IV. Milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ziyorat turizmi uchun sharoitlar yaratishga oid tashkiliy chora-tadbirlar
12.
|
Diniy ibodatni ado etish uchun kulay sharoitlarni yaratish, mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida jamoat joylarida zamonaviy talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar) va tahoratxonalar qurilishini ta’minlash. Bunda katta magistral yo‘llarning bo‘yida davlat-xususiy sheriklik asosida ibodat qiluvchilar uchun tegishli infratuzilmani shakllantirish.
|
1. Jamoat joylaridagi sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar) ahvolini, tahoratxonalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish.
|
2018-yil aprel
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlan girish davlat qo‘mitasi (A. Abduhakimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), DIQ, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), O‘MI (U. Alimov)
|
2. Ishchi guruh tomonidan ish reja loyihasini ishlab chiqish.
|
2018-yil may
|
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan kompleks ish rejani tasdiqlash, mavjud sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar)ning ahvolini yaxshilash, ularni ta’mirlash, qayta qurish.
|
2018-yil syentyabr
|
4. Amalga oshirilgan ishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.
|
2018-yil syentyabr
|
5. Qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash, sanitariya-gigiyena uzellarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2018-yil iyul
|
13.
|
Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda “Halol” standarti va boshqa dinlarga taalluqli standartlar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar xodimlarini o‘qitish, tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish.
|
1. Uquv-kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va uning ish rejasini tasdiqlash.
2. O‘quv-kurslari va amaliy seminarlarning konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqish.
3. O‘quv-kurslari va amaliy seminarlarni hududlar kesimida o‘tkazish.
|
Alohida reja asosida
|
“O‘zstandart” agentligi (A. Karimov), DIQ, O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Abduhakimov)
|
14.
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi faoliyatini tashkiliy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.
|
1. Idoralararo ishchi guruh tuzish.
2. Kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
3. Kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash.
|
2018-yil aprel-may
|
O‘MI (U. Alimov), DIQ, Hisob palatasi (M. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), ATKR vazirligi (A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
15.
|
Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan elektron turniket tizimini o‘rnatish.
|
1. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish.
2. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga elektron turniket tizimini o‘rnatish.
|
Alohida reja asosida
|
DIQ, O‘MI (U. Alimov), IIV (P. Bobojonov)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |