Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


IS egri chizig’ining algebrik tahlili


Download 5.11 Mb.
bet61/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

10.2. IS egri chizig’ining algebrik tahlili
Iqtisodiyotdagi muvozanat yoki tovar pul muvozanatiga erishishda investitsiya va jamg’armalarning YaIM bilan bog’liqligi tushuntiriladi. Bu bog’liklik shuni ko’rsatadiki, banklar foiz stavkalarini pasaytirib borishi bilan YaIM hajmi ham ko’payib boradi. Ya’ni, milliy iktisodiyot moliyaviy “kislorodni” ko’proq olish natijasida YaIM ishlab chiqarish ham ko’payib boradi. IS-egri chizig’i tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar darajasi Y ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaqtning o’zida asosiy makroiqtisodiy ayniyat, iste’mol, investitsiya va sof eksport funktsiyalari qondiriladigan nuqtalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamg’armalar o’zaro teng bo’ladi.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o’z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o’zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o’zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi : E=S+ I +G+Xn ko’rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste’mol funktsiyasi (S= a+b x (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo’ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo’lib, uning funktsiyasi esa quyidagi ko’rinishga ega:
Xn = g – m’Y
Bu erda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik;Y – daromad.
Importga chegaralanganmoyillikimport xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini bunga sabab bo’lgandaromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi.

Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling