Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Download 5.11 Mb.
|
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-mavzu BANK TIZIMI. PUL KREDIT SIYOSATI 1-masala
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Daromad, iste’mol va jamg’armalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikka izoh bering? Avtonom iste’mol kategoriyasining mohiyatini tushuntirib bering. Iste’molga o’rtacha va chegaraviy moyillik ko’rsatkichlarini izohlab bering? Iste’mol grafigini izohlang. Jamg’arish grafigini izohlang. Jamg’armaga o’rtacha va chegaraviy moyillik ko’rsatkichlarini izohlab bering? Qaysi mablag’larni investitsiya tarkibiga kiritamiz? Akselerator modelini tushuntirib bering. Iste’mol, jamg’arish va investitsiya funktsiyalari qanday ko’rinishga ega? 8-mavzu BANK TIZIMI. PUL KREDIT SIYOSATI 1-masala Tijorat bankining pul zahiralari 250 mln. pul birligini tashkil etadi. Depozitlar 980 mln. pul birligiga teng. Majburiy zahiralar me’yori 20 %ni tashkil etadi. Agar bank ssuda berish uchun ortiqcha zahiralardan foydalanishga qaror qilsa, pul taklifi qanday o’zgarishi mumkin? 2-masala Majburiy zahiralar me’yori 20 %ga teng. Tijorat banki ortiqcha zahira sifatida depozitlar summasidan yana 5 %ga ega. Depozitlar miqdori 20 000 ni tashkil etadi. Bank ssuda berish uchun qanday maksimal summadan foydalanishi mumkin? 3-masala Iqtisodiyotdagi pul bazasi 300, majburiy zahiralar 130, pul massasi 960, depozitlar 790 ni tashkil etadi. Bu ma’lumotlar asosida pul multiplikatorini toping. 4-masala Iqtisodiyotda pul bazasi 200 mln. so’mga teng. Deponentlash koeffitsienti 0,8. Majburiy zahira me’yori 20%. Real pul qoldig’iga talab quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: Md=0,4Y – 50r, daromad hajmi Y = 800. narxlar darajasi P = 4. Muvozanatli foiz stavkasini toping. 5-masala Majburiy zaxiralar me’yori 20 %ga teng. Tijorat banki ortiqcha zaxira sifatida depozitlar summasidan yana 5 %ga ega. Depozitlar miqdori 20 000 ni tashkil etadi. Bank ssuda berish uchun qanday maksimal summadan foydalanishi mumkin? 6-masala Agar rezerv me’yori 0,35 ga, deponentlash koeffitsienti esa 0,3 ga teng bo‘lsa: a) pul multiplikatori miqdorini aniqlang; b) agar Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar orqali pul taklifini 350 mln. so‘mga oshirmoqchi bo‘lsa, davlat obligatsiyalarini qanday miqdorda sotib olishi kerak? 7-masala Iqtisodiyotda pul bazasining hajmi 200 mln.so‘m. Deponentlash koeffitsienti 0,8. Tijorat banklarining rezerv me’yori 20%. Real pul qoldiqlariga bo‘lgan talab quyidagi tenglik orqali ifodalanadi: L= 0,4Y – 50i, daromadning hajmi Y = 800. Narxlar darajasi P = 4. Muvozanatli foiz stavkasini aniqlang. 8-masala Bank multiplikatori 2,5 ga teng. Pul taklifining qo‘shimcha o‘sishi 60 mln. so‘mni tashkil etdi. Rezerv me’yorini va pul taklifining qo‘shimcha o‘sishiga sabab bo‘lgan ortiqcha rezervlar hajmini aniqlang. Download 5.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling