Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari


-modda. Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash


Download 0.67 Mb.
bet30/55
Sana04.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1328822
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
din niqobi umk 2021

27-modda. Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash
Terrorizmga qarshi kurashni bevosita amalga oshirayotgan bo‘linmalarda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga hamda davlat organlarining xodimlariga pensiya tayinlashda xizmatning bir kuni ikki kunga, terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazishda ishtirok etgan davrda xizmatning bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazishda ishtirok etishga jalb qilingan mutaxassislar va boshqa shaxslarga pensiya tayinlashda mazkur operasiyada ishtirok etishning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. TERRORChILIK FAOLIYATIDA ISHTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO‘GʻRISIDAGI QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
(VI-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasiga qarang.
Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 26-moddasiga muvofiq shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling