Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari
Download 0.67 Mb.
|
din niqobi umk 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- 3-mavzu: Islom asoslarini g‘arazli maqsadlarda buzib talqin qilish: mohiyat va maqsadlar. Reja
? Mavzu bo‘yicha savollar
1. Bag‘rikenglik so‘zining lug‘aviy ma’nosi? 2.Dinlardagi bag‘rkiyenglik haqida ma’lumot bering? Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Diniy bag‘rikenglik”tushunchasining mazmun-mohiyati, kelib chiqish tarixi. 2. Islom ta’limotida o‘zga din va e’tiqod vakillariga bag‘rikenglikning ifodasi. 3.“Dinda majburlash yo‘q” tamoyilining islom manbalaridagi ifodasi. TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1.“Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017. 2.Shermuhamedov K., Karimov J., Najmiddinov J., Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari /O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017 3.Hasanboyev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. –Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014. 4.Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To‘ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Sharq, 2014. 3-mavzu: Islom asoslarini g‘arazli maqsadlarda buzib talqin qilish: mohiyat va maqsadlar. Reja: 1. Islom asoslarining mazmuni. 2. Islom asoslarini buzib talqin qilinishining salbiy oqibatlari. Tayanch so‘zlar: Islom asoslari, diniy mutaassiblikning zid ekani. Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarga Islom asoslarining mazmuni, Islom asoslarini buzib talqin qilinishining salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit’asidagi Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Turkiya, kabi ko‘pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Yevropa qit’asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo‘lagi islomga e’tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkaze va Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, Gʻarbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjud bo‘lib, bu xalqlar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yer yuzida Islomga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar qariyb 1,5 milliardga yetadi va ular soni jihatidan xristianlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Islom so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi – taslim bo‘lish, bo‘ysunish, istilohda esa yagona Allohga bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha Muhammad a.s. avvalgi (O‘rta Yer dengizi havzasi sivilizasiyasida ma’lum bo‘lgan) payg‘ambarlarishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam alanbiyo‘)– nabiy va rasul deb tan olinadi. «Nabiy» – arab tilida xabarchi, xabar yetkazuvchi ma’nolarini beradi. Payg‘ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini insonlarga targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Zakariyo kabi). «Rasul» – arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, Iso kabilar. Muhammad a.s. ham kitob va shariat berilgan payg‘ambarlardan bo‘lib, unga Qur’oni karim nozil qilingan va unda maxsus shariat berilgan. Islom dini har bir o‘zini musulmon deb atagan kishiga din arkonlari deb atalgan quyidagi besh vazifani yuklaydi: 1) Allohning yagona iloh ekanligiga va Muhammad a.s. uning payg‘ambari ekanligiga guvohlik berish 2) kuniga besh mahal namoz o‘qish 3) miqdoriga yetganda o‘z molidan zakot berish 4) har yili Ramazon oyida ro‘za tutish 5) qodir bo‘lsa umrida bir marta haj qilish. Islomning asosiy ruknlari quyidagilardir: 1) imon; 2) namoz; 3) zakot; 4) ro‘za; 5) haj. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling