Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Download 5.11 Mb.
bet113/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

Katta ochiq iqtisodiyot- ko’lami yirikligi sababli foiz stavkasi mamlakatning ichida ro’y berayotgan jarayonlarning jiddiy ta’sirida shakllanadigan iqtisodiyotdir.
Katta ochiq iqtisodiyot- jahon jamg’armalari va investitsiyalarining katta qismiga egalik qilayotan yirik mamlakat (AQSh, XXR, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va boshq.) iqtisodiyotidir. Bunday mamlakatlar jahon moliya stavkasiga ta’sir ko’rsata oladi.
Ochiq iqtisodiyotning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardir:

a) YaIMdagi tashqi savdo kvotasi;

b) ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushi;

g) iste’mol tarkibidagi importning ulushi;

d) investitsiyalar hajmidani xorijiy investitsiyalarning ulushi.

Iqtisodiyotning ochiqligi darajasi odatda mamlakatning tashqi savdosi hajmiga yoki hukumatning siyosiy liniyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti nisbatan ochiq hisoblanadi, chunki u tashqi savdoga juda bog’langan. AQSh iqtisodiyoti esa nisbatan yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi uchun hal etuvchi rol o’ynamaydi.


Ochiq iqtisodiyot xalqaro hisob-kitoblarda xorijiy valyutadan foydalanishni ko’zda tutadi. U to’lov balansida, xususan joriy operatsiyalar balansi va kapital harakati balansida o’z aksini topadi.


15.2. Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli
Ichki muvozanat - inflyatsiya jarayonlari mavjud bo’lmagan ( yoki uning barqaror past darajasidagi) to’liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir.
Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi.

Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling