Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Byudjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari


Download 5.11 Mb.
bet58/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

9.2.Byudjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro’y beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi. Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi.
Byudjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo’ladi. O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligi YaIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
Davlatjamg’armalariquyidagimiqdorgatengbo’ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Buerdadavlatjamg’armalari(Sd); transfertto’lovlari (TR), davlatzayomlaribo’yichafoizlar (N);soliqlar (T) vadavlatxaridi(G) xarajatlari
Agardavlatjamg’armalarinolgatengbo’lsa, davlatbyudjetimuvozanatlashgan, jamg’arishningmanfiymiqdoribyudjettaqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Buerda: BT – byudjettaqchilligimiqdori.
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.

Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi


Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi. Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi miqdori chegaraviy soliq stavkasiga t ga bog’liq.. t qancha yuqori bo’lsa, T chizig’i shuncha tikroq, γ qancha pastda bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasini oshiradi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qandan darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko’p bo’lishiga byudjet taqchilligi deyiladi. Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet taqchilligi vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
• favqulotda hodisalarning mavjudligi;
• iqtisodiyotdagi inqiroz holatlari, uning emirilishi;
• moliya-kredit aloqalarining etarli darajada samarali emasligi;
• hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajadanazorat qilolmasligi;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
• tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nisbatan kamligi;
• byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ning oqilona emasligi;
• mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidanyashashga intilish;
• yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotiningmavjudligi;
• harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
• real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;
• davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga rag’batlantiruvchi sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan byudjet mexanizmining mavjudligi;
• boshqa sabablar.
Byudjet taqchilligi vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv quyidagilarga alohida e’tibor beriiishini taqozo etadi:
• byudjet taqchilligining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o’rniga “kasalligi” kuchayadi;
• byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi.
Byudjet taqchilligi bo’lishi mumkin:
• byudjet taqchilligining miqdori (darajasi), odatda, mamlakatyalpi ichki mahsulotining 2—3%idan oshmasligi lozim. Ana shuchegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajagakeltirish) choralarini ko’rish kerak;
• byudjet taqchilligini qoplash uchun, eng avvalo, davlatkreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlatqimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish maqsadgamuvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchiuskunani ishga solmaslik kerak;
• byudjet taqchilligining darajasini kamaytirish yoki unga barhamberish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilganhar qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet taqchilligining darajasini kamaytirish yoki unga barhamberish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• byudjet xarajatlarining (mablag’larining) investitsion yo’nalishinio’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan yo’nalishlargayo’naltirish;
• xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchimoliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
• davlatdan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohasiniqisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
• harbiy xarajatlarni qisqartirish;
• eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlabqolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabulqilishni to’xtatib turish;
• Markaziy bankning qarzlari davlat qimmatbaho qog’ozlarishaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kreditberishini taqiqlab qo’yish;
• xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
• va boshqalar.



Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling