Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters
Download 289.79 Kb. Pdf ko'rish
|
glossary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviy madaniyat – spiritual culture
- Xulq – behavior
E’tiqod – belief (ishonch, iymon) — muayyan maqsad, qadriyatga
ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur. Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda E. tushunchasi turlicha izohlanmoqda. Bilim E.ni vujudga kelishi uchun eng muhim asos vazifasini bajaradi. Lekin, E. va bilim biri ikkinchisiga uyqash tushunchalar emas. Turgan gapki, bilimlarning chinligi E.ni mustahkam bo‘lishida, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo, E.ni mustahkam bo‘lishida bilim yagona asos deb bo‘lmaydi. Inson ongida qayta ishlab chiqilgan, ya’ni tajriba chig‘irig‘idan o‘tgan, ikkinchi marta qayta hosil bo‘lgan bilimlargina (g‘oyalar, nazariyalar) E.ning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’naviy madaniyat – spiritual culture insonning aqli va ma’nan yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, din, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat va hokazolar yig‘indisidan tashkil topadigan insonning tashqi va ichki ma’naviyati, ruhiyati olamidir. Xulq – behavior - kishining fe’li, xarakteri b-n bog‘liq ma’naviy hodisa, fe’lning axloqiylik doirasida namoyon bo‘lishi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakati xulqdan tashqari yana odob va axloqni o‘z ichiga oladi. Odob kundalik turmush masalalarida voqe bo‘lsa, axloq shaxsning jamiyatga ,davlatga, insoniyatga bo‘lgan munosabatlarida o‘z aksini topadi. X. ana shu ichki ma’naviy hodisaning o‘rtalig‘idagi xususiyatlariga ega. Odobga nisbatan keng, axloqqa nisbatan tor qamrovlidir. X. oila, mehnat jamoasi, mahalla-ko‘y doirasida sezilarli darajada ko‘zga tashlanadi hamda o‘zini yaxshilik va yomonlik, jo‘mardlik, mehmondo‘stlik kabi ma’naviy-axloqiy tamoyilni o‘zida namoyon etadi. Xushxulq inson o‘zgalarga mo‘loyimlik, nazokat, shirinsuxanlik, mehribonlik singari ma’naviy qadriyatlarga tayanib munosabat qilsa, badxulq odam, qo‘pol, og‘zishaloq, bemehr, ma’naviyatsiz kimsa hisoblanadi. Xushxulqlilikni xulqning go‘zallik tarzida estetika fani ham o‘rganadi Download 289.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling