Yechish:
Subsidiyalar joriy qilinishini grafik ko’rinishida quyidagicha aks ettirish mumkin:
Grafikda Sw egri chizig’i A davlat samolyotlari eksportini, Dd - egri chizig’i esa ichki talabni ko’rsatadi. Bozor muvozanatiga e nuqtada erishiladi, ya’ni A davlat 6000 doll.lik narx bo’yicha 50 ta samolyot chiqaradi. Eksportdan olinadigan daromad: 6000 x 50 = 300000 doll. teng. Subsidiya joriy qilingandan so’ng A davlat eksporti pasayadi, ishlab chiqarish hajmi 80 ta samolyotgacha ortadi, Sw egri chizig’i Ss darajagacha siljiydi va j nuqtada bozor muvozanati o’rnatiladi.
Subsidiya joriy qilingandan so’ng eksport bahosi 450 doll. (6000 – 5550) ga pasayadi, ya’ni A davlat uchun uchun savdo sharoitlari yomonlashadi, biroq eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o’sadi.
Eksportning o’sishi ichki bozorda samolyotlar soni 10 tagacha qisqarishiga olib keladi: 20 – 10 = 10, chunki ichki narx o’sadi. Subsidiya ajratishga davlat byudjeti xarajatlari 70 x 900 (15% ot 6000 doll.) = 63000 doll.ni tashkil etadi.
Shunday qilib, eksport subsidiyasi mamlakat uchun savdo sharoitlarini yomonlashtiradi, lekin bunda tashqi dunyo daromadlarini oshiradi.
2-masala
Jadval ma’lumotlari asosida firmalarning qaysi birini dempingni tatbiq etishda ayblash mumkin:
|
Mahsulot birligi tannarxi, doll.
|
Ichki narx, doll.
|
Eksport narx, doll.
|
A firma
|
100
|
100
|
110
|
B firma
|
100
|
120
|
110
|
C firma
|
100
|
90
|
105
|
Yechish:
Javob topish uchun dempingning mohiyatini esga olamiz. Demping – bu tovarlarni ularning tannarxidan pastroq narxda yoki ichki bozordagiga nisbatan yanada pastroq narxda eksport qilish. Jadvaldan ko’rinib turganidek, S firmasi mahsulotlarining ichki narxi uning tannarxidan past, ya’ni bu firma dempingni qo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |