2. Dinamikaning ikkinchi yoki asosiy masalasi: Harakatni sodir qiluvchi kuch berilgan. Harakat parametrlari (harakat tenglamasi va traektoriyasi) aniqlanishi kerak.
Bu ikki masala ham Dinamikaning asosiy tenglamalari yoki ularni koordinata o’qlardagi proeksiyalari yordamida yechiladi. Agar moddiy nuqta erkin bo’lmasa, huddi statikadagi kabi ularga bog’lanishdan ozod qilish prinsipi qo’llaniladi. Natijada reaksiya kuchlari ham moddiy nuqtaga ta’sir qiluvchi kuchlar safiga qo’shiladi. Dinamikaning birinchi masalasi differensiyallash yo’li bilan yechiladi. Dinamikaning ikkinchi masalasining yechimi mos differensiyal tenglamalarni integrallash yo’li bilan amalgam oshiriladi va bu yo’l differensiyallashga nisbatan murakkabroq hisoblanadi. Demak dinamikaning ikkinchi masalasi yechimi birinchi masala yechimiga nisbatan murakkab kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |