Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Potensial iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: resurslarning ko’payishi; samaradorlikni oshishi


Download 5.11 Mb.
bet68/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

Potensial iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: resurslarning ko’payishi; samaradorlikni oshishi.
Agar siz bobo va buvilaringiz bilan ularning yoshligi haqida gaplashsangiz, iqtisodiy o`sish haqida juda muhim darsni o`rganasiz:ko`pgina mamlakatlarning ko`pchilik oilalarida turmush darajasi moddiy tomondan sezilarli darajada yaxshilangan. Bu rivojlanish daromadlar o`sishi bilan ta’minlanib, o`z navbatida odamlarga ko`proq tovar va xizmatlarni iste`mol qilish imkonini berdi.
Iqtisodiy o`sishni aniqlash uchun iqtisodchilar iqtisodiyotdagi barchaning daromadini jamlovchi yalpi ichki mahsulot malumotlaridan foydalanadilar. Bugungi kunda AQShning real yalpi ichki mahsuloti 1950-yilga nisbatan besh barobar ortiqdir va aholi jon boshiga to`g`ri keladigan real YaIM uch marta ko`proqdir. Yillar davomida mamlakatlar aroturmush darajasidagi katta farqlarni ham kuzatishimiz mumkin. 7-1 jadvalda 2007 yilda dunyoning aholisi eng zich joylashgan 14ta jmamlakatlardagi aholi jon boshiga to’g’ri keladigandaromadni ko`rishimiz mumkin. AQShaholi jon boshiga to’g’ri keladigan45,790$ daromad bilan ro’yxatning yuqori pog’onasini egallagan. Bangladeshda esa aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad faqatgina 1,242$ni tashkil etib - AQSh ko`rsatkichining 3 foizidan ham kamroqdir.
Kitobning ushbu qismida bosh maqsadimiz ma’lum bir davr davomida mamlakatlararo daromadning farqlari va sabablarini tushuntirib berishdir. Uchinchi bobda umumiy daromad hajmi sifatida - ishlab chiqarish omillari: kapital va mehnat va iqtisodiy ishlab chiqarish manbasi - ishlab chiqarish texnologiyalarni belgilab olgan edik. Daromadlardagi farq kapital, mehnat va texnologiyalardagi farq bilan bog’liqdir. 3

Jadval 1

Manba: Jahon banki.

Aholi jon boshiga
daromad (2007)

Mamlakatlar

Aholi jonboshiga
daromad (2007)

Mamlakatlar


Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling