141-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
(141-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
(141-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operasiyalarning monitoringini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operasiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(141-moddaning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III. TERRORChILIKKA QARSHI OPERASIYANING O‘TKAZILISHI
15-modda. Terrorchilik harakatiga chek qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorchilik harakatiga chek qo‘yish uchun qonunchilikka muvofiq zarur choralar qo‘llaniladi, shu jumladan terrorchilikka qarshi operasiyalar o‘tkaziladi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |