Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Ishsizlikning tabiiy darajasini nima aniqlaydi?
Friksion va tarkibiy ishsizliklarning farqini tushuntirib bering.
Real ish haqi mehnat taklifi va mehnat talabini muvozanatlashtiradigan darajadan yuqorida bo`lishi mumkin bo`lgan holatga uchta misol keltiring.
Ko`plab ishsizliklar uzoq muddatlimi yoki qisqa muddatlimi? Javobingizni izohlang.
1970-1980-yillardagi ishsizlikning yuqori tabiiy darajasini iqtisodchilar qanday izohlaydilar?
1990-2000-yillardagi tabiiy darajaning tushishini qanday izohlashadi?
Ishsizlikning iqtisodiyotga ta’siri haqida shaxsiy fikringizni bildiring.
5-mavzu INFLYATSIYA VA AKSILINFLYATSIYA SIYOSATI
masala
2001 yilda iste’mol narxlari 2000 yilga nisbatan 125 %ni, 2002 yilda esa 2000 yilga nisbatan 140 foizni tashkil qildi.
Topilsin:
a) 2002 yilda 2001 yilga nisbatan inflyatsiya darajasini;
b) inflyatsiya sur’atini barqaror deb hisoblasak necha yilda baholar ikki martaga ortishini.
2 -masala
Iqtisodiyot quyidagi ko’rsatkichlar vositasida tasvirlangan:
Ikkinchi yilda birinchi yilga nisbatan real foiz stavkasi qancha miqdorga ko’payganligini toping.
3- masala
Aytaylik iste’mol savatiga faqat shakar va go’sht kirsin. Jadvalda bu tovarlarni ishlab chiqarish hajmi va narxi keltirilgan. 2003- yil bazis yili bo’lsa 2004 -yil uchun YaIM deflyatori va iste’mol narxlari indeksini aniqlang
Yillar
|
Ishlab chiqarish (sh.b.)
|
Bir sh.b. mahsulot bahosi (pul. birl.)
|
shakar
|
go’sht
|
shakar
|
Go’sht
|
2003
|
730
|
930
|
500
|
2700
|
2004
|
700
|
990
|
650
|
3200
|
4- masala
Aytaylik iste’mol narxlari indeksi 1993 yili 301ga, 1994 yili esa 311 ga teng bo’lgan bo’lsin. Bazis yili hisoblangan 1990 yilda inflyatsiya darajasi 4 % ni tashkil etgan. Zarur hisob-kitoblar yordamida 1994 yilda haqiqiy inflyatsiya darajasi 4 %dan kam bo’lganligini, baholar esa 1990 yilga nisbatan 211 %ga yuqori bo’lganini isbotlang.
5- masala
Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, haqiqiy ishsizlik 10%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 600 mln. so‘m. Ishsizlik tebranishlariga YaIMning ta’sirchanlik koeffitsienti 3 tashkil etsa, haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdorini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |