Dindorlar va diniy tashkilotlar


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilgan


Download 1.37 Mb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1806092
1   2   3   4
Bog'liq
vijdon erkinligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilgan.
1998 yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi birinchi chaqiriq Oliy Majlisining o‘n birinchi sessiyasida bu qonunning yangi taxrirdagi matni qabul qilindi.
Qonunning 5-moddasi «Dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilishi» deb yuritiladi. Bu qanday ma’noni anglatadi?
Bu degani – mamlakatimizda dinlar va diniy tashkilotlar davlat ishiga aralashmaydi, ayni paytda esa davlat diniy tashkilotlarning va dindorlarning qonunlarga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi, davlat o‘z vazifasini va din ham o‘z vazifasini bajarishi lozim.
Davlat dindor fuqarolarning diniy e’tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat qilsa, dindorlar ham davlat qonunlarini va siyosatini shunchalik hurmat-extirom qilishlari ham shart.
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, ammo ular jamiyatdan ajratilmagan.
Binobarin, dindorlar va diniy tashkilotlar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida qatnashish xuquqiga egadirlar.
Shu o‘rinda diniy tashkilot nima, uning maqomlari qandayligini bilib olish ham foydadan holi emas.
Diniy tashkilot – diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma.
U ayni vaqtda fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri sanaladi.
Diniy tashkilotlarning eng muhim belgisi ularning o‘z-o‘zini boshqarishidir, ya’ni ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan.
Diniy tashkilotlar, dindorlar va boshqa fuqarolarning dindan davlatga
Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishiga, dindan o‘z siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun niqob sifatida foydalanishga davlat yo‘l qo‘ymaydi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonunda belgilangan tartiblarni buzganlar qonunga binoan javobgarlikka tortiladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling