Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


- chizma. Real almashinuv kursidagi muvozanat


Download 5.11 Mb.
bet111/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

14.1- chizma. Real almashinuv kursidagi muvozanat

Valyuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o’z navbatida, eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo’ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg’armalar hajmi o’zgarmasa ham (S-I) egri chizig’i yana chapga siljiydi.




Real valyuta
kursi E S2-I S1-I
E2
E1
Xn(E)
Sof eksport Xn2 Xn1 Xn


14.2-chizma. Valyuta taklifidagi o’zgarishlarning real almashtirish
kursiga ta’siri
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo’lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va to’lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
Chet mamlakatlardagi rag’batlantiruvchi byudjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg’armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.
E E S-I
S-I(R*1) S-I(R*1)
E1 E2 B
E2 Xn(E)2
Xn(E) E1 A Xn(E)1

Xn2 Xn1 Xn Xn1=Xn2 Xn


14.3-chizma. Byudjet - soliq siyosatining eksportga ta’siri
14.4-chizma. Importdagi o’zgarishlarning real almashtirish kurslariga ta’siri
Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo’yish uchun taklif qilinayotgan milliy valyuta ko’payadi va (S-I) egri chizig’i o’ngga suriladi (35-chizma). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko’payadi.
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig’ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo’ladi (36-chizma).
Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan protektsionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o’zgarmagan bo’lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo’ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi.
Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o’sgan muvozanatli real valyuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko’tarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.



Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling