29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.
Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatga olingan xalqaro tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) O‘zbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning bo‘linmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga o‘tkaziladi.
30-modda. Etkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etish
Terrorchilikka qarshi operasiyada ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, mutaxassislar va boshqa shaxslar bunday operasiya o‘tkazilayotganda majburan zarar yetkazganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,2000-yil 15-dekabr, 167-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH TO‘GʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |