Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Download 5.11 Mb.
bet14/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

Iqtisodiy o’sish–bu o’zgarmagan holda bir xilda yuksalib borish holatidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida ishlab chiqarishning umumiy hajmi juda tez o’sadigan yillar bor, boshqa yillarda esa bu jarayon sekin yuz beradi, ba’zida esa pasayish yillari ham bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida muayyan vaqt oralig’ida tez-tez takrorlanadigan holat uning rivojlanishini davriylik xususiyatini bildiradi. Bir davrning oralig’i iqtisodiyotni bir inqirozdan boshqasigacha, yoki boshqacha aytganda cho’qqining bir nuqtasidan boshqasigacha bo’lgan harakatini qamrab oladi. Iqtisodiy pasayish iqtisodiyotning yuksalishi, ishlab chiqarish o’sishi va ishsizlik qisqarishi bilan almashadi.
Zamonaviy sharoitda davlat iqtisodiyotning “qizib ketishini” oldini oluvchi yoki turg’unlik bosqichida iqtisodiyotni jadallashtiruvchi iqtisodiy vositalarning butun to’plamiga ega. Shu maqsadlarda soliq tizimidan foydalaniladi: foydaga (qo’shilgan qiymatga) soliq stavkasini oshirish yoki tushirish orqali davlat muayyan faoliyat sohalarida ishchan faolllikni rag’batlantiradi (yoki aksincha to’xtatadi), imtiyozlar tizimidan foydalanib, muayyan korxonalar guruhiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sirni amalga oshiradi.Xuddi shu maqsadlarda kredit siyosatidan foydalaniladi–foizning hisob stavkasini tushirib yoki oshirib, qo’shimcha kapital qo’yilmalarga qiziqishni oshirish yoki ularni butunlay yo’q qilish mumkin.Ishlab chiqarishni rivojlantirish va davriylikni yumshatishga davlatning byudjet siyosati katta hissa qo’shadi. Rivojlanishning yirik dasturlarini (masalan, ishlab chiqarish infratuzilmasini) byudjet hisobiga moliyalashtirish jamiyat uchun zarur faoliyat sohalarida biznesni rivojlantirish uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratadi.
Iqtisodiy davr milliy xo’jaliklar notekis rivojlanishi va umuman iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi iqtisodiy faollikni qator bir biri bilan ketma ket almashadigan bosqichlarini o’z ichiga oladi. Oxir oqibatda davriylik orqali iqtisodiy o’sish namoyon bo’ladi, yoki harakat doiraviy emas, vaziyatning uzoq muddatli kabi, o’rta muddatli tebranishlarini aks ettirib spiral bo’yicha bo’ladi.Davriylik - tizimning davrlar yordamida o’z harakatini amalga oshirish xususiyati. Davriylik muvozanatli kabi muvozanat bo’lmagan tizimlarga ham xos, bunda faqat shakl jihatdan farq qiladi - doiraga yaqin shakldagi, to’lqin shaklidagi, spiral shaklidagi yoki zina shaklidagi ko’rinishga ega bo’ladi.Iqtisodiy davrning harakatida ketma-ket bo’ladigan to’rtta bosqich kuzatiladi:

Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling