Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi. Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko’rsatiladi:
- shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi.
3. Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari
sikl turlari
|
Siklning davomiyligi
|
Asosiy xususiyatlari
|
Kitchin sikli
|
2–4 yil
|
Zaxiralar miqdori ® YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
|
Juglar sikli
|
7–12 yil
|
Investitsion sikl ® YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi
|
Kuznets sikli
|
16-25 yil
|
Daromad ® immigratsiya ® uy-joy qurilishi ® yalpi talab ® daromad
|
Kondratev sikli
|
40-60 yil
|
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar
|
Forrester sikli
|
200 yil
|
Energiya va materiallar
|
Toffler sikli
|
1000-2000 yil
|
Tsivilizatsiyalarning rivojlanishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |