Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters


Ruhiy poklanish – spiritual purification


Download 289.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana06.09.2023
Hajmi289.79 Kb.
#1673438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
glossary

Ruhiy poklanish – spiritual purification – ma’naviyat negizi va 
mazmun-mohiyatini belgilaydigan asosiy xususiyati, inson ma’naviy 
dunyosining milliy ma’naviyat ildizlaridan bahramand bo‘lishi, qalban 


uyg‘onish, inson ma’naviy olamining yuksalishi; ilohiy nafas va 
Alloning amrlaridan bo‘lib, nafs, ruh qolipidir, ruhiy poklanish insondan 
katta sabr-toqatni talab etadi. Nafsi ammora yomonlikka buyuruvchi 
nafs bo‘lsa, nafsi lavvoma xato-kamchiliklarini anglay boshlab, o‘zini 
tanqid qiluvchi, ruhiy yuksalishni xohlagan, nafsi taskin topgan, nafsi 
roziya – Alloning ne’matlariga rozi, nafsi marziya Allo tomonidan 
sevilgan bandaga aylangan, poklangan ruh – nafsi sofiya, qusur va 
illatlardan batamom poklangan ruh nafsi komiladir. 
Ma’naviy qadriyat – spiritual values – bu mafkuraga bog‘liq 
bo‘lmay, balki milliy mafkura qadriyatlarimizga, ma’naviyatimizga 
asoslangan bo‘lib, dastlab bunday ma’naviyatning mezoni kishilarning 
mas’uliyatiga yuklangan muqaddas vazifa bo‘lib, kishilarda halollik, 
poklik, insof, diyonat, qanoat, shijoat, sabr-toqat, intizom, vatanni 
sevmoq, sadoqat, muhabbat kabi fazilatlar bo‘lishi demakdir. 
Ziyolilik - the intellectuals – ma’naviy tushuncha ma’nosida 
nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati b-n birga yuzaga 
keldi. Lekin uning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari o‘rta asrlar va 
undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hayotida shakllanganini 
e’tirof etmoq lozim. U insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual – 
aqliy taraqqiyot b-n bog‘liq. Shu bois uni inson paydo bo‘lganidan 
ancha keyin vujudga kelgan ma’naviy-axloqiy hodisa deb talqin etish 
maqsadga muvofiq. 
Ma’naviy hayot – spiritual life – jamiyatdan ma’naviy ishlab 
chiqarish b-n bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ongni shakllantirish, yaratish 
jarayoni. M.h. ikki xil ko‘rinishga ega: ma’naviy boyliklar yaratish va 
ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish. M.h.ning muhim belgisi shuki
borliqni nazariy, ratsional bilishga va ayni paytda yangi ma’naviy 
qadriyatlar ishlab chiqishga qaratilgandir. Ushbu jarayonda inson o‘z 
ongini o‘stiradi, boyitadi. Boshqa tomondan esa, ma’naviy ehtiyojlarni 
qondirishga xizmat qiluvchi g‘oyalar, bilimlar, nazariyalar, badiiy 
obrazlar va boshqa ma’naviy qadriyatlar ishlab chiqaradi. M.h. 
O‘zbekiston birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, parvoz qilayotgan 
qushning bir qanotidir. M.h. moddiy hayot b-n uyg‘unlashsa, tom 
ma’nodagi yuksalish yuz beradi, shundagina inson, davlat va jamiyat 
hayotida o‘zgarish jarayonlari sodir bo‘ladi. 

Download 289.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling