5- masala
Jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bo‘lsa, topilsin:
a) iste’mol va jamg’armalar hajmi;
b) iste’molga va jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichlari.
6-masala
Investitsiyalar (I) 50 sh.b.ni, davlat xarajatlari (G) – 200, sof eksport (Xn) – 70, avtonom iste’mol xarajatlari (S) – 100 sh.b.ni, jamg’armaga chegaralangan moyillik (MRS) – 0,25 ni tashkil etsa, YaIMning muvozantli darjasini aniqlang.
Yechish:
MRS = 1 – MPS = 1- 0,25 = 0,75;
Iste’mol xarajatlari funktsiyasi:
S = 100 + 0,75Y
Y = C + I + G + Xn.
Mavjud ma’lumotlarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo’ygan holda YaIMning izlanayotgan muvozanatli miqdorini topamiz.
Y= 100 + 0,75Y + 50 + 200 + 70
0,25Y = 420 pulbirl.
Y = 420:0,25, bundan Y = 1680 pul birl.ekanligini aniqlaymiz.
7-masala
Jamg’arishga chegaralangan moyillik ko’rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bo’lsa, topilsin:
a) iste’mol va jamg’armalar hajmi;
b) iste’molga va jamg’arishga chegaralangan moyillik ko’rsatkichlari.
Yechish:
Dastlab iste’molga chegaralangan moyillik ko’rsatkichini hisoblab topamiz
Ma’lumki MPC+MPS=100 MPC=100-MPS=100-20=80%, yoki 0,8
Iste’mol funktsiyasiga ko’ra iste’mol xarajatlari miqdorini aniqlaymiz
C=a+b (Y- tY)=700+0,8 (7000-0,25 7000)= 4900 sh.b.
Jamg’arish miqdorini tasarufdagi daromaddan iste’mol xarajatlarini ayirib topamiz
S=Yd-C= (Y-tY)-C = (7000-0,25 7000)-4900 =5250-4900=350 sh.b.
Iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillikni topamiz
APC=S/Yd=4900/5250= 0,93APS=S/Yd=350/5250=0,07
Do'stlaringiz bilan baham: |