Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari
MA’RUZALAR 1-mavzu: “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari” o‘quv kursiga kirish
Download 0.67 Mb.
|
din niqobi umk 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
MA’RUZALAR
1-mavzu: “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari” o‘quv kursiga kirish. Reja: 1. “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari” o‘quv kursining maqsadi va vazifalari 2. Din niqobidagi ekstremizmnnng paydo bo‘lish sabablari. Tayanch so‘zlar: ekstremizm, aqidaparastlik, fundamentalizm, terrorizm, xalqaro terrorizm. Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarga mutaassiblik, ekstremizm, aqidaparastlik, fundamentalizm, terrorizm, xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berish. Bugungi kunda butun Yer yuzida diniy bag‘rikenglik, konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Ta’kidlash joizki, har qanday mamlakatda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda eng avvalo, diniy ma’rifat va bag‘rikenglik konfessiyalararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur omillar yurtimizda o‘ziga xos yondashuvni taqozo etib, ko‘p millatli mamlakatimizda tinchlik, xotirjamlik va barqarorlikni ta’minlanishi orqali osuda hayotni hukm surishiga zamin yaratadi. O‘tmishdan ma’lumki, yurtimizda azaldan zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik hamda islom dini vakillari o‘zaro inoq va tinch – totuvlikda istiqomat qilishgan. Bu haqda, fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi” O‘zbekiston Respublikasi bu borada vijdon erkinligini ta’minlovchi va uning ijtimoiy, siyosiy, huquqiy asoslarini mustahkamlovchi jahon standartlari asosida shakllantirilgan qonunlar qabul qilinganini alohida qayd etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasida qayd qilinganidek, “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”1. 1991-yil iyun oyida qabul qilinib, 1998-yilning 1-may kuni Respublika Oliy Majlisi tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinchlikni yanada mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni yuksaltirish maqsadida 2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi2. Farmonga muvofiq, Baynalmilal madaniyat markazi negizida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishida davlat idoralari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda mustahkam tayanch bo‘ladi. Shunday bir imkoniyatlar mavjud bo‘lib turgan bir vaqtda dinni niqob qilib yurtimizning, qolaversa, dunyo xalqlarining tinchlik va xotirjamligini buzishga harakat qilayotgan harakatlar yo‘q emas. Mavzuni o‘rganishning dolzarbligini quyidagi omillar bilan belgilanadi: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling