Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters
Download 289.79 Kb. Pdf ko'rish
|
glossary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqshunoslik – ethics
- Badiiy ijod tariqi – artistic creation
Axloq – ethics – har bir shaxs ma’naviyatining uning xulqida,
o‘zga insonlarga munosabatida aks etishi, yuzaga chiqishi. Axloqiy tafakkur – etics-thinking – murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, insonlarning amaliy faoliyatini muayyan ma’naviy-axloqiy tartib qoidalar nuqtayi nazaridan baholash. Axloqshunoslik – ethics- ma’naviyat sohasiga aloqador fanlar tizimiga mansub bo‘lib, inson xulqi, uning axloqiy fazilatlari va qusurlarining xolis tahlili bu fanning asosiy mavzusini tashkil etadi. Badiiy adabiyot – artistic – san’atning bir turi, inson ruhini Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashtirishga intiluvchi asosiy vositalardan bo‘lib, milliy ma’naviyatmiz an’analarida ibrat maktabi, mehr parvarishidir. Mumtoz adabiyot o‘z mohiyatiga ko‘ra Borliq haqiqatining botiniy sirlarini zohiriy timsollar vositasida majoziy ifodalash qudratiga ega. Badiiy ijod tariqi – artistic creation- adabiyot nazariyasiga oid muhim tushuncha, badiiy adabiyotning mazmuniy jihati, ya’ni badiiy tafakkur qonun qoidalariga aloqador bo‘lib, arab tilidagi «tariq» so‘zi qadim yunon tilidagi «metodos», ya’ni «yo‘l», «borliqni anglab etish va aks ettirishning o‘ziga xos yo‘li» ma’nosini anglatadi. Alisher Navoiy ushbu atamadan ijodiy foydalanib, islom mintaqa adabiyotida «haqiqat tariqi» va «majoz tariqi» deb atalmish ikki adabiy yo‘nalish va badiiy ijod tariqi mavjudligini kashf etdi va ularning har birini qisqacha ta’riflab, 12-15 asrlarda yashab forsiy va turkiy tillarda ijod etgan ulug‘ shoirlarning qaysi biri qaysi yo‘nalishga mansub ekanligini aniq ko‘rsatib berdi. Natijada badiiy ijodga Borliq mohiyatini idrok etish va ijodiy akslantirishning alohida bir yo‘nalishi sifatida ongli yondoshuv islom mintaqasida Evropadan bir necha asr ilgari mukammal shakllandi. Alisher Navoiyning badiiy ijod tariqiga oid nazariy mulohazalari «Mahbub ul-qulub» risolasi «Avvalgi qism»ining «Nazm gulistonining xushnag‘ma qushlari zikrida» deb atalgan 16-faslida mukammal bayon qilingan. Download 289.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling