Dindorlar va diniy tashkilotlar


Qonunning yana bir muhim moddasi «Maktabni dindan va diniy tashkilotlardan ajratish» deb ataladi


Download 1.37 Mb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1806092
1   2   3   4
Bog'liq
vijdon erkinligi

Qonunning yana bir muhim moddasi «Maktabni dindan va diniy tashkilotlardan ajratish» deb ataladi.
Buni qanday tushunmoq va izohlamoq kerak?
Mamlakatimizda davlat bilim yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi bilim yurtlaridir.
Umumiy ta’lim, kollejlar, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga diniy bilim berish dars sifatida kiritilmaydi.
Biroq, bu fuqarolar diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan gap emas.
Mustaqillik tufayli O‘zbekiston fuqarolari uchun tom ma’nodagi vijdon erkinligi ta’minlandi.
Milliy va diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi va tiklanmoqda.
Jumladan Ramazon va Qurbon xayitlari har yili ommaviy ravishda, emin-erkin bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Diniy-ma’rifiy soxada Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning yubileylari o‘tkazildi.
O‘zbekiston ko‘pmillatli, ko‘p konfessiyali davlatdir.
Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashab, ular turli dinlarga e’tiqod qiladilar.
Bunday sharoitda diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qolayotganligi tabiiy xoldir.
«Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi»
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar totuv, hamkor, hamjihat yashash, davlat va siyosat masalalariga aralashmasdan, hokimiyat talashmasdan, o‘z funksiyalarini xotirjam bajarayotirlar.
Davlatimiz bilan ular orasida hech qanday ziddiyat va tushunmovchilik muammolari yo‘q.
Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini yurtimizda to‘la amalga oshirilayotganligiga quyidagilar misol bo‘la oladi.
1995 yilda musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi;

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling