8-Mavzu: Bank tizimi. Pul kredit siyosati.
Reja:
8.1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.
|
8.2. Pul taklifi. Bank multiplikatori.
|
8.3. Pul taklifining kengaytirilgan modeli pul multiplikatori.
|
8.4. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari.
|
8.5. Pul bozorida muvozanat.
|
8.6. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.
|
Tayanch so’z va iboralar: pul, likvidlilik, pul massasi, pulga talab, pul taklifi, pul multiplikatori, daromadlar darajasi, pulning aylanish tezligi, foiz stavkasi
8.1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.
Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qilad:
birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega;
ikkinchidan, baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
1. To’lov vositasi (almashinuv vositasi);
Do'stlaringiz bilan baham: |