Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Pulning mohiyatini tushuntiring va funktsiyalariga izoh bering.
Pul agregatlari deganda nimani tushunasiz va uni belgilashda qaysi tamoyilga amal qilingan?
Pulning funktsiyalariga izoh bering.
Pulga bo’lgan talabga qanday omillar ta’sir qiladi?
Pulga talabning klassik nazariyasi qanday asoslarga tayanadi?.
Pulga talabning keynscha nazariyasining mohiyati nimada.
Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?.
pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi sabab nima?
Pulga talab bildirishning transaktsion sababini tushuntiring.
10.Pul taklifi asosida nimalar yotadi? Bank multiplikatori qanday aniqlanadi?
11.Pul taklifining umumiy modeli mohiyatini tushuntirib bering.
12.Pul bozoridagi muvozanat nuqtasi nimani bildiradi? Pul bozorida muvozanat qay yo’sinda ta’minlanadi?
13. Pul taklifining mohiyati qanday?
14.Bank multiplikatori qanday aniqlanadi?
15.Rezerv normasi nima uchun xizmat qiladi?
16.Pul bozoridagi muvozanat nimani aks ettiradi?
9-mavzu. DAVLAT BUDJETI. BUDJET SOLIQ SIYOSATI
1-masala.
Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun 2014 yil bir oyga to‘lanadigan soliq miqdori Toshkent shahrida eng kam ish haqining 4 baravari, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan edi. 2015 yilda bu soliq miqdorlari eng kam ish haqining 0,5 baravariga qisqartirildi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda soliq miqdorlarini barcha hududlar uchun 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang va solishtiring.
2-masala.
Toshkent shahri va viloyat markazlarida hamda boshqa shaharlar va qishloq joylarda 5 sotix, 8 sotix yer uchastkasi mavjud bo‘lgan fuqarolardan undiriladigan yer solig’i summasini 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |