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling