Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters


Ma’naviy bo‘shliq – spiritual emptiness


Download 289.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana06.09.2023
Hajmi289.79 Kb.
#1673438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
glossary

Ma’naviy bo‘shliq – spiritual emptiness umuminsoniy, milliy va 
ma’naviy qadriyatlardan bebehra qolish, qadriyatlar sifatida e’tirof 
qilingan ma’naviy boyliklarni anglamaslik yoki tan olmaslik holati.M.B. 
insonni yoki bu holatga duchor bo‘lgan jamiyat a’zolarini kutilmagan 
ma’naviy ahvolga yetaklash yoxud tanazzulga boshlash mumkin. 
Inson ma’naviyati – human spirituality insonga xos bo‘lgan 
ichki ruhiy holatgina emas, balki jamiyat, davlat, millat taraqqiyotining 
ham asosiy omillaridan biridir. U jamiyat, davlat va millat ma’naviyati 
b-n uzviy aloqadordir. Inson va jamiyat ma’naviyati mohiyat jihatidan 
yaqin bo‘lib, bir-birini o‘zaro boyitsa va to‘ldirsada, lekin ular aynan 
teng emas. Inson ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining 


tarkibiy qismidir, Insonning ma’naviyati, shaxsning ma’naviy kamoloti 
jamiyatda mavjud bo‘lgan ko‘p qirrali munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy imkoniyat va shart-sharoitlar asosida shakllanadi va amalga 
oshadi. Millat va mamlakatning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti inson 
ma’naviy kamolotiga asos bo‘ladi. 
Ma’naviy va moddiylikning uyg‘unligi – spiritual and 
moddiylikning of harmony– masalasi, insonning hayoti va faoliyatida 
moddiy va ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o‘rin tutishi, 
ularning qay biri ustuvorlik kasb etishi xususida turli-tuman, ziddiyatli 
fikr va qarashlar mavjud. Umuman, barcha zamon va makon 
mutafakkirlari, faylasuflari ijodida moddiy va ma’naviy olam muno-
sabatlari masalasi tahlil etilgan. Ularning ba’zilari ruhiy olamni, 
ayrimlari esa moddiy olamni asosiy o‘ringa qo‘yganlar. Ana shunday 
tushuncha va tasavvurlar asosida materializm va idealizm ta’limotlari 
shakllangan. Bunday falsafiy yondashuvlarning har biri o‘z davridagi 
mavjud siyosiy-ijtimoiy vaziyat, hukmron mafkura, jamiyatning huquqiy 
va madaniy saviyasi, turli ijtimoiy guruh va toifalar qarashlarini ifoda 
etishga xizmat qiladi.

Download 289.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling