Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari


-modda. Terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash


Download 0.67 Mb.
bet28/55
Sana04.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1328822
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
din niqobi umk 2021

23-modda. Terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
(23-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-maydagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
Shaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
24-modda. Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitasiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitasiyasi ularni normal hayotiy faoliyatga qaytarish maqsadida o‘tkaziladi hamda mazkur shaxslarga huquqiy yordam berishdan, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitasiyasidan, ularni ishga joylashtirishdan, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa yordam berishdan iborat bo‘ladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitasiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling